Boshlang'ich ta'limda tarbiya jarayonining mazmuni va mohiyati

Boshlang'ich ta'limda tarbiya jarayonining mazmuni va mohiyati

O'quvchilarga / Pedagogika
Boshlang'ich ta'limda tarbiya jarayonining mazmuni va mohiyati - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Boshlang'ich ta'limda tarbiya jarayonining mazmuni va mohiyati Mundarija: KIRISH I BOB. BOSHLANG'ICH TA'LIMDA TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI 1.1. Boshlang'ich ta'limda tarbiya tushunchasining mohiyati 1.2. Boshlang'ich ta'lim va tarbiya jarayonining o'ziga xos xususiyatlari 1.3. Tarbiya qonuniyatlari va tomoyillari II BOB. Sharq mutafakirlarning tarbiya haqidagi pedagogik qarashlari 2.1.Sharq mutafakkirlarining ta'lim va tarbiya haqidagi fikrlari 2.2. Boshlang'ich sinfda o'quvchilarda tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qilish jihatlari XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ILOVALAR KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi davrda mamlakatimizda tarbiyaviy ishlarning mazmuni barkamol avlodni shakllantirishga qaratilgan. Respublikada sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yosh avlodni XXI asr talablariga to'liq javob beradigan har tamonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik hujjatlar, dasturlar va rejalar ishlab chiqilgan. Birgina - Ta'lim to'g'risidagi Qonunning qabul qilinishi yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, istiqbolli vazifalarni hal etishga qodir barkamol avlodni tarbiyalashga yo'naltirilganligini keltirish kifoya. Tarbiya - yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo'naltirilgan faoliyat bo'lib, shaxsni aqliy , jismoniy, axloqiy, ma'naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo'lib, insonning jamiyatda yashashini ta'minlash uchun zarur bo'lgan xususiyatlarini tarkib toptirishning jarayonlaridir. Tarbiya shaxsni tarkib toptirishga qaratilgan bo'lib, shaxs va jamiyatning mavjudligini ta'minlaydigan qadriyatlar asosida rivojlanadi. Tarbiya inson shaxsini shakllantirish, uning ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma'rifiy hayotida faol ishtirokini ta'minlashga qaratilgan barcha ta'sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar majmuini anglatadi. Tarbiya nafaqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan jarayonlar bo'libgina qolmay, uning yetakchi g'oyalari ommaviy axborot vositalari, gazeta va jurnallar orqali singdirilgan mafkurani ham o'z ichiga oladi. I BOB. BOSHLANG'ICH TA'LIMDA TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI. 1.1. Boshlang'ich ta'limda tarbiya tushunchasining mohiyati . Yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda, ilmiy-texnologik talablarni hisobga olib isloh qilish, takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar uni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy va ma'noviy asosda shakllantirishni taqozo etmoqda. Tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, bolaga tayanch fazilatlarni shakllantirishda oila, maktabgacha ta'lim, umumiy ta'lim, o'rta maxsus kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalari, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini to'liq yuzaga chiqarish va ular orasida ilmiy-metodik uzviylikni yangi darajaga ko'tarish lozim. [3.290b]. Tarbiya- aniq muayyan maqsad va ijtimoiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o'stirish, uning ongi, xulq-atvori, dunyo qarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacha qilib aytganda tarbiya shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo'lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta'sir etish imkonini beradi. Mamlakatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoyev shunday deydi: Ta'limni tarbiyadan , tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo'lmaydi.Bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasidir[4.PQ 20-son]. Tarbiya fani O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan umumiy o'rta ta'lim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 7.27 MB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:54 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 7.27 MB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga