Boshlang'ich ta'limni integratsiyalash

Boshlang'ich ta'limni integratsiyalash

O'quvchilarga / Pedagogika
Boshlang'ich ta'limni integratsiyalash - rasmi

Material tavsifi

Boshlang'ich ta'limni integratsiyalash Reja: 1.Boshlang'ich ta'limni integratsiyalash ilmiy-pedagogik muammo sifatida. 2.Integralli ta'lim samarasini oshiruvchi omillar. 3. Integralli yondashuvni amalga oshirishga yordam beruvchi usul va vositalar. Asosiy tushunchalar: ta'lim, integralli ta'lim, yondashuv, integralli yondashuv, usul, omil, vosita. Hozirgi kunda boshlang'ch maktab ta'limini integrasiya qilish haqida ko'p gapirilayapti. Bu tushunarli - kichik maktab o'quvchisi atrofdagi olamni bir butunligicha qabul qiladi.Uning uchcun tabiatshunoslik,rus tili, musiqa va boshqa o'quv predmetlarini nomi emas, balkiatrofdagi olam ob'yeklarining tovushlar, hajmlarning turli tumanligi mavjuddir.Bolalarning tabiat va kundalik hayotdagi barcha narsalarning bog'liqligini ko'rishga o'rgatishkerakligigni o'qituvchi sezadi,biladi. Ta'limni integrasiyalash fikri xalq ta'limida tabaqalashtirish va individuallashtirish bilan birga muhokama qilina boshladi.Agar kichik maktab ta'limini tabaqalashtirish asosida kitob, darslik va boshqa adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga tayyorgarlik darajasi hamda kichik maktab yoshida qiziqishlarni faol shakllantirish etsa, integrasiyaning asosi qilib turli fanlarni o'rganish obyektlari bo'lgan ba'zi umumiy tushunchalarni chuqurlashtirish, aniqlashtirish va kengaytirish mumkin. Ta'limni integratsiyalashning asosiy maqsadi boshlang'ich maktabdayoq tabiat va jamiyat haqida yaxshi tasavvur asoslarini qo'yishi va ularning rivojlanishi qonunlariga o'z munosabatlarini shakllantirishdir.Mana shuning uchun kichik maktab o'quvchisi predmet yoki voqealik hodisalarining bir necha tomondan ko'rish muhimdir: mantiqiy va emotsional tomondan , badiiy asarda va ilmiy ommabop maqolada ,biolog, so'z ustasi , rassom, musiqachi nuqta nazardan va boshqalar. Asosiy fanlarni o'zlashtirish va olamdagi bor narsalarning qonuniyatlarini tushunishda predmetlar ichidagi va predmetlararo aloqalarni o'rnatish ta'limga integratsiyalashga yondashuvning metodik asosidir.Bunga turli darslarga, tushunchalarga ko'p marotaba qaytishi , ularni chuqurlashtirish va boyitish , shu yoshga tushunarli bo'lgan bo'lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin.Shunday qilib yaxshi shakllangan tuzilish va o'kazish tartibga ega bo'lgan , tarkibiga shu o'quv predmetiga tegishli bo'lgan tushunchalar guruhi kiritilgan har qanday dars integratsiyaga asos qilib olinishi mumkin.Lekin integratsiyalangan darsga boshqa fanlar, boshqa o'quv predemetlari bilan bog'liq tushunchalar tahlil qilishning natijalari kiritiladi. Masalan,qish, sovuq, bo'ron, kabi tushunchalar o'qish, rus tili, tabiatshunoslik, musiqa , tasviriy san'at darslarida ko'rib chiqiladi.Tushunchalarning tahlil qilish boshqa o'quv darslarida o'zlashtirilgan bilimlarga murojaat qilinadigan darslar integratsiyalangan hisoblanadi . Dars ijodiy, erkin bo'lishi bilan birga, yaxlit, mantiqan ketma-ket , o'ziga xos o'tish metodikasiga ega bo'ladi. Umumiy ta'lim poydevorini qo'yadigan boshlang'ich maktabdagi ko'p tushunchalar tabiatshunoslik, rus tili, musiqa, tasviriy san'at va boshqalar uchun umumiydir. Hozirgi kunda bir qator o'quv predmetlari uchun umumiy bo'lgan tushunchalar orasidagi aloqalarni o'rnatish psixologik va metodik asosiy bo'lgan integratsiyalangan darslar tizimini ishlab chiqish va sinovdan o'tkazish lozim .Shu bilan birga predmetlararo aloqalar dars tarkibi darajasiada o'rgatilishi va zarur o'qitish vositalari bilan ta'minlanishi kerak. Tekshirish davomida o'quv predmetlarini integratsiyalash jarayonida faol aqliy faoliyatga yordam beruvchi omillar; integratsiyalash uchun fanlarning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.38 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.38 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga