Boshlang'ich ta'lim fidoiylari

Boshlang'ich ta'lim fidoiylari

O'quvchilarga / Pedagogika
Boshlang'ich ta'lim fidoiylari - rasmi

Material tavsifi

Boshlang'ich ta'lim fidoiylari Reja: Oqilxon Sharafiddinov - boshlang'ich ta'lim jonkuyari G'afur G'ulom G'ayratiy Imomxon Xusanxo'jaev Karima Qosimova Raxima Mavlonova Oqilxon Sharafiddinov 1898 yilda Toshkentda o'rtahol dehqon oilasida tug'ildi. Uning otasi o'z davri, sharoitiga ko'ra har tomonlama bilimdon bo'lish kerakligini tushungan idrokli kishi edi. Shuning uchun o'g'li Oqilxonni mahalladani maktabdor domla huzuriga etaklab bordi va: Taqsir, Oqilxon bugundan bosh-lab sizning farzandingiz, eti sizniki, suyagi bizniki, - deya unga topshirdi. ¡sh Oqilxon o'sha eski maktabda boshqa bolalar qatori bir necha yil o'qib ko'p qiyinchiliklar bilan zo'rg'a o'qish va yozishni o'rganib oldi. Shundan so'ng o'z bilimini oshirish niyatida Xo'ja Ahror madrasasiga borib o'qidi. Otaxon murabbiy Oqilxon aka ko'p yillar mobaynida bilimga chanqoq bolalar bilan ishladi. Aniqrog'i, bir necha o'n yil davomi-da yosh qalb egalariga Alifbe o'qitib, xat-savod o'rgatib, ilm-ma'rifatdan kengroq bahramand bo'lish, hayotni to'g'ri va chuqur anglashga qimmatli yo'llanma berdi. Ularga insonning fazilati, hayotning go'zalligi, ilm, madaniyat, mehnat, fan va texnikaning qudrati, mehnat kishilarining qahramonligi va hoka'zolar haqida so'zlab, chuqur ma'naviy ta'sir ko'rsatdi. Sinfdagi quvnoq, ozoda qiyingan, odobli, intizomli, o'z murabbiylariga ko'z tikib o'tirgan o'g'il-qizlar, ularning zo'r umid va ishonch to'la ko'zlari Oqilxon aka keksayib qolganida ham unga yangidan-yangi kuch-quvvat, g'ayrat, navqironlik bahsh etgan. Sinf-dagi bunday jo'shqin hayot g', o'qituvchining sof vijdoni, o'tkir pedagogik va psixologik didi, o'quvchilarning ichki dunyosini, ruhini yaxshi bilishi va chuqur insonparvarlik bilan sug'orilgan muomilasi, talabchanligi, mehribonligi har qanday shogirdni o'ziga maftun etmay qolmaydi. O'qituvchi-tarbiyachiga zo'r hurmat ham ana shunday sinfda vujudga keladi. Bunga Oqilxon akaning faoliyati yaqqol misoldir. Uning o'quvchilari har kuni mehribon murabbiy o'rgatgan qimmatli so'z, tushuncha taassurotlari nashasi bilan uylariga qaytardilar. Oqilxon Sharafiddinov uzoq yillar asosan birinchi sinf-larni o'qitdi, chunki u o'quv yoshiga etib maktabga kelgan bolalarga ilk bor ta'lim-tarbiya berishni sevar edi. Maktabga yangi kelib, birinchi sinf partasida o'tirgan quvnoq bolalar bilan shug'ulla-nish meni cheksiz quvontiradi. Ularning avji nihollik payti, qaysi tomonga yo'llasang, shu tomonga egiladigan vaqti. Ular qalam tutish, xat yozish, kitob o'qishni dastlab birinchi sinfda o'rganadi-lar, odob-axloq to'g'risida tushuncha oladilar, ilk mehnat malakasi hosil qiladilar, jamiyat uchun foydali kishilar bo'lib etishish yo'llarini o'rganadilar, degan edi. Darslarni har tomonlmam to'g'ri tashkil qilish, uning yuqori saviyada, o'quvchilar uchun tushunarli, ta'sirchan, foydali, maqsadga muvofiq bo'lishi, avvalo o'qituvchining puxta tayyorlanishiga bog'-liqdir. Shuning uchun Oqilxon aka ko'p yillik, juda boy tajriba-ga ega bo'lishiga qaramay, kundalik darslarga atroflicha tayyorla-nardi. Uning darslari o'quvchilarda mehnatsevarlikni tarbiyalash, ularda ijtimoiy foydali mehnatga ishtiyoq va havasni kuchaytirish bilan mustahkam bog'lanardi. Chunki u tajribali o'qituvchi sifati-da yoshlarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashning ahamiyatini juda yaxshi tushunardi. Barcha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 62.4 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 62.4 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga