Bozor iqtisodiyoti sharoitida ta'lim muassasalarining rivojlantirish strategiyasi

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ta'lim muassasalarining rivojlantirish strategiyasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ta'lim muassasalarining rivojlantirish strategiyasi - rasmi

Material tavsifi

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ta'lim muassasalarining rivojlantirish strategiyasi Oliy ta'lim tizimini rivojlantirish omillari Istiqlol yillarida mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida barcha sohada beqiyos islohotlar amalga oshirila boshlandi. Ayniqsa, mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, kelajagimiz vorislarini barkamol inson etib tarbiyalashga alohida g'amxo'rlik ko'rsatilmoqda. Darhaqiqat, ta'lim inson faoliyatining barcha sohalariga yangi texnologiyalarni tatbiq etish, raqobatbardoshlik va turmush farovonligi darajasini oshirishning eng muhim omillaridan biri bo'lib hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashib borayotgan O'zbekiston uchun mehnat bozorining o'zgaruvchan talablariga tez moslasha oluvchi ta'lim tizimi faoliyatini yo'lga qo'yish va rivojlantirib borish dolzarb masala hisoblanadi. Mazkur vazifalarning ijrosi ta'lim tizimi uchun zamon talabi darajasidagi yuqori malakali boshqaruvchi kadrlarni tayyorlashni taqozo etmoqda. Mohiyati jihatidan mutlaqo yangi bo'lgan kadrlar tayyorlashning milliy modeli ta'lim to'g'risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturidan iborat me'yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilish va joriy etishga asos bo'ldi. Bunday hujjatlar ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy jihatdan boy shaxsni shakllantirish hamda yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda belgilangan strategik maqsadlarga erishish uchun nazariy va amaliy asos bo'ldi va zamin yaratdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari nomli asarida takidlaganidek, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik yangilash va diversifikatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish - O'zbekiston uchun inqirozni bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga chiqishning ishonchli yo'lidir. Mazkur vazifalarning ijrosi oliy ta'lim tizimida ham malum bir o'zgarishlar amalga oshirilishini taqozo qiladi. Mamlakat iqtisodiyotining uzviy qismi bo'lgan oliy ta'lim tizimini modernizatsiyalash, texnik yangilash va diversifikatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni ta'lim tizimiga ham joriy etish bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Oliy ta'lim taraqqiyotining hozirgi holati integratsiyalashgan global iqtisodiy makonning uzviy bir qismi bo'lgan Respublikamiz oldida ta'lim tizimi faoliyatini ham jahon andozalari darajasida tashkil etish, xalqaro ta'lim tizimiga integratsiyalashtirish, kadrlar tayyorlash tizimini zamonaviy xalqaro mehnat bozori talabi darajasida tashkil etishni talab etilmoqda. Bu holat Respublika oliy ta'lim muassasalarini xalqaro sifat menejmenti talablaridan kelib chiqqan holda sertifikatlashtirishni taqozo etmoqda. Xorijdagi yetakchi oliy ta'lim muassasalarida sifatni boshqarish tizimi ISO va boshqa shu kabi xalqaro sertifikatlashtirish tizimlari talablari darajasida tashkil etilgan, xalqaro sifat sertifikatini olish OTMning xalqaro miqyosda tan olinishining va faoliyat yuritishining zaruriy sharti hisoblanadi. Aynan Iqtisod fanlari doktori Muhammad-Ali Saidov tomonidan chop etilgan Oliy ta'lim tizimida moliyaviy boshqaruv nomli o'quv qo'llanmasi mazkur qo'yilgan masalalarga bag'ishlangan bo'lib, mamlakatimiz OTMlarining jahon talabi darajasiga chiqishga intilishlari, erishayotgan yutuq va muvaffaqiyatlari oldimizga qo'yilgan buyuk maqsad ijrosi Respublika OTMlarining ISO kabi xalqaro standartlashtirish tashkilotlarining sifat sertifikatlarini olish imkoniyatlari mazkur o'quv qo'llanmada asoslangan. Oliy ta'lim tizimini moliyalashtirishini tashkil etish va isloh qilishda, albatta, bu holat hisobga olinishi zarur. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 726.53 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:54 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 726.53 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga