Boshlang'ich sinflarda mehnat ta'limi va tarbiyasining vazifalari

Boshlang'ich sinflarda mehnat ta'limi va tarbiyasining vazifalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Boshlang'ich sinflarda mehnat ta'limi va tarbiyasining vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Boshlang'ich sinflarda mehnat ta'limi va tarbiyasining vazifalari Respublikamiz ta'lim tizimi, jumladan umumiy o'rta ta'lim mazmuni Ta'lim to'g'risidagi qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida bosqichma-bosqich yangilab borilmokda. Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta ta'limni tashkil etish to'g'risidagi 203-sonli +aroriga asosan ta'lim tizimi mazmunini yangilash, ta'lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlilik darajasi malakasi, madaniy va ma'naviy-axloqiy saviyasining sifatiga nisbatan qo'yiladigan zarur talablarni belgilab 6yeruvchi davlat ta'lim standartlari yaratildi va bosqichma-bosqich joriy etib borilmoqda. Mehnat tarbiyasi uning ahamiyati to'g'risida qomusiy mutafakkirlarimiz Ibn Sino, Farobiy, NAQSHbandiy, Kaykovus, A.Navoiy, Termiziy kabi allomalarimiz o'z asarlarida mehnat tarbiyasini ulug'lab, yoshlarni mehnat qilishga, mehnatning inson faoliyatida o'rni haqida fikr bildirishgan. Respublikamizda mehnat ta'limi uning taraqqiyotiga ko'pgina olimlar A.Varobyev, N.Shodiyev, E.Choriyev, N.Nisxonaliyev, O.M.Ma'zumov, R.Mavlonova, O.Magdiyev, K.Davlatov,U.Tolipovlarning darslik va metodik qo'llanmalari chop etilgan. mehnat ta'limi fanining umumiy o'rta ta'lim maktablariga fan sifatida o'qitilishi 1932 yildan amalga oshirildi. Olimlar o'rtasida mehnat ta'limining fan sifatida o'tilishi ancha tortushuvlarga sabab bo'ldi. Birinchi toifali olimlar mehnat ta'limi barcha fanlarga kushilib utilishi maqsadga muvofiq degan fikrlarni olg'a surdilar. loyiha sistemasiga binoan matematika, kimyo, biologiya va boshqa o'quv predmetlariga oid bilim elementlari o'quvchilarga beriladigan mehnat topshiriqlari atrofiga gruppalash boshlandi. Masalan, bog'da o'ra qazish topshirig'ini olgan o'quvchilar uni bajarish uchun qancha tuproq chiqarib tashlashni hisoblashlari (matematika), o'ra konturini belgilashlari (chizmachilik), tuproq xarakteri bilan tan olishlari (geografiya) kerak edi. O'quv jarayonini bunday tashkil etishda o'quvchilarni fan asoslarining sistemali bilimlar bilan qurollantirishni iloji yo'qligi mutlaqo ravshan. 1937 yilda maktablarda mustaqil o'quv predmeti sifatida mehnat ta'limi tugatildi chunki o'sha vaqtlarda maktabning moddiy bazasi juda nochor edi. 1952 yil mehnat ta'limiga jamoatchilik e'tibori qaratildi. Maktablarda mehnat ta'limi va mehnat tarbiyasini zarurligi o'quvchilarni ishlab chiqarish bilan aloqasi bo'lishi kerakligi ko'rsatib o'tildi. 1954 yilda mehnat ta'limini o'rta maktab o'quv rejasiga o'sib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish vositalaridan biri sifatida kiritildi. Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi sifatida barcha o'quv predmetlari, jumladan mehnat ta'limini o'qitish mazmuni ham mukammallashib bormoqda. Ushbu o'quv fanining maqsadi-o'quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari va jarayonlari hamda kasblar bilan dastlabki tanishtirish, kasb tanlashga tayyorlash, o'quvchilar mehnatni qadrlashni, uning jamiyatdagi o'rnini bilishni, mehnatga qiziqish va mehnatsevarlikni shakllantirish orqali kasbgacha tayyorgarliklarini amalga oshirishdan iborat. Respublikamiz mustaqillikka kadam kuygan kundan boshlab ta'limga katta e'tibor berila boshladi jumladan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chikildi va uch bosqichda amalga oshirilmokda. Birinchi bosqich-o'tish davri bo'lib, u 1997-2001 yillarda ya'ni 4 yil davomida joiry etiladi. Bunda kadrlar tayyorlash tizimi salohiyatini saqlab qolish, uning rivojlanishi uchun huquqiy-me'yoriy ilmiy metodik moliyaviy moddiy shart sharoitlar yaratish lozim. Ikkinchi bosqichda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.45 KB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.45 KB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga