Boshlang'ich ta'limda husnixatga erishish masalalari

Boshlang'ich ta'limda husnixatga erishish masalalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Boshlang'ich ta'limda husnixatga erishish masalalari - rasmi

Material tavsifi

Boshlang'ich ta'limda husnixatga erishish masalalari mavzusida Uslubiy ma'ruza Aziz o'quvchilar! Aniq, toza va chiroyli yozishni o'rganing! Harflarni o'ng tomonga qiya qilib yozing! Harflarni bir-biriga bog'lab, qo'l harakatini uzmasdan yozishga e'tibor bering! Partada o'tirish, ruchkani ushlash qoidalariga rioya qiling! Daftarning chap tomonidagi pastki burchagini ko'krak o'rtasining qarshisiga to'g'rilab qo'ying. Harf elementlarni to'g'ri yozing! Boshlang'ich ta'lim eng mas'uliyatli va mashaqqatli davrdir. Bu mas'uliyatli davrda o'quvchi ruhiyatini to'g'ri anglab, uning bilan do'stona munosabat o'rnata olgan ustozgina haqiqiy ustoz sanaladi. Boshlang'ich ta'lim davlat standarti talablarini hayotga tadbiq etishda muhim bosqich hisoblanadi. Shuning uchun boshlang'ich ta'limning barcha fanlarini chin dildan o'rgatish maqsadga muofiqdir. Boshlang'ich ta'limda ona tili o'qitish, shuningdek chiroyli yozuvga o'rgatish ham sabr-matonat, mahorat, izlanish va tajriba talab qiladi. Husnixatga o'rgatish o'ta murakkab fiziopsihologik, lingvistik hodisadir. Bu ishni o'quvchi ilk maktabga qadam qo'yib, qo'liga ruchka olgandan boshlash kerak. Bu jarayonda o'qituvchi o'zi avvalo xushxat bo'lishi lozim. 1-sinf o'qituvchisi 6-7 yoshli bolalarning fiziologik rivojlanishdagi psihologik holatini, aql-iqtidor chamasini ilmiy jihatdan atroflicha o'rganmog'i va esda tutmog'i darkor. Har bir o'quvchida chiroyli va tez yozishga havas, muhabbat, ishtiyoq uyg'ota olish birinchi qadam hisoblanadi. Alifbe davrida yozuv darslarini izchil va tartibli yo'lga qo'yish kerak. Husnixatga o'rgatish harf-tovushlarni o'rgatishdan ko'ra qiyinroq. Har yili o'zgaradigan yozuv daftarlari tajriba va mustahkam irodani talab qilmoqda. Nafaqat chiroyli yozuvga o'rgatish balki xatosiz yozuvga ham o'rgatish zarurdir. Chunki chiroyli yozgan bilan ish bitmaydi. 1-sinfda ham lug'at ishlari va so'zlarni yozish, turli tarqatmalar tayyorlash, yozuv taxtasi bilan uzviy ishlash yahshi samara beradi. Daftarlarni to'gvri yurita olish, aylanma daftarlarni o'z vaqtida yuritish shular jumlasidandir. Yozuv darslarini qiziqarli tashkil etish, harflarni o'rgatishda turli she'rlar, noan'anaviy usullardan foydalanish yahshi samara beradi. Tajribamdan kelib chiqib, o'quvchi o'qituvchi hatidan namuna oladi shuning uchun yozuv taxtasi bilan ishlanganda o'qitucchi mening xatimga o'xshatinglar, menga o'hshab yozinglar deb undab turishining ham ta'siri katta. O'quvchilarni har bir darsda kitob bilan ishlashga, bajarilayotgan mashqning maqsadini tushuntirishga o'rgatish kerak. O'quvchilarni hushxatlikka o'rgatishda ta'limiy o'yinlar qatnashadigan turli qiziqarli mashqlar, boshqotirma, kataklarni harflar bilan to'ldirib, o'ylangan so'zlarni topishga oid topishmoq, har-xil ko'rgazmali qurollar, texnik vositalardan foydalanish va darsda ish turlarini almashtirish orqali bolalarda charchashning oldini olishga hamda dasturda tavsiya etilgan ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarni birgalikda hal etishga erishish zarur. Boshqotirmani to'g'ri to'ldirsangiz husnixat so'zi kelib chiqadi 1 2 3 4 5 6 7 8 1 2 3 4 5 6 7 8 Chiroyli yozish malakalarini oshirishda yana quyidagi mashqlardan foydalanish mumkin: Ajratib ko'rsatilgan harflarni yozma shaklda yozish. Aa, Bb, Dd, Ff, Gg, Hh, Jj, Kk, Ll, Mm, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 6.23 MB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:54 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 6.23 MB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga