Boshqaruvda muomala madaniyatining asosiy jihatlari Reja: Ovoz ohangi Suhbat Suhbatda nimadan saqlanish lozim Muomala madaniyatining asosiy tushunchalari va tuzilishi Muomalada yuzaga keladigan ziddiyatlar va inson fe'l-atvori Suhbatlashish odobi. Tayanch iboralar: Shirin muomala, san'at, ovoz, ohang, shirin so'z, ishonch, qalb, so'z, yuz va ko'z, tilning ko'rki, muomala, madaniyat, aql, kuch, til, muomala odobi, qadr-qimmat, izzat, axloqiy me'yor, kommunikativ (bir tomonlama) axborot uzatish, interaktiv (ikki tomonlama o'zaro ta'sir), perseptiv (o'zaro bir-birini idrok qilish), verbal muloqot, noverbal muloqot, xushfe'llik, xushmuomalalik, hayo-ibolilik, beozorlik, shirinso'zlik, ochiqko'ngillik, raqobatchilik, hamkorlik, murosa (kompromiss), moslashish, chekinish. Insonning go'zal hayot kechirishi, jamiyatda o'z o'rnini topa olishi, boshqalarning hurmat - ehtiromiga erishishda muomala madaniyatining o'rni kattadir. Insonning shirinso'zligi uning tarbiyalanganidan guvohlik bersa, so'zga boyligi, chechanligi, bilimdon va o'qimishli, ekanligini ko'rsatadi. Go'zal muomala inson dilini qanchalik xushnud etsa, aksincha achchiq so'z, qo'pol muomala inson qalbini larzaga soladi. Muomala qilishni bilish - avvalambor, suhbatni olib bora olish qobiliyatidir. Bu yerda ham umumqabul qilingan qoidalar mavjud. Suhbatdoshingizni gapini bo'lmasdan uni eshitishni o'rganing. Zero suhbatdoshingizga hamdardlik, layoqatlilik, yaxshi niyatli ekanligingizni ko'rsatib, uni diqqat va sabr-toqat bilan eshita olishning o'zi - bu iste'dod. Lekin bu iste'dod tug'ma emas - har bir inson uni o'zida hamda farzandlarida mujassam etib, tarbiya toptirishi mumkin. Suhbatdoshingizni tinglayotib, iloji boricha uning ko'ziga qarashga harakat qiling. Suhbatdoshingizning gaplariga tasdiq sifatida yo boshingizni silkitib yohud so'zlar bilan suhbatga bo'lgan jonli qiziqishni ko'rsatishga harakat qiling. Hech qachon suhbatdoshingizni gapini bo'lib, u bilan bahslashishga va raddiya bildirishga intilmang. Agar suhbatdoshingiz sizni unga bo'lgan e'tiboringizni suiiste'mol qila boshlasa, chiroyli qilib uzr so'ragan holda vaqtingiz ozligini, bandligingizni aytib suhbatni boshqa kunga ko'chirishni so'rang. Faqatgina o'z dardini gapirish uchungina suhbatlashadigan odamdan yomon suhbatdosh chiqadi. Zero, oxir-oqibat u tinglovchilarsiz qolishi mumkin. Muomala odobi boshqa, kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo'yishni, an'anaviy axloqiy-me'yoriy talablarni bajarishni taqozo etadi. Shuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorqin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon bo'lishi nutq vositasida amalga oshadi. So'zlash va tinglay bilish suhbatlashish madaniyatining muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois muomala odobi o'zini, eng avvalo, shirinsuxanlik, kamsuqumlik, bosiqlik, xushfe'llik singari axloqiy me'yorlarda namoyon qiladi. Muomala odoblarining yana biri bu - insoniy nigoh. Ma'lumki, odamning nigohida, yuz ifodasida, qo'l harakatlarida uning qay sababdandir tilda ifodalanmagan hissiyoti, talablari o'z aksini topadi. Chunonchi, suhbatdoshining gapini oxirigacha eshitmay, qo'l siltab ketish yoki qo'pol muomalada bo'lish madaniyatsizlikni anglatadi. Suhbatdoshingizni fikrini noto'g'ri deb bilgan taqdiringizda ham tarbiyali va kamtar inson sifatida munosabatda bo'lib, ―Menimcha adashdingiz? ―Uzr, men boshqa fikrdaman, ― Kechirasiz, men ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
83.19 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
83.19 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:54 ]
Arxiv ichida: doc