O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI Boshlang'ich sinflarning matematika darslarida multimedia texnologiyasidan foydalanish mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI Boshlang'ich sinflarning matematika darslarida multimedia texnologiyasidan foydalanish Kirish I bob. Multimedia texnologiyasining asoslari 1.1. Multimedia-zamonaviy axborot texnologiyasining yo'nalishi 1.2. Multimedia vositalari yaratuvchi dasturiy ta'minot 1.3. Ta'lim sohasida multimedia II bob.Boshlang'ich sinf matematika darslarida didaktik materiallardan foydalanish 2.1.Boshlang'ich sinf o'quvchilarining yosh xususiyatlari 2.2. Elektron shakldagi didaktik materiallar 2.3.1-4 sinf matematika darsligidagi materillarni multimediaviy elektron shaklga o'tkazish II bob.Boshlang'ich sinf matematika darslarida multimedia texnologiyasidan foydalanish uslubiyoti 3.1. Matematika darslariga oid tayyorlangan slaydlar 3.2. 1-2 sinflarda matematika darslarida multimedia texnologiyasidan foydalanish 3.3. 3- 4 sinf matematika darslarida multimedia texnologiyasidan foydalanish Xulosa Adabiyotlar Mavzuning dolzarbligi Hurmatli Prezidentimiz I.A.Karimov O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 17 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: Ta'lim sohasida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, internet tizimi, raqamli va keng formatli telekommunikatsiyalarning zamonaviy usullarini o'zlashtirish, bugungi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan bunday ilg'or yutuqlar nafaqat maktab, litsey va kollejlar, oliy o'quv yurtlariga, balki har qaysi oila hayotiga keng kirib borishi uchun zamin tug'dirishning ahamiyatini chuqur anglab olishimiz lozim, [1] - deya ta'kidlagan Bitiruv malakaviy ishining obyekti: Boshlang'ich sinflarning matematika darslarida multimedia texnologiyasi asosida amalga oshiriladigan ta'lim jarayoni Bitiruv malakaviy ishining predmeti: Boshlang'ich sinflarning matematika darslarida multimedia texnologiyasini tadbiqiga qaratilgan didaktik materiallardan foydalanishning usuli va uslubi Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Multimedia texnologiyasi va multimediaviy slaydlar asosida boshlang'ich sinflar matematika darsining samaradorligini oshirish Tadqiqotning ilmiy - uslubiy yangiliklari: Bitiruv malakaviy ishining yangiliklari quyidagilardan iborat Multimedia texnologiyasining asoslari yoritib berilgan; Boshlang'ich sinf matematika darsligidagi ayrim materiallar elektron shaklga o'tkazilgan; Ko'rgazmali vositalar statik va dinamik turlarga ajratilgan; Matematika darslari uchun yangi multimediaviy slaydlar yaratilgan; Matematika darslarida multimedia texnologiyasidan foydalanishning usul va uslublari ishlab chiqilgan. Bitiruv malakaviy ishining vazifasi: Elektron o'quv materiallaridan foydalanishni o'rgatish; Statik va dinamik xarakterdagi ko'rgazmali didaktik materiallar (vositalar) bilan tanishtirish; Multimediali slaydlar tayyorlash to'g'risida ma'lumot berish; Multimedia texnologiyasidan foydalanishni o'rgatish. Ilmiy - uslubiy tadqiqot metodlari: Multimediaga oid hukumat qarorlari va me'yoriy hujjatlarni o'rganish Mavzu bo'yicha ilmiy - uslubiy va nazariy adabiyotlarni o'rganish Maktab o'qituvchilarining tajribalarini o'rganish Didaktik materiallarni namoyish etish metodidan foydalanish I bob. Multimedia texnologiyasining asoslari. 1.1. Multimedia-zamonaviy axborot texnologiyasining yo'nalishi Ta'lim to'g'risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturini amaliyotga joriy etish o'quv jarayonini texnologiyalashtirish bilan uzviy bog'liqdir. Taniqli olimlar R. Hamdamov, U. Begimqulov, N.Tayloqovlar multimedia texnologiyasini zamonaviy axborot texnologiyalarining asosiy yo'nalishlaridan biri ekanligini ta'kidlaganlar. Ma'lumki, axborot texnologiyasining asosiy komponentlariga-matn, jadval, grafika, tasvir, audio, video komponentlar kiradilar. Amaliy ishlarda esa yuqorida keltirilgan komponentlardan foydalaniladi. Multimedia ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.5 MB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:54
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.5 MB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:54 ]
Arxiv ichida: ppt