Boshlang'ich sinflarda so'zning morfemik tarkibini o'rganish metodikasi

Boshlang'ich sinflarda so'zning morfemik tarkibini o'rganish metodikasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Boshlang'ich sinflarda so'zning morfemik tarkibini o'rganish metodikasi - rasmi

Material tavsifi

boshlang'ich sinflarda so'zning morfemik tarkibini o'rganish metodikasi Reja: So'zning morfemik tarkibi va so'z yasalishi ustida ishlashning ahamiyati va vazifalari So'z turkumlarini o'rganish metodikasi So'zning morfemik tarkibi va so'z yasalishi ustida ishlashning ahamiyati va vazifalari So'zning leksik manosini aniqlash maqsadida uni morfemalarga ajratish til haqidagi fanda o'zining nazariy asosiga ega. Morfema - so'zning eng kichik, bo'linmaydigan manoli qismi. Morfema ikki turga bo'linadi: 1. O'zak morfema - so'zda albatta qatnashadigan va leksik mano anglatadigai morfema; 2. Affiksal morfema mustaqil holda leksik mano anglatmay, so'zning leksik va grammatik manolarining shakllanishi uchun xizmag qiladigan morfemadir. Masalan, gullarni, gulla so'zlaridagi gul - o'zak morfema, -lar, -ni, -la affiksal morfemadir. Affikslar (qo'shimchalar) ikki turga bo'linadi: 1. so'z yasovchi affikslar. Bu affikslar so'zning leksik mano-sini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Masalan, bog'bon, paxtakor, paxtazor, ishchi so'zlaridagi -bon, -kor, -zor, -chi so'z yasovchi affikslardir. 2. F o r m a ya s o v ch i a f f i k s l a r. Bu affikslar so'zlarning grammatik formalarini shakllantirib, turli grammatik manolarni ifodalaydi. Masalan, maktablarimizni so'zida -lar, -imiz, -ni forma yasovchi affikslar bo'lib, -lar ko'plik manosini, -imiz egalikning I shaxs ko'plik manosini, -ni tushum kelishigi manosini ifodalaydi 127 Morfemalarning qo'shilishi bir-biriga ta'sir qiladi, bundan tashqari, ko'pgina o'zak va so'z yasovchi qo'shimchalar ko'p manoli. Shunga qarama, ko'p so'zlarning leksik manosini uning morfemik tarkibiga qarab aniqlash qiyin, bu maqsadda so'zni morfemalarga ajratishdan foydalanishga to'g'ri keladi. O'quvchilar so'zning morfemik tarkibini va so'z yasalishini o'rganishlariga qarab, so'zni morfemalarga ajratishdan ongli foydalana boshlaydilar. Ular yasama so'zlarning leksik manosini so'zlarning semantik o'xshashlgiga qarab bilib oladilar. So'zlarning morfemik tarkibi ustida ishlashning ahamiyati va shunga mos ravishda o'qituvchining vazifalariga quyidagilar kiradi: So'zning morfemik tarkibi ustida ishlash bilan o'quvchilar so'zning leksik manosini aniqlashning asosiy usullaridan birini bilib oladilar. Bunda o'qituvchining vazifasi bolalar so'zlarning leksik manosi va morfemik tarkibi bir-biriga bog'liqligini bilib olishi uchun eng qulay sharoit yaratish, shu asosda ularning lug'atiga aniqlik kiritishga maqsadga muvofiq rahbarlik qilish hisoblanadi. So'z yasalishi haqidagn elementar bilim ham o'quvchilarning tilimizning yangi so'zlar bilan boyishi-ning asosiy manbaini tushunishlari uchun muhimdir. Yangi so'z tilda mavjud bo'lgan morfemalardan, malum usul va modellar asosida pvjudga keladi (yasaladi). So'z yasalishi-ni kuzatish o'quvchilarda so'zga faol munosabatni shakllantirishga ijobiy ta'sir etadi, tilning ri-vojlanish qonuniyatlarini tushunishga olib keladi. So'z yasalishi asoslari bilan tanishish o'quvchilar lug'atini atrof-muhit haqidagi bilimlar bilan boyitishga imkon beradi. Predmet, jarayon, voqea-hodisalar haqidagi tushunchalar so'z bilan ifodalanadi. So'zlar o'rtasidagi mano va tuzilish jihatidan bog'lanishni belgilash) o'zaro munosabatda bo'lgan tushunchalar o'rtasidagi bog'lanishga tayanadi (masalan, traktor va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.64 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.64 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga