Boshlang'ich ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalar orqali o'quvchilar savodxonligini oshirish metodikasi

Boshlang'ich ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalar orqali o'quvchilar savodxonligini oshirish metodikasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Boshlang'ich ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalar orqali o'quvchilar savodxonligini oshirish metodikasi - rasmi

Material tavsifi

QАRSHI DАVLАT UNIVЕRSITЕTI 5A11701- «Boshlang'ich ta'lim» SHAXMURODOVA DILJAXON ALMARDONOVNA Boshlang'ich ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalar orqali o'quvchilar savodxonligini oshirish metodikasi Magitsr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya TAQDIMOTI Tadqiqotimiz maqsadi: Boshlang'ich sinf о'quvchilari savodxonligini oshirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning mazmuni va mohiyatini asoslash orqali ularni amaliyotga tatbiq etishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqot obyekti: Boshlang'ich sinf о'quvchilari savodxonligini оshirishda innovatsion ta'lim texnologiyasidan foydalanish jarayoni. Tadqiqot predmeti: Boshlang'ich sinf o'quvchilari savodxonligini oshirishda innovatsion ta'lim texnologiyasidan foydalanishning mazmuni va mohiyati, tamoyillari va o'ziga xosliklari. Tadqiqotning ilmiy farazi. Agar: 1. O'quvchilar savodxonligini oshirishda innovatsion texnologiyalardan tizimli foydalanishning mazmun va mohiyatini yoritilsa; 2. Ta'lim muassasasilarida o'quvchilar savodxonligini oshirishda innovatsion jarayonlarni tizimli boshqarishga ta'sir ko'rsatuvchi omillarni o'rganish va ularning o'ziga xosliklarini ochib berilsa; 3. Ta'lim muassasasilarida o'quvchilar savodxonligini oshirishda innovatsion texnologiyalardan tizimli foydalanishning tashkiliy modelini ishlab chiqilsa; 4. Innovatsion texnologiyalardan tizimli foydalanishning tashkiliy modelini amaliyotga tatbiq etish texnologiyasi yaratilsa hamda ta'lim muassasasilarida innovatsion texnologiyalardan tizimli foydalanishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilsa; 5. Savodxonlik, modul, innovatsion ta'lim, innovatsion ta'lim texnologiyasi tushunchalarining mazmun va mohiyati, tamoyillari va o'ziga xosliklari aniqlashtirilsa; 6. Innovatsion texnologiyalardan boshlang'ich sinf o'quvchilarini savodxonligini oshirishda keng va unumli foydalanilsa; Innovatsion ta'lim texnologiyasini amaliyotga tatbiq etish jarayonining samaradorligi ortadi va o'quvchilarini savodxonligini oshirish imkonini beradi. Tadqiqotning vazifalari: Mavzuga oid ilmiy-pedagogik, metodik manbalarni o'rganish asosida innovatsion o'qitish tushunchasining mohiyatini asoslash. Innovatsion ta'limni tashkil etish tamoyillarini aniqlashtirish. Boshlang'ich sinf o'quvchilari savodxonligini oshirishda innovatsion ta'lim texnologiyasidan foydalanishining o'ziga xosliklarini ochib berish Boshlang'ich sinf o'quvchilari savodxonligini oshirishda innovatsion ta'lim texnologiyasining amaliy-texnologik jihatlarini yoritib berish Tadqiqotimizning ilmiy yangiligi: Boshlang'ich sinf o'quvchilarini savodxonligini oshirishda innovatsion o'qitish texnologiyasining o'ziga xosliklarini ochib berildi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini savodxonligini oshirishda innovatsion ta'lim texnologiyasidan foydalanishning amaliy-texnologik jihatlari yoritib berildi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini savodxonligini oshirishda innovatsion ta'lim texnologiyasidan foydalanish haqida metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. Nazariy tahlil, umumlashtirish, suhbat, anketa so'rovlari, qiyosiy tahlil, pedagogik eksperiment, pedagogik kuzatish, matematik-statistik tahlil Ilmiy tadqiqot metodlari: Tadqiqot mezonlari Bizning fikrimizcha birinchi asosiy mezon bu yangilikning qanday muhitda joriy qilishga bog'liq. Ikkinchi mezon yangilikni qo'llashning yo'llari, uchinchisi yangilik joriy qilish tadbirlarining kengligi va chuqurligi, to'rtinchi mezon - yangilikning vujudga kelishiga sabab bo'lgan asos. Ta'limning qaysi sohasiga yangiliklarning kiritilishi va qo'llanilishiga qarab, birinchi mezonga quyidagi yangiliklarni kiritish mumkin: 1) ta'lim mazmunida, 2) texnologiyasida, 3) tashkil qilishda, 4) boshqarish tizimida Yangiliklarni joriy qilishning yo'llaridan qat'iy nazar ularni quyidagilarga ajratish mumkin: a) tizimli, rejali, oldindan o'ylangan; b)kutilmagan, o'z-o'zidan paydo bo'lgan, to'satdan paydo bo'lgan. Yangiliklarni joriy qilish tadbirlarining kengligi va chuqurligidan qat'iy nazar ularning quyidagi turlarini sanab o'tish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.81 MB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:54 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.81 MB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga