Boshqaruv pedagogikasi, davlat xizmatchisining pedagogik yo'nalganligi

Boshqaruv pedagogikasi, davlat xizmatchisining pedagogik yo'nalganligi

O'quvchilarga / Pedagogika
Boshqaruv pedagogikasi, davlat xizmatchisining pedagogik yo'nalganligi - rasmi

Material tavsifi

Boshqaruv pedagogikasi, davlat xizmatchisining pedagogik yo'nalganligi Tayanch iboralar: Strategik ko'ra bilish, pedagogik yo'nalganlik, taktika, biologik (nasl), tabiiy muhit; madaniy muhit, ijtimoiy tajriba, odamlar bilan munosabat, madaniylashgan jonzot, ijtimoiy, tarixiy tajribaga ega bo'lgan muayyan avlod vakili, individ, ijtimoiy funksiya, aqliy rivojlanish, xodimlarning umumiy va kasbiy ma'lumoti, ma'naviy yetuklikka erishish, madaniy tadbirlar tashkil etish, axloqiy muammolarni yechish, xodim madaniyati, ma'lumot darajasi, axloqi, kasbiy va hayot tajribasi, jismonan sog'lomlik, ma'naviy barkamollik,individual, ijtimoiy, ruhiy sifatlar,mehnat jamoasi, ruhiy vaziyat, axloqiy-ma'muriy chora, xodimning munosabati. Yaxshi strategiya va uni amalga oshirish - yaxshi boshqaruvning eng ishonchli belgisi. Rahbar boshqaruv strategiyasi beshta bir-biriga bog'liq masalani hal etishga asoslanadi. Bular: tashkilot bajarishi lozim bo'lgan strategik ko'ra bilish, harakat, uzoq muddatli yo'nalishi va aniq vazifani shakllantirish. Strategik ko'ra bilish va zimmadagi vazifani aniq maqsad hamda topshiriqqa aylantirish. Maqsad va vazifalarga erishish strategiyasini ishlab chiqish. Qabul qilingan strategiyani malakali hamda samarali tatbiq etish va amalga oshirish. Ish natijalarini baholash, yangi yo'nalishlarni o'rganish va rivojlanishning uzoq muddatli yo'nalishi, strategiya maqsadlari yoki amaldagi tajribaga asosan uni amalga oshirish usullari, o'zgaruvchan sharoitlar, yangi g'oyalar va imkoniyatlarga qaratilgan xatti -harakatlarni amalga oshirish. tashkilot bajarishi lozim bo'lgan strategik ko'ra bilishni, harakat, uzoq muddatli yo'nalishini va aniq vazifani shakllantirish. Bu vazifani bajarishda tashkilotning rahbari quyidagi savollarga javob berishi lozim: biz nima qilmoqchimiz va nimaga erishamiz? Zimmadagi vazifa bayon qilinganda tashkilot faoliyatining tavsifi aniqlashadi va u mijozlar uchun nima qilishi kerakligi belgilanadi. Rahbar esa o'z xodimlarida ―maqsad tuyg'usini yuzaga keltirish uchun, ularni tashkilotning strategik mo'ljali va zimmadagi vazifa to'g'risida xabardor qilishi lozim. Strategik ko'ra bilish, va zimmadagi vazifani aniq maqsad hamda topshiriqqa aylantirish. Rahbariyat tomonidan belgilangan maqsadlar qisqa va uzoq muddatli bo'ladi. Qisqa va uzoq muddatli maqsadlarni uyg'unlashtirish kerak bo'lgan hollarda keyingisi ustuvor hisoblanadi. Maqsadlarni belgilashda sohadagi barcha rahbarlar ishtirok etishi lozim. tashkilot rahbari barcha bo'linmalari orqali oldiga aniq vazifalar qo'yadi, bularni hal etish umumiy maqsadga erishilishiga muayyan hissa bo'lib qo'shiladi. Boshqaruv strategiyasi 5ta o'zaro bog'liq vazifani bajarishga asoslanadi: strategik ko'ra bilish va tashkilot vazifasini shakllantirish; maqsadlarni belgilash; maqsadlarga erishish strategiyasini ishlab chiqish; strategiyani joriy etish va amalga oshirish; ishlarni baholash, yangi yo'nalishlarni o'rganish va to'g'rilovchi harakatlarni amalga oshirish. Bu vazifalar bir yo'la va abadiy hal bo'lmaydi, chunki tez-tez yangi vaziyatlar yuzaga kelishi natijasida to'g'rilovchi harakatlar o'tkazish zarurati yuzaga chiqadi. Kishilarning bilimi rahbar kasbiy vakolatining ko'rsatkichidir. Inson ijtimoiy munosabatlar tizimiga qo'shilganda va mustaqil faoliyat uchun ijtimoiy sifatga ega bo'lganda shaxs sifatida qaror topadi. Shaxs - alohida kishi, ijtimoiy-ma'naviy, axloqiy mohiyatni o'zida mujassamlashtirgan odam. Bu tushuncha barcha ijtimoiy-gumanitar fanlarda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 44.89 KB
Ko'rishlar soni 33 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 44.89 KB
Ko'rishlar soni 33 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga