Boshlang'ich sinflarda mehnat ta'limining mazmuni 1-4-sinfdagi barcha fanlarni o'qitish, o'quvchilarni mehnat qilish va kasb tanlashi bilan uzviy bog'lab tayyorlashdan iborat. 1-4-sinfda mehnat ta'limi fani mazmuni shartli ravishda umumiy mehnat ta'limi tayyorgarligi uning mazmuniga mavjud bo'lgan kasblar atroflicha ma'lumotlari bilan tanishilgan hamda shu yoshga maxsus tayyorgar-lik qismlaridan iborat. Bu qismlar har bir dars va mashg'ulotlarning tarkibiga singib ketgan bo'lib, ularni o'qituvchi va uslubchilar tomonidan ilmiy uslubiy nuqtai nazaridan hisobga olgan holda, tahmin qilib berish, mehnat ta'limi mashg'ulotlarining aniq maqsadga yo'naltirilgan bo'lishini ta'minlash uchun zarur mehnat ta'limi darslarini 1-4-sinfda umumiy va badiiy mehnat kursi xalq amaliy bezak san'atlari sohasidagi ayrim kasblar asoslari bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Bu kurs bo'yicha mashg'ulotlar mazmuni bajarilayotgan mehnat jarayonining ajralmas qismi bo'lgan amaliy eskizlar, jadvallar, rasmlar, nAQSHlar ishlash va ayrim dizaynerlik qoidalarini o'rgatishdan iborat. Shu nuqtai nazarga asoslangan holda 1-4-sinf mehnat ta'limi o'quv fani tarkibiga quyidagi kurslari kiradi: Umumiy va badiiy mehnat; Amaliy ishlar tayyorlash tartibi texnologik asoslari. Ushbu yo'nalishning har biri yuzasidan quyidagi mavzular bo'yicha o'zoro uyg'unlashtirilgan nazariy bilimlar beriladi va amaliy ish ko'nikmalari shakllantiriladi. Materialshunoslik asoslari. Asbob-uskunalar haqida ma'lumot va ularni ishlatish usullari. Milliy hunarmandchilik kasblari bo'yicha umumiy ma'lumotlar va o'zoro turdosh kasblar bo'yicha dastlabki tayyorgarlik hamda ularni 5-sinfda o'zoro uyg'unlashtirilgan holda integrasiyalashtirib o'qitish jarayonida amalga oshirib boriladi. 1-4-sinfda ta'lim oluvchilarning ijtimoiy dunyoqarashlarini kengaytirgan holda olib boriladi. Ular kasb-hunarni ongli ravishda tanlashga yo'naltiriladilar. Bunda o'quvchilarning tanlagan kasblariga nisbatan qiziqishlari shu kasblar ularning mayillariga muvofiq va qobiliyatlari turlariga mos bo'lishini, kasb tanlashning ongli va mustaqil ravishda amalga oshirilishini, o'quvchilar shaxsiy intilishlari va imkoniyatlarini jamiyat ehtiyojlari bilan mos kelishini ta'minlash lozim. Bu vazifa tabiiyki 1-4-sinfga kelganda hal qilinadi deb tushunilmasligi lozim. Aslida kasbga yo'naltirilishlari o'quvchilar bilan 1-sinfdan boshlab barcha fanlar mavzular uzviy bog'liqligi asosida ularga kasblar turlari bilan tanishtirish hamda tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-bilim tizim, odam badiy obraz tiplarining qaysi biriga mos ekanligini aniqlash hamda shu yo'nalishida rivojlantirib borib jarayonning natijasi hisoblanadi. 1-4-sinfda o'quvchilarni kasbga yo'naltirish ishlari mahalliy ixtiyojlar va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, shuningdek isdiqbol-larini belgilovchi chambarchas iboralar tavsiyalari asosida hamda mahalliy kasb-hunar kollejlari va akademik liseylarning yo'nalishlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. 1-4-sinf mehnat ta'limi darslarida o'quvchida kasb turlariga oid bilim, ko'nikma va malakalarni maktab joylashgan hududdagi imkoniyat va ehtiyojlarni hisobga olgan holda tanlanadigan kasb, asosida shakllantiriladi. Hozirgi sharoitni hisobga olgan holda ko'proq maktablarda mehnat ta'limi mashg'ulotlarining mazmuni asosida milliy hunarmandchilik kasblari yo'nalishida olib boriladi. Yirik sanoat ishlab chiqarish rivojlangan hududlardagi maktablarda mehnat ta'limi darslarida o'quvchilarni shu sanoat sohasiga oid zamonaviy kasblarga yo'naltirish ikoniyatlari yaratilishi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.76 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.76 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:53 ]
Arxiv ichida: doc