Boshlang'ich ta'lim fanlarini o'qitilish jarayonida sharq mutafakkirlari merosidan foydalanish

Boshlang'ich ta'lim fanlarini o'qitilish jarayonida sharq mutafakkirlari merosidan foydalanish

O'quvchilarga / Pedagogika
Boshlang'ich ta'lim fanlarini o'qitilish jarayonida sharq mutafakkirlari merosidan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Boshlang'ich ta'lim fanlarini o'qitilish jarayonida sharq mutafakkirlari merosidan foydalanish REJA: 1 Boshlang'ich ta'lim fanlarini o'qitilish jarayonida sharq mutafakkirlari merosidan foydalanish 2 Axloqiy tarbiyada eng muhim vositalar 3 Dars jarayonida muammoli vaziyatlardan foydalanishda o'qituvchining mahorati va ijodkorligi Boshlang'ich ta'lim fanlarini o'qitilish jarayonida sharq mutafakkirlari merosidan foydalanish Ibn Sino bola tarbiyasi va tarbiya usullari haqida qimmatli fikrlarini bildirgan. Ibn Sino bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy - ro'zg'or tutish masalalari xususida ham so'z yuritadi. Bolani tarbiyalash oila ota - onaning asosiy maqsadi va vazifasidir. O'z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo'lgan ota - ona tarbiyachi bo'lishi mumkin. Axloqiy tarbiyada eng muhim vositalar bolaning nafsoniyatiga, g'ururiga tegmagan holda, yakkama - yakka suhbatga bo'lish unga nasihat qilishdir. Ibn Sino bolada axloqiy xususiyatlarni mehnat, jismoniy aqliy tarbiya bilan o'zviy birlikda shakllantirishni, uni inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi. Yusuf Xos Hojibning uqtirishicha har bir kishi jamiyatga munosib bo'lib kamol topmog'i kerak. Buning uchun u tug'ilgan kundan bolab zarur tarbiyani olmog'i lozim. U qobil qizning tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, ularning o'zlariga xos xususiyatiga e'tibor berishni ta'kidlaydi. Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog'i shart. Shundagina ularning noo'rin xatti - harakatlariga berilishining oldi olinadi. Mirzo Ulug'bekning oila muhiti sog'lom avlodni yetishtirish haqidagi fikrlari shundan iboratki, alloma uqtirishicha, bolaning bilim olishiga bo'lgan qiziqish, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o'rinni egallaydi. Oilada ota - onalar ayniqsa o'qimishli ota - onalar o'z farzandlarining haqiqiy inson bo'lib kamol topishiga alohida e'tibor berishlari lozim. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ma'naviy axloqiy jihatdan barkamol, bilimliinson qilib tarbiyalash vazifasi ko'p jihatdan boshlang'ich sinflarda ta'limni to'g'ri uyushtirish , xususan , o'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatish ,ularning nutqini talab darajasida o'stirish bilan o'zaro bog'liq. So'z zahirasi boy o'quvchining fikrlash doirasi keng , ma'naviyati yuksak , o'qisho'rganishga ishtiyoqi baland bo'lishi tabiiydir. Boshlang'ich sinflardagi o'qish darslari orqali o'quvchilarda savodxonlik sifatlari shakllantiriladi ,kitobga bo'lgan muhabbat tuyg'usi uyg'onadi, ularning atrof- muhit haqidagi bilimlari kengaytiriladi , nutq va tafakkuri oshadi. Nutq tarbiyasida 'matn' ham markaziy tushuncha hisoblanadi. Zero , umumiy o'rta ta'lim maktabida nutqni rivojlantirish bo'yicha ishlarning pirovard maqsadi o'quvchini o'z fikrini og'zaki va yozma shaklda erkin bayon qilichga o'rgatishgir. Bola kichik yoshida ta'sirchan , atrofdan kelayotgan barcha ma'lumotlarni tez qabul qiluvchi bo'ladi.U nimani eshitsa , eshitganicha talaffuz qilishga va uni, nutqida qo'llashga intiladi.Shuning uchun ham boshlang'icn sinf o'quvchilarning o'quv yili boshidanoq nutq doirasini aniqlab , nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etish choralarini ko'rish va ular ustidan ish olib boorish lozim. So'z boyligi o'quvchilarga barcha fanlardan beriladigan bilimlarni tez va puxta o'zlashtirib olish hamda ta'lim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.22 MB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:54 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.22 MB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga