Boshqarish haqidagi umumiy tushuncha Reja: 1. Maktabni boshqarish; 2. Boshqarish haqida tushuncha; 3. Boshqarish turlari; 4. Boshqarish vazifalari Tayanch iboralar: Boshqarish, maktab, boshqarish turlari, boshqarish vazifalari, ijtimoiy tarbiya, ijtimoiy boshqarish Boshqarish har qanday jamiyatga, hayotning barcha sohalariga xos bo'lgan narsadir. Hozirgi sharoitdagi boshqarish ijtimoiy va xususiy mulkka asoslangan. Boshqarish oldiga qo'yilgan asosiy maqsad-mehnatkashlarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini tobora to'la qondirish uchun ishlab chiqarishni, barcha ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish va takomillashtirishdan iborat. Jamiyatni mehnatkashlarning o'zlari-ishchilar, dehqonlar va ziyolilar boshqaradilar. Boshqarish ularning manfaatlarini ko'zlagan holda amalga oshiriladi. Shuni alohida takidlash kerakki, hozirgi kundagi boshqarish birinchi galda kishilarning iqtisodiy va moddiy holatini, ijtimoiy faoliyatini, ularni qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalashni nazarda tutadi. Jamiyatimizning rivojlanishi yuksak aqliy patintsialga ega bo'lgan jamiyatimiz a'zolarining ongi, bilimiga qarab shunchalik muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. Ijtimoiy tarbiyani, ilm va ma'rifat berishni, aholiga madaniy, maishiy xizmat ko'rsatishni ilmiy asosda boshqarish zaruriyati ana shundan kelib chiqadi. Jamiyatning ma'naviy hayotini boshqarish oldiga qo'yilgan maqsad esa-ilm-ma'rifatli, madaniyatli har tomonlama kamol topgan, yuksak darajadagi pok va axloqli kishilarni tarbiyalab etishtirishdan iborat. Shuni alohida takidlash lozimki, boshqaruv taraqqiyotining har qanday bosqichida jamiyatga xos bo'lgan ichki xususiyat bo'lib, bu xususiyat umumiy xususiyatga ega bo'lgani holda kishilarning ijtimoiy jamoatchilik mehnatidan, turmush va mehnat jarayonida o'zaro aloqada bo'lish o'z moddiy va ma'naviy faoliyatining mahsulotining almashtirish zaruriyatidan kelib chikadi. Mehnat ijtimoiy mehnat bo'lgan, hozir ham shunday va bundan keyin ham hamisha ijtimoiy mehnat bo'lib qolaveradi. Kishilar tabiatning qudratli kuchlariga muvaffaqiyatli ravishda qarama-qarshi turish, tabiatdan tirikchilik vositalarini undirib olish uchun dunyoga kelgan paytlaridan boshlaboq birgalikda mehnat qilishlari, jamoa bo'lib birlashishlari lozim bo'ldi. Biroq uyushqoqlik, tartib, mehnat taqsimoti bo'lmasa, kishining jamoadagi o'rni va vazifalari tayin bo'lmasa, mehnat jamoasi bo'lishi mumkin emas. Tabiiyki, boshqaruvsiz muayyan tartibni o'rnatmasdan va quvvatlamasdan turib, mehnat faoliyatini, ayniqsa, keng miqyoslarda amalga oshirib bo'lmaydi. Har qanday nisbatan katta miqyosdagi bevosita ijtimoiy yoki birgalikda qilinadigan mehnat-idora qiluvchiga malum darajada muhtojdir. Bu idora qiluvchi ishlarni bir-biriga muvofiqlashtiradi va ishlab chiqarish organizmining mustaqil organlari harakatidan farq qilib, butun organizm harakatidan kelib chiqadigan umumiy vazifalarni bajaradi. Yakka skripkachi chalganida o'zini-o'zi idora qiladi. Lekin orkestr esa dirijyorga muhtojdir. Demak, to'g'ri boshqaruvning muhim sharti boshqaruvchi rahbarning bo'lishidir. Kishi ijtimoiy holatdir, lekin u hamma vaqt muayyan ijtimoiy tizimga (formatsiyaga sinfga, ijtimoiy guruhga, jamoaga) mansub bo'ladi, bu tizim uning oldiga malum talablar qo'yadi, uning turish-turmushi ishlari, xatti-harakatlarini muayyan tartibga soladiki, bu tartib jamiyatning tabiatga, unda hukmronlik qiluvchi iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy munosabatlarga muvofiq bo'ladi. Kishilarning faqat mehnat faoliyati emas, balki ularning ijtimoiy-xulq atvori ham muqarrar suratda boshqarilishi, tartibga solib turilishi kerak. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.06 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.06 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:54 ]
Arxiv ichida: doc