Reja Mashg'ulotning maqsadi. Mehnat ta'limining madsad va vazifalari. Mehnat ta'limiga qo'yilgan davlat ta'lim standarti. Mehnat ta'limi bo'yicha dastur talablarining mohiyati. Mehnat ta'limi mashg'ulotlarini tashkil etish. Mashg'ulotning maqsadi kurs ishtirokchilarining mehnat ta'limi bo'yicha malakalarini aniqlab, ularga bu boradagi ilmiy-uslubiy yangiliklar to'g'risida ma'lumotlar va mehnat mashg'ulotlarini davr talabi darajasida o'tish yuzasidan tavsiyalar berish. Mehnatning, nafaqat bola tarbiyasida, balki har qanday odamning komil inson bo'lib yetishishida ahamiyati naqadar ulkan ekanligi hammamizga ma'lum. Shuning uchun bo'lsa kerak, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham mehnat to'g'risida alohida moddalar qabul qilingan. Masalan, har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash… (37-modda), yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar… (38-modda), har kim qariganda, mehnat layoqatini yo'qotganfa, shuningdek boquvchisidan mahrum bo'lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'm'not olish huquqiga ega… (39-modda) kabi huquqiy me'yorlarni misol qilib aytib o'tish mumkin. Xuddi shunday mehnatga, aynan olganda, mehnat ta'limiga e'tibor xalq ta'limida ham qaratilgan. Shu jumladan, boshlang'ich ta'limda ham har bir sinfda haftada bir soatdan mehnat ta'limi mashg'ulotlari tashkil etilishi belgilab berilgan. Boshlang'ich sinflarda o'tkaziladigan mehnat ta'limining maqsadi - o'quvchilarning barhamol shaxs bo'lib shakllanishlari uchun ularga mehnat jarayonlari, kasblar asoslarini (texnologiyasini) o'rgatish, ularni kasb tanlash bilan uyg'unlashtirish orqali ularning kasbgacha tayyorgarligiga zamin yaratishdan iborat dir. Mehnat ta'limining tarbiyaviy maqsadi ham kattadir, ya'ni o'quvchilarning mehnat ko'nikmalarini egallashlari jarayonida mehnat va hasbga munosabatlarida yuqori axloqiy sifatlarni, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik va tadbirkorlikni shakllantirish lozim. Mehnat ta'limining hozirgi davrdagi, qolaversa mehnat ta'limi o'qituvchilarining vazifalari ham, bu vazifalarning talab darajasida bajarilishiga ham yosh avlodning barkamol inson bo'lib yetishishlarida muhim o'rin tutadi. Bu vazifalar tubandagilardan iboratdir. tashkiliy vazifalar - o'quvxona, unda maxsus ish joyi, zarur materiallar, asboblar tashkil qilish. Sanitariya-gigiyena hamda mehnat xavfsizligi talablarini ta'minlash. Uslubiy vazifalar - mashg'ultlarning yarim va bir yillik o'quv ish rejalarini tuzish, mahalliy sharoitlarni hisobga olish, o'g'il va qiz bolalarning o'zlariga xos mehnat mashg'ulotlarini va kasb tanlashlarini amalga oshirib borish va boshqalardir. Boshlang'ich ta'limda o'qitiladigan mehnat ta'limi fani o'quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, kasblar bilan dastlabki tanishtirish, kasb tanlashga tayyorlash, mehnatni qadrlash, mehnatga qiziqish hamda mehnatsevarlikni shakllantirish orqali ularning kasbgacha tayyorgarliklarini 5-sinf uchun uzviy bog'lanish zaminini yaratishni ko'zda tutadi. Bular ta'limiy va tarbiyaviy hamda rivojlantiruvchi yo'nalishlar hisoblanadi. O'qituvchi mehnat ta'limi mashg'ulotlari jarayonida o'quvchilarga aqliy, jismoniy, axloqiy, badiiy-estetik tarbiya va ta'lim berish orqali ularning barkamol shaxslar bo'lib yetishishlariga yordam berishi darkor. Boshlang'ich sinf o'qituvchilarini malakasini oshirishga qo'yilgan davlat talablarida kursni bitirgan o'qituvchi mehnat ta'limi fani bo'yicha mashg'ulotlarni ham talab darajasida o'tish mahoratiga ega bo'lishi aytib o'tilgan. Ana ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.44 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.44 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:53 ]
Arxiv ichida: doc