Boshlang'ich sinflarda tabiatshunoslik o'quv predmetini o'rganish shakllari tabiatshunoslik o'qitish shakllari Reja: 1. Dars-tabiatshunoslik oli boriladigan o'quv-tarbiya ishlarining asosiy shaklidir 2. Uyga beriladigan topshiriqlar 3. Darslik va qo'llanmalar ustida ishlash 4. Sayohatlar, ularning turlari 5. Tirik tabiat 6. O'quv-tajriba maydonchasida o'tkaziladigan amaliy ishlar 7. Darsdan tashqari mashg'ulotlar 8. Sinfdan tashqari mashg'ulotlar 9. Maktabdan tashqari ishlar Asosiy tushunchalar: dars, uning ta'rifi; uyga beriladigan topshiriqlar, turlari; darslik, qo'llanmalar bilan ishlash metodikasi; boshlang'ich sinf o'quvchilari ishtirokida uyushtiriladigan sayohatlar, turlari va unda amalga oshiriladigan ishlar; tirik tabiat burchagi va uning ish mazmuni; o'quv-tajriba maydonchasi mashg'ulotlar va o'quvchilarning amaliy faoliyatlari; darsdan tashqari mashg'ulotlar, turlari; sinfdan tashqari mashg'ulotlar, ularning o'quv ishlari jarayonida tutgan o'rni, maktab ishlari jarayonida tutgan o'rni, maktabdan tashqari ishlar, turlari, o'quvchilarning tabiatshunoslikka doir bilimlarini kengaytirish borasidagi ahamiyati. O'qitish shakli-bu tarbiyalovchi ta'lim jarayonida turli xil sharoitda o'tkaziladigan o'quvchilarning o'quv-bilish faoliyatini tashkil qilishdir. Tabiatshunoslik kursi mazmuni va vazifalariga ko'ra kichik yoshli o'quvchilarning tabiatini o'rganishlari tubandagi shakllarda amalga oshiriladi: Dars; Uyga vazifa; Sayohatlar; Kitob ustida ishlash; Tirik tabiat burchagi; Maktab oldi maydonchasidagi mashg'ulotlar; Darsdan tashqari mashg'ulotlar; Sinfdan tashqari mashg'ulotlar; Maktabdan tashqari ishlar. O'qituvchi faoliyati va o'tkazish usuliga ko'ra belgilangan ishlar uch yo'nalishda -yakka tartibda, guruh holida va jamoa holida olib boriladi. Ta'limning mavjud shakllari o'zaro bog'liqdir. Ular tabiatshunoslik o'qitish tizimini hosil qiladi. Tizim esa bolalarga beriladigan bilimlar majmuasi va kompleks tarbiyani amalga oshirilishini ta'minlaydi. Fan darslari tabiatni o'rganish uchun katta ahamiyatga ega. Ijodiy ishlaydigan o'qituvchilar bunday darslarni ko'proq o'tkazadilar va o'quvchilarning tabiatshunoslikka bo'lgan qiziqishlarini oshiradilar. Fan darslarining odatdagi darslardan farqi bitta yoki bir nechta fanlar guruhining xususiyatlarini chuqurroq o'rganishga mo'ljallangan. Darslar o'quvchilarni mavzularni chuqurroq va mustaqil o'rganishlarini faollashtirishni ko'zda tutadi. O'quvchilar 1-3 sinflarda dars tayyorlashga o'rgansalarda, lekin amaliy ishlar, ko'zatishlar o'tkazish uchun o'qituvchi ko'rsatmalari zarurdir. Bunda o'quvchilar darslarni qanday tayyorlash, amaliyot joyini qanday tashkil qilish, ko'zatishlarni ketma-ket bajarish, belgilash va xulosalar chiqarishga o'rganadilar. O'quvchilar ba'zi amaliy ishlarni, yuqorida aytilganidek, darslikda berilgan ko'rsatmalarga suyangan holda ham bajaradilar. O'qituvchi tabiatshunoslik darslari mazmunini, uning ta'limiy va tarbiyaviy ahamiyatini gapirib berishi lozim. Tabiatshunoslikning dunyoqarashni shakllantirishdagi ahamiyati shundan iboratki, u avvalo hayotning paydo bo'lishi va rivojlanishining moddiy asoslarini ochib beradi. Shu sababi ham boshlang'ich sinflar o'qituvchisi oldida tabiatshunoslik darslari uchun material mazmunini tanlash vazifasi turadi. Maktab bolalariga ilmiy-texnika taraqqiyoti, O'zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari, qishloq xo'jaligi hayvonlari va o'simliklari, ularning yangi mahsuldor zot hamda navlarining iqtisodiy-ekologik samaradorligini oshirish to'g'risida hikoya qilish muhimdir. O'quv materiallariga biologiya fani yutuqlarining qishloq xo'jaligida tadbiq qilinishi (g'o'za, pomidor, poliz ekinlari) to'g'risidagi ma'lumotlarni kiritish kerak. Tabiatshunoslik asoslarini o'rganishni ishlab ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.69 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.69 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:54 ]
Arxiv ichida: doc