Reja: 1.Kirish. Mashg'ulotning maqsadi. 2.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning boshlang'ich ta'lim bo'yicha aytgan fikrlari. 3.Boshlang'ich sinf o'qituvchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish muammolari. 4.O'qituvchilarning o'z ustida ishlashlarini tashkil etish yo'llari. 5.Me'yoriy-uslubiy hujjatlar (konsepsiya va b.) ning tahlili. 6.Xulosa. Prezidentimiz I. A. Karimov o'zlarining Oliy Majlis IX sessiyasi (1997-yil 29-avgust) da so'zlagan Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori mavzusidagi nutqlarida ta'lim tizimining barcha jabhalarini chuqur tahlil qilib chiqib, jahon andozalariga mos, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida, shu davrgacha yo'l qo'yilgan kamchiliklarni ochiq-oydin tanqid qilib, ta'limning har bir sohasida amalga oshirilishi zarur bo'lgan ishlarni aniq va ravshan belgilab berdilar. Yurtboshimiz yuqorida ta'kidlangan nutqlarida boshlang'ich ta'limga alohida to'xtalib, quyidagi fikrlarni aytib o'tdilar: … Ikkinchi masala, avval aytganimdek, tarbiyachi, ya'ni o'qituvchiga borib taqalayapti. Tarbiyachilarning o'ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma'lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo'lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Eski ta'lim tizimining eng yomon qusuri boshlang'ich ta'limga ikkinchi darajali ish deb qarayotganimizdadir. Ochiq aytishimiz kerak: bilimi sayoz muallimlar ham birinchi sinfda dars beraveradi. Boshlang'ich ta'limga past nazar bilan qaralishining isboti shuki, sobiq SSR da butun boshli pedagogika texnikumlari va bilim yurtlari tizimi tashkil etilib, ular asosan 1- 4 - sinf o'quvchilarini o'qitadigan muallimlar tayyorlar edi. Vaholanki, bolaning dunyoqarashi, didi, salohiyati shakllanadigan boshlang'ich sinflarga eng yetuk, eng tajribali murabbiylar birkitib qo'yilishini oddiy mantiqning o'zi talab etadi. Zamonaviy boshlang'ich ta'limning o'zi nimadan iborat bo'lishi kerak? Bola 1-4-sinflarda qanday bilimga ega bo'lishi lozim? Ularning tarbiyasi qanday bo'lishi kerak? Shu masalalarga javob topishimiz zarur… Bu fikrlar boshlang'ich ta'lim xodimlari, o'qituvchilar oldida juda katta vazifalar qo'yganligi ma'lum. Ana shunday mas'uliyatli vazifalarni bajarish uchun, eng avvalo, jami necha nafar boshlang'ich sinf o'qituvchisi faoliyat ko'rsatmoqda, ulardan necha nafari o'rta maxsus bilimga ega, qanchasi mutaxassis emas kabi ma'lumotlarni aniqlab, ularni qayta tayyorlash kurslaridan o'tkazishni tashkil etish zarur. Bu masalani 1-2 yilda bajarish mushkul. Shuning uchun, ungacha har bir oliy o'quv yurti va bilim yurtini tugatgan o'qituvchini malaka oshirish kurslaridan muntazam, reja asosida o'tkazib turish lozim. Buning uchun, avvalo, maktab uslubbirlashmalarida o'qituvchilar orasida tushuntirish ishlarini olib borib, oliy ma'lumotli, lekin universitet hamda pedagogika institutining boshlang'ich ta'lim metodikasi fakultetini tugatmagan o'qituvchilarni Viloyat pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga qayta tayyorlov kursiga o'qishga yuborish zarur. Nopedagogik oliy hamda o'rta maxsus ma'lumotga ega o'qituvchilarni universitetning Pedagogika va BTM fakultetining sirtqi bo'limiga kirish uchun maslahatlar berish. Pedagogika bilim yurtlarini tugatgan o'qituvchilarni esa universitetlarda maxsus tashkil etilgan uch yillik sirtqi bo'limlarga kirib o'qishlarini tavsiya etish lozim bo'ladi. Yuqorida sanab o'tilgan talablarni amalga oshirguncha, har bir o'qituvchi birinchi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.46 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.46 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:54 ]
Arxiv ichida: doc