Boshqaruv psixologiya asoslari

Boshqaruv psixologiya asoslari

O'quvchilarga / Pedagogika
Boshqaruv psixologiya asoslari - rasmi

Material tavsifi

Boshqaruv psixologiya asoslari Reja: Shaxsning individual-psixologik sifati. Shaxsning ijtimoiy-psixologik sifati. Mehnatni rag'batlantirishning psixologik asoslari. Shaxsning individual-psixologik sifati. Inson shaxsi va uning shakllanishi muammolari bilan pedagogika bilan bir qatorda falsafa, psixologiya, sotsiologiya, genetika, tibbiyot kabi fanlar shug'ullanadi. Pedagogik va psixologik adabiyotlarda Shaxs tushunchasi Inson tushunchasidan farqlidir, birinchisi insonning ijtimoiy xususiyatlarini anglatadi. Ma'lumki, odam shaxs sifatida dunyoga kelmaydi, balki uning shakllanishi avvalo hayot sharoitlariga bog'liqdir. Inson hayot davomida murakkab rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi, natijada shaxsga aylanadi. Shu sababli shaxsni ma'lum ijtimoiy tuzumning mahsuli deb tushunishimiz lozim. Rivojlanish deganda, biz shaxsning ham jismoniy, ham aqliy va ma'naviy kamol topish jarayonini tushunamiz. Har bir jamiyatda shaxsning shakllanishi, kamol topishi muhim muammolardan hisoblanadi. Shu sababli shaxsning shakllanishi masalalariga tо'g'ri yondashish uchun shaxsning tabiatini, tuzilishini, uning xulq-atvorini va unga ta'sir qiluvchi sabab va vositalarini bilish zarur. Shaxsning rivojlanishi jarayoni bir qancha omillar ta'sirida sodir bо'ladi. Bular irsiyat, ya'ni biologik omil, muhit, ta'lim va tarbiya, shaxs faolligi - shaxsni shakllantirishning asosiy omillari deb tushuniladi. Inson ijtimoiy tizimda asosiy bо'g'im, boshqaruv obyekti va subyektidir. Insonni doimo kimdir boshqaradi. О'zini muvaffaqiyatli boshqarish uchun о'z qiziqishlarining tavsifini, о'z imkoniyatlari va turli vaziyatlarda nuqtai nazarini yaxshi bilishi lozim. Avvalo о'z imkoniyatlarini, keyin esa ulardan foydalanish yо'llarini anglab olgan bо'lishi kerak. Ong insonning voqelikni tо'g'ri aks ettirish qobiliyati sifatida, insonning ijtimoiy-ruhiy vositalari yig'indisi sifat faoliyati dasturini tuzish, yaqin va maqsadlar qо'yish, ularga erishishga yordam berishga imkoniyat yaratadi. Chunki, kishilarning bilimi rahbar kasbiy vakolatining kо'rsatkichidir. Kо'pincha rahbarlar nutqida inson, shaxs, individuallik kabi sо'zlar tez-tez uchrab turadi. Inson ijtimoiy munosabatlar tizimiga qо'shilganda va mustaqil faoliyat uchun arzigulik ijtimoiy sifatga ega bо'lganda shaxs bо'lib qaror topadi. Inson о'z ehtiyojini qondirishga intilib shaxs turli mehnat va ijtimoiy faoliyat sohasiga kirib boradi. Bunda shaxsning ehtiyoji rang-barangdir. Ularni quyidagicha tasniflash mumkin: - biologik ehtiyoj: oziq-ovqat, havo, kiyim-kechak, harakat va h. k.larga bо'lgan talab; - ijtimoiy ehtiyoj: ijtimoiy faollik, shaxsning jamiyatda о'z о'rnini izlashi va h.k; - ma'naviy ehtiyoj: tashqi dunyoni idrok etish, axborotlar (ilmiy, axloqiy, mafkuraviy va b.) olish. Maslou bо'yicha ehtiyojlar darajasi quyidagicha: fiziologik, xavfsizlik va muhofaza, tegishlilik va sevgi, о'z-о'zini qadrlash, о'z-о'zini faollashtirish (о'z-о'zini anglash). Individuallik - bu - hulq-atvorning о'ziga xosligini va muayyan faoliyat turiga muvofiqlikni belgilovchi shaxsning xususiyati. Bu shaxsning bioijtimoiy о'ziga xosligi, uning takrorlanmasligi. Ayni shu turli individual xususiyat (jо'shqinlik)ga ega shaxslar bilan rahbarning ishlashiga tо'g'ri keladi. Jо'shqinlik turini bilish unga muayyan shaxsga u yoki bu faoliyat talabi bilan tо'g'ri yondashishga, muomalaning ayni bо'lgan shakl va usullarini tanlash, jamoani uyushtirishga imkon beradi. Jо'shqinlikni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.32 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.32 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga