Boshlang'ich sinflarda so'z yasalishi o'rgatish Boshlang'ich sinf ona tili darslarida so'z tarkibi va yasalishini o'rganish metodikasi Boshlang'ich sinflar ona tili dasturiga muvofiq so'zning morfemik tarkibi II sinfda o'rganiladi. IV sinfda so'z turkumlarini o'rganish bilan bog'liq holda so'zning tarkibi haqidagi bilimlarni takomillashtirish ko'zda tutiladi. Avvalo, til materialini o'rganish tizimi nimaligini aniqlab olish zarur. Til materialini o'rganish tizimi Til materialini o'rganish tizimi deganda aniq, ilmiy asoslangan izchillikdagi va o'zaro bog'lanishdagi bilimlar yig'indisini o'zlashtirishni ta'minlaydigan maqsadga qaratilgan jarayon, shuningdek, shu asosda amaliy ko'nikmalarni shakllantirish tushuniladi. So'zning morfemik tarkibiga tatbiq qilganda, tizim so'z yasalishiga oid va grammatik bilimlarni o'zlashtirish: a) dastur materialini o'rganish tizimida so'zning morfemik tarkibini o'rganishning o'rni bilan; 2) o'zak, o'zakdosh so'z, so'z yasovchi qo'shimcha, shakl yasovchi qo'shimcha tushunchalari ustida ishlashdagi izchillik bilan; 3) so'zning morfemik tarkibi va so'z yasalishining o'zaro bir-biriga ta'sir qilishi bilan; 4) morfemalarni to'g'ri yozish malakasini shakllantirish ustida ishlash bilan bog'liqligini belgilab beradi. I sinfda kuzatish o'rganiladigan materialning mazmuni va ayrim so'zlarning ma'nosini, yozilishini tushuntirish bilan uzviy bog'lanadi. I sinfda kim?, nima? So'rog'iga javob bo'lgan so'zlarni o'rganish jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning Nima uchun u yoki bu narsa shunday nomlangan? savoliga birgalikda javob topishi ularni bir xil o'zakli so'zlar o'rtasidagi munosabatni tushunishga tayyorlashda anchagina mos va qiziqarli usul hisoblanadi. Bu savolga javob topish bilan o'quvchilar Nega so'zlar o'zakdosh hisoblanadi?, Bir so'zdan boshqa so'z qanday hosil bo'ldi? savollariga javob berishga tayyorlanadilar. IKKINCHI BOSQICH bir xil o'zakli so'zlarning xususiyatlari va barcha morfemalarning mohiyati bilan tanishtirish. Bu bosqichning asosiy o'quv vazifasi - so'zlarning ma'noli qismlari sifatida o'zak, so'z yasovchi va shakl yasovchi qo'shimchalar bilan tanishtirish, o'zakdosh so'zlar tushunchasini shakllantirish, bir xil o'zakli so'zlarda o'zakning bir xil yozilishini kuzatish hisoblanadi. So'z turkumlarini o'rgatish So'z turkumlarini o'rganish jarayonida o'qituvchi o'quvchilarga so'z yasalishi asoslarini, so'z yasovchi qo'shimcha yordamida bir so'z turkumidan boshqasini yoki shu so'z turkumining o'zini yasash mumkinligini tushuntiradi. Masalan, ot ko'proq boshqa bir otdan (ishchi, baliqchi; sinfdosh, sirdosh; bog'bon, oshpaz, kitobxon, zargar), shuningdek, fe'ldan (elak, kurak, yutuq, o'roq, yotoq, terim, bilim); sifat ko'proq otdan (suvli, suvsiz; yozgi, qishki, ishchan, ishli, ishsiz), shuningdek, fe'ldan (maqtanchoq, o'tkir, sezgir); fe'llar otdan (ishla, gulla, gapir), sifatdan (oqla, yaxshila, oqar, qoray) yasaladi. O'quvchilarni so'z yasalish xususiyatlarini tushunishga tayyorlash uchun o'qituvchi ularga muayyan bir yangi so'z qaysi so'zdan va qaysi morfema yordamida yasalganini aniqlashga qaratilgan topshiriq beradi. Masalan, o'qituvchi chegara otini aytadi va chegarani qo'riqlaydigan kishini bildiradigan o'zakdosh ot tanlashni topshiradi (chegarachi). Vazifani boshqacharoq berish ham mumkin: o'qituvchi so'zni va so'z yasovchi morfemani beradi. O'quvchining vazifasi yangi so'zni to'g'ri ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
214.14 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:53
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
214.14 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:53 ]
Arxiv ichida: ppt