Boshlang'ich tashkilotda azolik hujjatlarini yuritish Azolikka qabul qilish va azolikdan chiqarish tartibi Harakat azoligiga qabul qilish masalasini ko'rib chiqish uchun boshlang'ich tashkilotga bir nusxada, belgilangan shakldagi nomzodning arizasi taqdim etiladi (namuna). Ariza boshlang'ich tashkilotning navbatdagi umumiy yig'ilishi (Kengash saylangan boshlang'ich tashkilotlarda navbatdagi Kengash yig'ilishi)da ko'rib chiqiladi. Namuna (azolikka qabul qilish) O'zbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati (korxona, muassasava h.k.)dagi boshlang'ich tashkilotiga dan (familiyasi, ismi, sharifi to'liq yoziladi) A R I Z A Men , O'zbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Dasturi va Nizomini chuqur o'rganganligimni va ularni to'liqqo'llab-quvvatlashimni malum qilaman. Harakatning dasturiy maqsad-vazifalarini amalga oshirishda va ularni targ'ib qilishda faol ishtirok etish istagini bildiraman hamda Ustav talab-qoidalariga to'liq rioya qilaman. Meni o'z ixtiyorim bilan O'zbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati a'zolari safiga qabul qilishingizni va azo sifatida hisobga olishingizni so'rayman. O'zim to'g'rimdagi anketa ma'lumotlarini ilova qilaman. (shaxsiy imzosi) (sana) Harakat azoligidan o'z ixtiyoriga ko'ra chiqarish masalasini ko'rib chiqish uchun boshlang'ich tashkilotga bir nusxada, belgilangan shakldagi (namuna) nomzodning arizasi taqdim etiladi. Ariza boshlang'ich tashkilotning navbatdagi umumiy yig'ilishi(Kengash saylangan boshlang'ich tashkilotlarda navbatdagi Kengash yig'ilishi)da ko'rib chiqiladi Namuna (azolikdan chiqarish) O'zbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati (korxona, muassasava h.k.)dagi boshlang'ich tashkilotiga dan (familiyasi, ismi, sharifi to'liq yoziladi) A R I Z A Meni o'z ixtiyorim bilan O'zbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati a'zolari safidan chiqarishingizni so'rayman. (Azolikdan chiqishi sababini o'z hohishiga qarab yozishi mumkin). (shaxsiy imzosi) (sana) Harakat azoligidan azolik yoshidan o'tganligi, Nizomga zid harakati va boshqa qonuniy sabablar uchun chiqarish boshlang'ich tashkilot yetakchisi hamda 2 nafardan kam bo'lmagan Harakat azosi imzolagan tegishli mazmundagi bildirishnoma (yoki yuqoridagi sabablarni tasdiqlovchi tegishli hujjat) asosida yuqoridagi tartibda ko'rib chiqiladi. Yig'ilishlarda Harakat azoligiga qabul qilish va azolikdan chiqarish masalalari ko'rib chiqilganda ular albatta yig'ilish bayonida aks ettiriladi. Bayonda Harakat safiga kiruvchining familiyasi, ismi-sharifi, ish (o'qish) joyi, lavozimi va qabul qilingan qaror yozib qo'yiladi. Ovoz berish natijalari bo'yicha «rozi», «qarshi», «betaraf» ovoz berganlar soni ko'rsatib o'tiladi. Harakat aoligiga qabul qilish, undan chiqarish yuzasidan arizalar, dalolatnoma va boshqa hujjatlar bayonga qo'shib tikiladi. Bayonda unga ilova qilinayotgan hujjatlarning nomi, nusxasi, varaqlar soni yoziladi. Harakat a'zolarini hisobga olish va hisobdan chiqarish tartibi. Harakat azoligiga muayyan boshlang'ich tashkilot tomonidan qabul qilingan shaxslar Harakat azosi sifatida ushbu boshlang'ich tashkilotda hisobga olinadilar. Harakat azoligiga malum bir boshlang'ich tashkilot tomonidan qabul qilinib, keyinchalik ish, xizmat yoki o'qish joyi o'zgarishi munosabati bilan ushbu boshlang'ich tashkilot faoliyat yuritayotgan korxona, muassasadan ketishga majbur bo'lgan Harakat a'zolari ularning yangi ish, xizmat yoki o'qish ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
263.29 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:54
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
263.29 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:54 ]
Arxiv ichida: pptx