Boshlang'ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish metodikasi. Tarbiya natijalarni o'rganish va talil qilish RYeJA: 1. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning ahamiyati. 2. Rejalashtirish turlari va qoidalari. 3. Boshlang'ich sinf o'qituvchilarining tarbiyaviy ishini rivojlantirish va hisobla olish. 4.Boshlang'ich sinfda tarbiyaviy tadbirni tayyorlash metodikasi. 5.Tarbiya natijalarini o'rganish va talil qilish, ularning ahamiyati. TARBIYaVIY IShLARNI RYeJALAShTIRIShNING ahamiyatI. Tarbiyadan ko'zlangan maqsad, xar tomonlama ma'naviy rivojlangan aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakillantirishdan iborat. Shunga ko'ra faoliyatning mazmuni, tashkiliy shakillari va usullari shu maqsadga erishishni ko'zda tutadi. Boshlang'ich ta'lim maktabining asosiy vazifasi-shaxsning aqliy, axloqiy va jismoiniy rivojlanishi, qobiliyatlarini xar tomonlama kamol toptirish, imkoni boricha qulay sharoitlar yaratishdan iboratdir. Shuningdek o'quvchilarda milliy g'urur va milliy axloq-odobni shakillantirishni ko'zda tutadi. Tarbiyaviy ish malum maqsadni ko'zlovchi va uzluksiz davom etadigan jarayondir. Shaxsni shakillantirish manfaatlari xar bir pedagog tadbirini tarbiyaning umumiy maqsadlari bilan bog'lash, uni rejali tarzda va qatiy suratda umumiy maqsadlari bilan bog'lanishni talab etadi. Tarbiyaga yaxlit tizimli yondashish tarbiyada pedagog harakatining pirovard natijasiga yo'naltirilganligini belgilab beradi. Bunda pedagogik maqsad va vazifalar, uning mazmuni va qoidalari tarbiyaviy jarayonning barcha qatnashchilari tomonidan tan olinishi shart. Maktabda, avvalo, tarbiya jarayoni doimiy nazoratda bo'lishi kerak, o'qituvchining tarbiya ta'sirlari tizimi esa uzluksiz bo'lishi shart. Shu nuqtaiy nazardan rejalashtirishning ahamiyati muhimdir. RYeJALAShTIRISh TURLARI VA QOIDALARI. To'g'ri tuzilgan ish rejasi xar qanday xatoning oldini olishga, ilgari yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarni tugatishga yordam beradi. Shuningdek, u maktabda tartib intizomni to'g'ri yo'lga qo'yishda alohida ahamiyat kasb etadi. Boshlang'ich ta'lim maktablari shartli ravishda qabul qilingan ish rejalari mavjud. Ular quyidagilar: 1.Maktabning malum istiqboli davriga muljallab tuziladigan ish rejasi. Buni maktabning istiqbol ish rejasi deb ataladi Bu ish rejasi umummaktab rejasi asosida tuziladi. Bunda maktabning malum davridagi rivoji turli raqamlar asosida ko'rsatiladi. 2. Maktabning bir o'quv yiliga mo'ljallab tuziladigan kelyondar ish rajasi. Mazkur reja maktabning istiqbol ish rejasining joriy o'quv yiliga tegishli bo'lgan qismi hamda oldida turgan vazifalarni hisobga olgan holda tuziladi. Maktabning bir o'quv yiliga mo'ljallangan ish rejasi maktab ish turlari asosida ishlanadi. 3. maktabning joriy ish rejasi. Mazkur reja maktabning bir o'quv yiliga mo'ljallab tuzilgan ish rejasi asosida ishlanadi. Bu reja turkumiga: Maktab direktori boshlang'ich sinf bo'yicha o'rinbosarining bir o'quv yiliga mo'ljallab tuzadigan ish rejasi; Boshlang'ich maktab bo'yicha tashkil etilgan metodik, birlashmaning ish rejasi; Sinf o'qituvchilarining fanlari bo'yicha va tarbiyaviy ish rejasi. Rejani to'g'ri tuzish bilan ish bitmaydi. Ishning muvaffaqiyati ish rejani qanday usulda amalga oshirishga, unda belgilangan tadbirlarni hayotga tadbiq etish mahoratiga ko'p jihatdan bog'liqdir. Boshlang'ich maktab rejalarini amalga oshirish quyidagilar muhim ahamiyat kasb etadi: 1. Yuqori tashkilotlar, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.65 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.65 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:54 ]
Arxiv ichida: doc