Boshqaruv tamoyillari va mexanizmi. Reja : Oliy ta'lim tizimi menejmenti, uning vazifasi. Boshqarish tamoyillari va uslubi. Boshqarish vositalari. Boshqarish tamoyillari va uslubi Agar samarali boshqaruv bо'lmasa, rejalashtirish, tashkil qilish, tarbiyalash, mohiyatlash va nazorat qilish vazifasini samarali bajarish mumkin emas. OTMni boshqarish samarali bо'lishi uchun о'quv-tarbiya jarayoni barcha ishtirokchilarning-talabalar, professor-о'qituvchilar tarkibi, о'quv-yordamchi soxa va ma'muriyat xodimlari va b. ning manfaatlari bunday rang-barangligi, tabiiyki, ularni boshqarishning tegishli tamoyillarini tanlashni talab qiladi. Rivojlangan mamlakatlarda 4.01-jadvalda keltirilgan ta'limni boshqarishning sakkizta asosiy tamoyilidan foydalaniladi. Shulardan 1-4 tamoyillar topshiriqni bajarishga-buyurtmachilar (mexnat bozori, fan, xizmat kо'rsatish sohasi, tibbiyot va h.k.) ning muvofiq malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan. Keyingi tо'rt tamoyil mutaxassislar tayyorlash jarayonini amalga oshiruvchilar-professor-о'qituvchilar tarkibi, о'quv-yordamichi soha va ma'muriyat xodimlari va b.ga qaratilgan. 1-jadval Ta'limni boshqarishning asosiy tamoyillari Ijodiy yondashish tamoyili, odatda о'quv-tarbiya jarayonini boshqarishda qо'llaniladi. Uni qо'llash zaruriyati quyidagi shartlarni talab qiladi: Birinchidan, о'quv faoliyati turining xilma-xilligi: ma'ruzalar, laboratoriya va amaliy mashg'ulotlar, seminarlar, kollokviumlar, mustaqil о'rganish, malakaviy amaliyot, kurs loyixalari (ishlari) va x.k. Bularning maqsad va vazifasi turlichadir. Ikkinchidan, maqsad va vazifasi, tuzilishi va mazmuniga kо'ra о'qitiladigan fanlar va kurslarning turli-tumanligi. Uchinchidan, о'qitilayotgan shaxslar individualligi. Kо'rsatilgan о'ziga xosliklarni xisobga olish uchun xam ta'lim oluvchilar, xam ta'lim beruvchilar fikrlash imkoniyatidan unumli foydalanish zarur. Bu о'quv-tarbiya jarayonini о'tkazish turli unsurlarni va shartlarni moslashishga imkon beradi. Faoliyati muntazam rejalashtirish tamoyili xam ta'lim muassasalari turli bо'linmalarda, ham о'quv-tarbiya jarayonini amalga oshirishda keng qо'llaniladi. Bu faoliyat samarador rejasini ishlab chiqarish, ularni bajarishni tashkil etish, olingan natijalarni baholashni kо'zda tutadi. О'quv-tarbiya jarayonini boshqarishda bu tamoyil ijodiy yondashish vositasi hisoblanadi. О'qituvchi, u yoki bu о'quv faoliyat turini bajarishga ijodiy yondashib, о'zining va ta'lim oluvchilarning harakatini rejalashtirish, buni yuqori saviyada bajarish, natijalarini nazorat qilish va baholash, agar zarurat paydo bо'lsa, о'zining va talabalarning faoliyatini о'zgartirish bо'yicha xulosa chiqarish. Rahbariyat uslubining moslashuvchanlik tamoyilidan tez-tez о'zgarib turadigan vazitda ishlovchi kо'pchilik rahbarlar foydalanadi. Bunday vaziyat ayniqsa, о'quv-tarbiya jarayoniga xos. Yuqorida ta'kidlangan, bu xol о'quv faoliyatining turi xar xilligi, fanlar va kurslar turli-tumanligi, shaxslar individual xusussiyatlarida namoyon bо'ladi. Bularga qо'shimcha qilib, yana ta'kidlash mumkinki, ayni bir о'qituvchi turli guruh yoki kichik guruhlarda dars о'tishi natijasida boshqariladigan jamoa kо'pincha о'zgarib turadi, ustiga-ustak bu о'zgarishlar turli kurs yoki fakultetlarda, bir necha yо'nalish va ixtisosliklarni qamrab oladi. Bunday sharoitda о'qituvchi har safar faqat tegishli rahbarlik uslubinigina emas, balki ta'lim va tarbiya usullarini ham tanlash lozim bо'ladi. Bir-birini tushunish va hamfikrlik boshqaruv g'oyasini belgilaydi. Bu tamoyildan ayniqsa, о'quv-tarbiya jarayonini boshqarishda foydalanish muhimdir. Ushbu vaziyatda о'qituvchilar va talabalar quyidagilarning mohiyatini anglashda hamfikr bо'lmoqlari ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.13 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.13 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:54 ]
Arxiv ichida: doc