Boshqarish usullari Reja: 1. Boshqarishda rag'batlantirishdan foydalanish usullari. 2. Kadrlarni ma'naviy jihatdan rivojlantirish usullari. 3. Maktab hujjatlarini tahlil qilish usullari. Tayanch iboralar: Boshqarishni rag'batlantirish, kadrlar, maktab hujjatlari, rivojlantirish usullar. Maktab ichidagi boshqaruvini to'g'ri tashkil etishda boshqarish usullarining roli benihoya kattadir. Boshqarish usullari o'qituvchi, tarbiyachi, texnik xodimlarga, umuman maktab jamoasiga ta'sir ko'rsatish vositasi bo'lib, bu vositalar o'rtaga qo'yilgan maqsadlarga erishish jarayonida mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg'unlashtirishni ta'minlaydi. Shuning uchun ham maktab ichki boshqaruvini tashkil qilish va uni amalga oshirishda maktab rahbarlarining boshqarish usullarini to'g'ri tanlashi va undan o'z o'rnida to'g'ri foydalanishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Boshqarish usullarini ularda aks etadigan maktab ishiga taalluqli bo'lgan munosabat turlariga qarab tasnif qilish bilan bir qatorda, bu usullarni maktab xodimlarining faoliyat motivlarini hisobga olgan holda ularga ta'sir etish nuqtai nazaridan ham farq qilish lozim. Shu o'rinda quyidagi motivlarni ajratib ko'rsatish mumkin: a) har bir maktab xodimining huquq va burchlaridan kelib chiqadigan faoliyat motivlari (majburiy motivlar); b) moddiy manfaatlardan kelib chikadigan motivlar; v) ma'naviy (ruhiy) motivlar. Shunga ko'ra boshqarish usullarini ham quyidagicha bo'lish mumkin: 1. Boshqarishning tashkiliy-ma'muriy usullari. 2. Boshqarishning sotsial-psixologik usullari. 3. Boshqarishning huquqiy usullari. 4. Boshqarishning bevosita ko'rsatma berish usullari. 5. Boshqarishda rag'batlantirishdan foydalanish usullari. 6. Kadrlarni ma'naviy jihatdan rivojlantirish usullari. 7. Boshqarishda kuzatish usullari. 8. Maktab hujjatlarini tahlil qilish usullari. Boshqarishning tashkiliy-ma'muriy usuli. Boshqarish usullari tizimida alohida o'rinni egallaydi. Ular boshqaruv bo'g'inlarining o'zaro bog'lanib ishlashining boshqaruv munosabatlarini aks ettirib, boshqariluvchi mansablarga ma'muriy ta'sir ko'rsatishining butun mexanizmini ifodalaydi. Boshqaruv bo'g'inlari tomonidan amalga oshiriladigan boshqarish aktlari ikki turga bo'linadi: normativ aktlar va shaxsiy aktlar. Boshqaruvga oid normativ aktlarda aniq muayyan shaxs bo'lmaydi: ular biror sharoitga tadbiqan olinadigan umumiy xatti-harakat qoidalarini o'z ichiga oladi va ko'pincha uzoq vaqtga mo'ljallangan bo'ladi. Boshqarishning shaxsiy aktlari esa muayyan subyektlarga qaratilgan bo'ladi. tashkiliy usullarni tashkiliy ko'rsatma va farmoyish berish yo'li bilan ta'sir ko'rsatishga bo'lish keng tarqalgan. tashkiliy ma'muriy ta'sir ko'rsatish turli tashkiliy choralarni masalan, maktabni boshqarishning tashkiliy mazmuni va mundarijasini belgilash, ichki tartib qoidalarni o'rnatish va shu kabilarni o'z ichiga oladi. Farmoyish, ko'rsatma va buyruq berish yo'li bilan ta'sir ko'rsatish barcha boshqarish bo'limlarining ishlanishi kunda tezkorlik bilan ta'minlab turishdan iborat balib, unga ko'rsatmalar berish, yozma shakldagi yoki og'zaki beriladigan buyruqlar vositasi bilan erishiladi. Bir-biriga bo'ysunmagan boshqarish bo'g'inlari o'rtasidagi munosabatlar o'z xususiyatiga egadir. Bu bo'g'inlarning umumiy ta'lim maktabi bilan, maktabdan tashqari bolalar muassasasi bilan hamjihat ishlashi uchun boshqarish munosabatlariga xos bo'lgan farmoyish yoki buyruq berish, usulidan farqli o'laroq, kelishuv akti kabi tashkiliy usuldan foydalanish o'rinli bo'ladi. Bunday metodda tashkil qilingan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.55 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.55 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:54 ]
Arxiv ichida: doc