boshlang'ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlar Reja: Kirish. o'yinning mazmuni Kizikarli masalalar va savollar boshlang'ich maktabda matematika gazetasi Yosh avlodni hozirgi zamon fani asoslari bilan qurollatirish orqali ularning aqliy jihatdan maksimal darajada rivojlanishlariga erishish umumta'lim maktablari oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. o'quvchilar yuqori sinflarda matematika, fizika, ximiya va boshqa fanlarni yaxshi uzlashtirishlari uchun boshlang'ich sinflarda matematika fanini puxta egallashi va amaliy ko'nikmalar hosil qilishlari kerak. boshlang'ich sinf o'quvchilarning ma'lumotini oshirish va darslarni uzlashtirish darajasini ko'tarishga kumaklashishi uchun, boshlang'ich maktabda sinf mashg'ulotlari bilan bir katorda sinfdan tashqari ishlarni xam o'tkazish zarur. Sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ishlar bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiya ishlarining ajralmas kismi bo'lishi bilan birga, o'quvchilarni bilimga va mehnatga bo'lgan havaslarni ortiradi, shuningdek, uzlashtirish sifatini oshirishga va xulkini yaxshilashga ta'sir etadi. Matematikadan sinfdan tashqari mashg'ulotlar deganda o'quvchilarni matematik bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish maqsadida tashkil qilingan mashg'ulotlarni tushunamiz. Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi o'quvchilardagi fanga bo'lgan kizikishni rivojlantirish, ularni darsda olgan bilimlarini tuldiruvchi va chuqurlashtiruvchi matematik bilm, malaka va ko'nikmalar bilan qurollantirishdan iborat. Umuman boshlang'ich maktabda sinfdan tashqari ishlar sinf ishlari bilan mustahkam boglangan bo'lib, sinf ishlarining davomi bo'ladi, ayrim vaqtlarda esa uni chuqurlashtiradi. Sinfdan tashqari ishlarning ikki turini bir-biridan farqlash lozim. Uning birinchisi dastur materialini uzlashtirishda orqada koladigan o'quvchilar bilan ishlash, bunga qo'shimcha dars va konsultatsiyalar kiradi. Ikkinchisi, matematikani o'rganishga kizikuvchi o'quvchilar bilan o'tkaziladigan mashg'ulotlar. Malumki birinchi tur mashg'ulotlar hozirgi vaqtda barcha maktablarda mavjud. Bunda mashg'ulotlarni 3-4 o'quvchidan iborat kichkina guruhlar bilan xaftada bir marta o'tkazish maqsadga muvofikdir. Odatda sinfdan tashqari ishlar deyilganda kuprok ikkinchi turdagi ishlar nazarda tutiladi va ular asosan quyidagi maqsadlarni kuzlaydi: 1. o'quvchilarda matematikaka va uning tadbiqlariga kizikish uygotish; 2. o'quvchilarning matematikadan dastur bo'yicha bilimlarini kengaytirish; 3. Matematik fikrlash madaniyatini tarbiyalash; 4. o'quvchilarni matematikadan ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan ishlashga o'rgatish; 5. o'quvchilarning matematikaning tarixiy-ilmiy kimmati haqidagi, matematika maktabining dunyo fani orasidagi roli haqidagi tasavvurlarini kengaytirish. Bu maqsadlarning bir kismi dars paytida amalga oshiriladi, ammo dars vaqti chegaralanganidan, uning anchagina kismini sinfdan tashqari mashg'ulotlarda amalga oshirishga to'g'ri keladi. Maktab tajribasida matematikadan kichik yoshdagi o'quvchilar bilan bajariladigan sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi: 1. Kizikarli matematika soatlari va minutlari; 2. Matematik to'garaklar uyushtirish; 3. Matematika gazetasi chiqarish; 4. Ekskursiya o'tkazish; 5. Matematik burchak tashkil qilish; 6. Matematika kechalari o'tkazish; 7. boshlang'ich maktablarda matematika olimpiadasi o'tkazish. Sinfdan tashqari ishlar tashkil qilish va o'tkazish asosida quyidagi qoidalar yotadi: 1. Sinfdan tashqari mashg'ulotlar o'quvchilarning darsda oladigan bilimlarini, malaka va ko'nikmalarni hisobga olgan holda o'tkaziladi; 2. Sinfdan tashqari ish ixtiyoriylik, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.75 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.75 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:53 ]
Arxiv ichida: doc