Boshlang'ich sinflarda o'zlashtirmovchilikni yuzaga keltiruvchi omillar

Boshlang'ich sinflarda o'zlashtirmovchilikni yuzaga keltiruvchi omillar

O'quvchilarga / Pedagogika
Boshlang'ich sinflarda o'zlashtirmovchilikni yuzaga keltiruvchi omillar - rasmi

Material tavsifi

O'ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI TЕRMIZ DAVLAT UNIVЕRSITЕTI PЕDAGOGIKA FAKULTЕTI MAKTABGACHA TARBIYA VA BOSHLANG'ICH TA'LIM KAFEDRASI Boshlang'ich sinflarda o'zlashtirmovchilikni yuzaga keltiruvchi omillar mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI Bajardi: Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ish ta'lim yo'nalishi bitiruvchisi 4 kurs talabasi Qulmurudova O. ILMIY RAHBAR: p.f.n.Norbosheva M. 13-maktab direktori Suvonova D. Bitiruv malakaviy ishi kafedradan dastlabki himoyadan o'tdi. sonli bayonnomasi 2013 yil TЕRMIZ - 2013 MAVZU: BOSHLANG'ICH SINFLARDA O'ZLASHTIRMOVCHILIKNI YUZAGA KELTIRUVCHI OMILLAR REJA: KIRISH I NAZARIY QISM O'zlashtirmovchi o'quvchilar muammosining pedagogika va psixologiyada o'rganilishi O'zlashtirmovchilikni vujudga keltiruvchi omillar haqida 1.3 Boshlang'ich sinflarda o'zlashtirmovchilikning oldini olishga yo'naltirilgan tadbirlar II AMALIY QISM 2.1 . O'zlashtirmovchilikni vujudga keltiruvchi omillarni eksperimental o'rganish 2.2 Ortiqchasini o'chirish, Muhim belgini ajratish metodikalaridan foydalanish orqali o'zlashtirmaslik sabablarini aniqlash 2.3 Tajriba va natijalar tahlili XULOSA VA TAVSIYALAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI ILOVALAR KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizda ta'lim va tarbiya borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning tub mohiyati bilimdon, aqlan rivojlangan , ongli, zamonaviy dunyoqarashga ega, jismonan sog'lom, axloqan pok, erkin, ijodkor , komil insonni shakllantirishdan iborat. Mamlakatimizda sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalsh, farzandlarimizni ijodiy va intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarish, ularni XXI asr talablariga to'liq javob beradigan shaxslar qilib voyaga yetkazish barchamizning ezgu vazifamiz. Har tomonlama yetuk, sog'lom, mustaqil fikrlovchi shaxslarni tarbiyalashda boshlang'ich sinflarda beriladigan ta'lim va tarbiyaning roli beqiyosdir, chunki o'quvchi oladigan bilimlari, ko'nikma va malakalariga asos xuddi shu boshlang'ich sinflarda qo'yiladi. Bu haqda yurtboshimiz I.A.Karimov 1997-yilda bo'lib o'tgan Oliy Majlisning IX sessiyasida so'zlagan nutqlarida quyidagilarni ta'kidlagan edilar: Eski ta'lim tiziminig eng yomon qusuri boshlang'ich ta'limga ikkinchi darajali ish deb qaratyotganligimizdadir . Ochiq aytishimiz kerak, bilimi sayoz o'qituvchilar ham boshlang'ich sinfga dars beraveradi… Vaholanki, bolaning dunyoqarashi va salohiyati shakllanadigan boshlang'ich sinflarga eng yetuk , eng tajribali murabbiylar biriktirib qo'yilishini oddiy mantiqini o'zi talab etadi. Baxtga qarshi har bir sinfda 3-4 ta bo'lsada, o'zlashtirmoqchi o'quvchilar mavjud. Bunday o'quvchilarning bilish jarayonlari orqaga qolibgina qolmay, bevosita sinfdoshlarining ham o'zlashtirishlariga, bilim asoslarini egallashlariga ma'lum darajada salbiy ta'sir ko'rsatadi. Xuddi shu sababli, boshlang'ich sinflardagi o'zlashtiruvchi o'quvchilarning psixologik xususiyatlarini o'rganishi va uni korreksiya qilish dolzarb masala hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, ta'lim sohasida o'zlashtirish xususida keng fikrlar bayon etilmoqda. O'zlashtirish tushunchasi o'z mohiyatiga ko'ra kompleks muammo bo'lib, u jamiyatning iqtisodiy siyosiy, ma'rifiy, madaniy tarbiyalanganligi, maktab o'qituvchilarining zamonaviy o'qitish vositalari, usullari, tamoyillari bo'yicha atroflicha bilimga ega ekanliklari, yoshlarning o'qish-o'rganishga ishtiyoqmandligi bilan uzviy bog'liq hodisadir. Mustaqil mamlakatimizning erkin fuqarolari tilimiz va tariximizning inson hayotidagi ahamiyatini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarini har qachongidan aniqroq, to'laroq his qila boshlashdi. Maktab ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 105.99 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 105.99 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga