Boshlang'ich ta'lim tizimida integratsiyasining maqsad va vazifalari Reja: 1.Boshlang'ich ta'limning integratsiyali pedagogikasi fanining mohiyati,maqsadi va vazifalari. 2. Integralli ta'lim kursining yo'nalishlari. 3. Integralli ta'limning sinflarga bo'linishi. 4. Ta'lim integratsiyasi fanining metodologik asoslari vaboshqa fanlar bilan aloqasi. Tayanch tushunchalar: integratsiya, integralli ta'lim, metodologik asos. Integrasiya kursi- o'quv fanlaridan biri bo'lib, fanlararo bilimlarni (integrativ bilimlarni) chuqurlashtirish va oshirish, ularni shakllantirish uchun o'rganiladi. U har xil turlar,usullar, uslublar, fanlararo integrasiya obyektlari asosida tuzilgan. Integrasiya kurslarining sinflarga bo'linishini turli asoslarda qilish mumkin: maqsad va muammolar asosida : maktab tabiiy- ilmiy tizimidagi vazifalari asosida: qo'shiluvchi fan tarmoqlari asosida integrasiya usullari va yo'llari asosida: o'quv rejasidagi o'rni asosida: kursni o'rganishda sarflangan vaqt asosida: o'quvchilar uchun qiyinli darajasi asosida va h.k. Shuni e'tiborga olamizki, bu kurslarning mualliflari odatda o'z oldilariga bir necha maqsad va muammolarni yechish masalasini qo'yadilar, shu sabali kurslar ko'p maqsadli, turli vazifali bo'ladi. Ko'p miqdordagi dasturlar va ularni tadbiq etishga urinishlarini ko'rib chiqib, biz bu kurslar qurilishining asosiy yo'nalishlarini ajratishimiz va ularni mohiyatiga qarab sinflarga bo'lishimiz mumkin. Integrativ ta'limning sinflarga bo'linishi (klasifikasiya). 1. Ko'p fanlar integrasiyasi. Ularni ya'ni universal yoki bir necha asosiy tizim kurslarini almashtiruvchi umumiy deb ham atash mumkin. Masalan, o'qish, tabiat, rasm darslarining bitta umumiy darsga birlashtirish. Odatda, bunday kurslarning mualliflari tabiiy fanlar materiallarini birlashtirib, ularni bir ma'lum tizimga keltirishida va o'z kurslarini integrativ yoki kompleks (umumiy) deb ataydilar. Ko'rinib turibdiki boshlang'ich ta'lim tizimidagi tabiiy fanlar materiallarini berishda to'g'ri ketma-ketlikga faqat darslar tuzilishini saqlab qolibgina erishish mumkin. Ba'zi e'tiborli olimlar ta'kidlaydilarki, bu an'anaviy maktablarda ham tabiiy fanlarni ketma-ket o'rganish yo'li b ilan ham hal qilinmoqda. Bir qator olimlar boshlang'ich ta'limga ham darslarga ajratib o'qitish an'analari tarqalgan deb hisoblaydilar. Tabiiy fanlarni o'qitishni tizim bo'yicha dovom ettirishni bekor qilish va soddalashtirish uchun ko'pgina mualliflar gumanitar sinflar uchun umumlashtirilgshan kurslar (darslar) taklif qiladilar. Bularga umumiy tushunchalar beruvchi, bolalarda tabiiy fanlarni o'rganishga qiziqish uyg'otish vazifasini bajaruvchi, tabiat haqida qiziqarli ko'rinishda hikoya qiluvchi boshlang'ich tabiiy fanlar kurslari (masalan, boshlang'ich sinflardagi tabiatshunoslik ) kiradi. 2. Chegaradosh fanlar asosida tuzilgan kurslar. Keng integrasiya jarayoni oldingi ilmiy yo'nalishlarni bog'lovchi yangi tabiiy fanlar va ilmity yo'nalishlar hosil bo'lishiga olib keladi. Boshlang'ich sinflarda ekologik ta'limni kuzatib, o'qish , tabiatshunoslik, mehnat (tabiiy materiallar bilan ishlash), rasm fanlarida ekologik mavzular kiritilgani ko'riladi. Bir- biriga yaqin chegradosh fanlarning qatoriga malekulyar biologiya, biofizika, giofizika, biokimyo, astrofizika, astrokimyo kiradi. Bu fanlar asosida maktab integrativ tabiiy fanlari tuziladi. 3. Asosiy fanlar asosida tuzilgan kurslar. Zamonaviy bilimlarning har bir bo'limini qamrab oluvchi asosiy fanlar asosida tuziladi. Ular qatoriga ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.67 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.67 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:54 ]
Arxiv ichida: doc