Boshlang'ich sinflarda so'z ustida ishlash DTSga muvofiq, boshlang'ich sinflarda morfologiyadan: ot, sifat, son, fe'l, kishilik olmoshi sintaksisdan: gap, ega, kesim, ikkinchi darajali bo'lak, uyushiq bo'lak, undalma kabi tushunchalarni, so'z yasalishidan: o'zak, qo'shimcha, o'zakdosh so'zlar kabi tushunchalarni shakllantirish ustida ish olib boriladi. Grammatik tushunchalar so'z, so'z birikmasi, gap, morfema, leksika, fonema va boshqalarning o'ziga xos muhim belgilarini aniqlash va umumlashtirish natijasi hisoblanadi. O'qituvchi bu tushunchalarni shakllantirish jarayonini boshqarishi, o'quvchilar aqliy faoliyatini to'g'ri tashkil etish uchun tushuncha nimaligini bilib olishi, bu jarayonning xususiyatlarini, tushunchani qanday sharoitda o'zlashtirilishi samaraliroq bo'lishini ko'z oldiga keltira olishi kerak. Boshlang'ich sinflarda grammatik tushunchani o'zlashtirish uzoq davom etadigan va kichik yoshdagi o'quvchilar uchun ancha murakkab jarayondir. Shunga ko'ra, o'qituvchi boshlang'ich sinflarda tushunchani o'zlashtirishga oid ishlarni tashkil etishda o'rganiladigan tushunchaning lingvistik mohiyatini, bilimlarni o'zlashtirish jarayoning psixologik-didaktik xususiyatlarini, o'quvchilarning nutqiy va aqliy faoliyatini rivojlanish darajasini aniq bilib olishi zarur. Grammatik tushunchalardan so'z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe'l) boshlang'ich sinflarda soddadan murakkabga qarab, izchillik tizimida o'rgatiladi. So'z turkumlari ustida ishlash jarayonida o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqiy malakalari, kishilarning aloqa vositasi bo'lmish tilning xususiyatlari, to'g'ri nutqning ahamiyati haqidagi bilimlari takomillashib boradi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari ot, sifat, son, fe'lning quyidagi xususiyatlarini bilib oladilar va shu o'rgangan belgilari asosida so'z turkumlarini taqqoslaydilar: Shaxs, narsa, belgi, miqdor va tartib, harakat yoki holatni bildiradigan so'zlar; Bu so'zlarning qanday so'roqlarga javob bo'lishi; So'zlarni o'zgarish-o'zgarmasligi va doimiyligi; Gapda qanday bo'lak vazifasida kelishi. O'quvchilarni o'rganganlariga qarab, har bir so'z turkumining grammatik belgilari haqidagi bilimlari kengaya boradi. Boshlang'ich sinf ona tili dasturiga ko'ra, o'quvchilarda so'zlarni dastlab, javob bo'ladigan so'roqlariga qarab guruhlab, o'rgatiladi. 3-sinfda So'z turkumi tushunchasi shakllantiriladi. Bunda o'quvchilar har bir so'z turkumiga xos ayrim belgilar: so'z turkumining umumlashtirilgan leksik ma'nolari, otlarning birlik va ko'plikda qo'llanishi, bo'lishli va bo'lishsiz fe'llar, ot, sifat, son va fe'lning gapdagi vazifasi bilan tanishtiriladi. 4-sinfda so'z turkumlarining morfologik-sintaktik xususiyatlari haqidagi bilim chuqurlashtiriladi: o'quvchilar otlarning egalik va kelishiklar bilan o'zgarishini, sifat va sonning gapdagi vazifasini, shaxs-son va zamonni o'rganadilar. Berilgan quyidagi jadvalda boshlang'ich 1-4-sinflarda o'quvchilarining so'z turkumlari yuzasidan egallashlari lozim bo'lgan bilimlar hajmi ko'rsatilgan: Boshlang'ich sinflarda so'z turkumlarini o'rganishdagi asosiy vazifa o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirish, lug'atini yangi ot, sifat, son, fe'llar bilan boyitish, o'quvchilarning shu vaqtgacha foydalanib kelgan so'zlarining ma'nosini aniq tushunishiga erishish, bog'lanishli nutqda so'zlardan to'g'ri foydalanish malakasini o'stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun so'z turkumlarini o'rganish jarayonida ma'nodosh, turli ma'noni bildirgan so'zlar ustida muntazam ishlab boriladi. O'quvchilar ko'p ma'noli so'zlar, ularning o'z va ko'chma ma'noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.95 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.95 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:53 ]
Arxiv ichida: doc