Boshlang'ich ta'lim jarayonida o'quvchilarning psixologik zo'riqishlarini oldini olish yo'llari

Boshlang'ich ta'lim jarayonida o'quvchilarning psixologik zo'riqishlarini oldini olish yo'llari

O'quvchilarga / Pedagogika
Boshlang'ich ta'lim jarayonida o'quvchilarning psixologik zo'riqishlarini oldini olish yo'llari - rasmi

Material tavsifi

Tuymurodova Nigora Boshlang'ich ta'lim jarayonida o'quvchilarning psixologik zo'riqishlarini oldini olish yo'llari Mundarija KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O'zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida olib borilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo'nalishini ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar tashkil etadi. ta'lim tizimini yangilash, uni Dunyo mamlakatlari yutuqlaridan foydalangan holda o'zgartirish mamlakatimiz kelajagini taminlovchi yutuqlardan biri bo'lib hisoblanadi. Zero, ta'lim sohasi uchun sarflangan har qanday mehnat kelajakda, albatta, o'z mevasini beradi. Hozirgi kunda ta'lim-tarbiya tizimini tubdan o'zgartirish, barkamol insonni shakllantirish ertangi taqdirimizni belgilab beruvchi dolzarb masalalardan biridir. O'zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «ta'lim to'g'risida»gi Qonunda ko'rsatib o'tilganidek, boshlang'ich ta'lim jarayoni uzluksiz ta'lim tizimida muhim poydevor bosqich hisoblanadi. ta'lim tizimidagi islohotlar va boshlang'ich ta'limning asos sifatidagi o'rni chuqur anglagan yurtboshimiz I.Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq barcha ma'rifatchilar, ziyolilar va yoshlar tarbiyasiga mutasaddi bo'lganlarga murojaat qilib, Respublika ijtimoiy-iqtisodiy istiqbolining mezonlaridan biri sifatida yosh avlod ta'lim tarbiyasi, ularning ma'naviyatida o'zgarishlar bo'lishi zarurligini vazifa qilib belgilab bergan edilar. Mustaqillik yillarida bu borada talay ijobiy ishlar, tub islohotlar amalga oshirildi. Ilmiy pedagogik xodimlar, boshlang'ich sinf o'qituvchilari ta'lim-tarbiya jarayonini qiziqarli va samarali tashkil etish borasida izlanishlar olib bormoqdalar. Uzluksiz ta'lim tizimida ayniqsa, boshlang'ich sinf o'qituvchilarining mas'uliyati cheksizdir. Chunki ular maktab ostonasiga birinchi bor qadam qo'ygan murg'ak qalb egalarini kutib oladilar. Ularni maktab hayotiga ko'niktirib, zamonaviy bilimlarni egallashlariga yo'l ochib beradilar va ularda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantiradilar. Ayniqsa, savod o'rgatish darslaridanoq o'quvchilar diqqatini jalb eta olish, bilim o'zlashtirish jarayoniga qiziqtira olish o'quvchilarning keyingi bosqichlardagi tahsilida ham muhimdir. Birinchi sinf o'qituvchisi ta'lim-tarbiya ishlarining murakkab jarayonlariga bardoshli bo'lishi, bola xarakteridagi o'zgarishlarni sezgirlik bilan payqashi va ta'lim metodlaridan ijodiy foydalanishi lozim. Bolalarning o'qishga munosabatlari, aql va idroklari kichik maktab yoshida shakllanadi. Bu ham boshlang'ich ta'lim mazmunini o'quvchilar yoshiga va psixologik xususiyatlariga mos holda tashkil etishni talab etadi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning psixologik-pedagogik xususiyatlarini inobatga olgan holda o'quvchilardagi psixologik zo'riqishlarni bartaraf etish maqsadida quvnoq daqiqalarni tashkil etishni tavsiya qildik. Shuningdek, savod o'rgatish darslarida, nutq o'stirish jarayonida va matematika darslarida quvnoq daqiqalarni tashkil etish uchun sheriy ishlanmalar tayyorladik. Ishlab chiqilgan ishlanmalardan foydalanish o'qituvchilar faoliyatini samarali uyushtirishga xizmat qiladi, degan umiddamiz. Bitiruv malakaviy ishning o'rganilganlik darajasi. Bitiruv malakaviy ishning maqsadi: boshlang'ich ta'lim jarayonida o'quvchilarning psixologik zo'riqishlarini oldini olish yo'llarini o'rganish, hamda mavzu bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish. Bitiruv malakaviy ishning vazifalari: -o'quvchilar aqliy faoliyati jarayonida yuzaga keladigan psixologik zo'riqishlarini keltirib chiqaruvchi sabablarini yoritish; -o'quvchilar psixologik zo'riqishini oldini olish omillarini aniqlash; -o'quvchilar psixologik zo'riqishlarini oldini olishda dam olish daqiqalarini o'tkazish yo'llarini ishlab chiqish; -dam olish daqiqalarini o'tkazishga doir tavsiyalar berish; Bitiruv malakaviy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 85.17 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 85.17 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga