Boshqarishning ilmiy asoslari

Boshqarishning ilmiy asoslari

O'quvchilarga / Pedagogika
Boshqarishning ilmiy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Boshqarishning ilmiy asoslari Reja: Oliy ta'lim tizimida iqtisodiy islohatlar olib borishning ahamiyati va muammolari. Boshqarish haqida umumiy tushuncha, boshqarish omillari. Menedjer modeli. Boshqaruv strategiyasi. Boshqarish haqida umumiy tushuncha, boshqarish omillari Boshqaruv har qanday jamiyatga xos bо'lgan, hayot va turmush zaruratidan kelib chiqadigan faoliyatdir. Bozor iqtisodi sharoitida bu faoliyat mohiyati yanada takomillasha boradi. Boshqarishning asosiy maqsadi - mehnat ahlining moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarishni va shu asnoda barcha ijtimoiy munosabatlarni taraqqiy ettirishdan iborat. Tashkilot miqyosidagi boyliklarni ikki asosiy guruhga bо'lgan holda - moddiy va nomoddiy kо'rinishlarni qayd etish mumkin. Nomoddiy boyliklarga tashkilot miqyosidagi aqliy salohiyat va inson omili bilan bog'liq bо'lgan hamma yutuqlar kiradi. Boshqaruv - taraqqiyotning har qanday bosqichida jamiyatga xos bо'lgan ichki xususiyatdir. Bu xususiyat umumiy xarakterga ega. Bu xususiyat ijtimoiy jamoa mehnatida, turmush va mehnat jarayonida kishilarning о'zaro aloqada bо'lishi, о'z moddiy va ma'naviy faoliyatining mahsulotini almashtirish zaruriyatidan kelib chiqadi. Mehnat hamma davrlarda ijtimoiy xarakterda bо'lgan. Chunki, jamiyat qonunlari shuni taqozo etadi. Insonlar dunyoga kelib, ongli hayotlarini boshlashi bilanoq birgalikda ishlashga ehtiyoj sezganlar. Bu zarurat turli davrlarda turlicha kechgan. Barcha davrlarga xos yagona xususiyat boshqaruv jarayoni bilan izohlanadi. Jamiyat taraqqiyotining ma'lum bir bosqichida jamiyatning alohida qobiliyat va bilimlarga ega bо'lgan kishilar tomonidan boshqarilishiga ehtiyoj paydo bо'la boshladi. Keyinchalik boshqaruvchi kishilar soni kо'paya borib, alohida ijtimoiy guruhga, sо'ng tabaqaga aylandilar. Bu ijtimoiy tabaqa kengayib, davlat deb nomlanadigan boshqaruv organi paydo bо'la boshladi. Boshqaruv nazariyasi nisbatan yangi fan tarmog'i bо'lib, obyektiv borliqni ilmiy bilishga asoslanadi. U о'z faoliyatini bir qator tabiiy va ijtimoiy fanlar zaminida kо'radi. Boshqaruv jarayonining mohiyati va qonunlarini aniqlash, bu jarayonda sodir bо'ladigan munosabatlarni ochib berish, uning tizimini ishlab chiqish va boshqaruv subyektining asosiy tamoyillarini ishlab chiqish boshqaruv nazariyasining vazifalaridir. Demak, mehnatning har qanday shakli boshqaruvchiga ma'lum darajada muhtojdir. Boshqaruvchi о'z jamoasi ishlarini bir-biriga muvofiqlashtiradi. Boshqaruvchi ishlab chiqarish organizmning mustaqil a'zolari harakatidan farq qilib, butun organizm harakatidan kelib chiqadigan umumiy vazifalarni bajaradi. Obrazli qilib aytganda yakka skripkachi о'zini-о'zi idora qiladi. Lekin orkestr dirijyorga muhtojdir. Demak, tо'g'ri boshqaruvning muhim sharti - boshqaruvchining, ya'ni rahbarning faoliyatidir. Boshqaruvning mohiyati obyektiv va subyektiv shart-sharoitlarini shunday nisbatda uyg'unlashtirishni ta'minlashdan iboratdir, bu mо'ljallangan maqsadga erishish imkonini beradi. Shuning uchun yaxshi rahbar odamlarga kamroq buyruq beradi, buning о'rniga ularning mehnat faoliyati uchun zarur bо'lgan samarali sharoit yaratadi. Menejer modeli. Rahbar - menedjer, u odamlar bilan ishlaydi, ularning kasbiy yutuqlari va xavfsizligi uchun javob beradi, vazifalarni bajarish uchun ular kuch-g'ayratini uyushtiradi va uyg'unlashtirishni amalga oshiradi. Ma'lumki, jamiyat iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy sohalarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.79 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.79 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga