Bug'doy seleksiyasi uchun dastlabki materialni o'rganish mavzusini o'qitish uslubi i.KIRISh II.ASOSIY QISM 2.1 1.Asosiy kism. Bugdoy seleksiyasi uchun dastlabki material 2.2. Bug'doy seleksiyasining vazifalari va yo'nalishlari. 2.3. Bug'doy navlariga qo'yiladigan talablar. 2.4. Bug'doyninng tezpishar va kasalliklarga chidamli boshlang'ich materiallarini o'rganish. 2.5. Bug'doyning tezpishar nav namunalari. 2.6. Kasallikka chidamlilik va moyillik belgilarini navlarda aniqlash. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO'YXATI i.Kirish jahon dehqonchiligida bug'doy ekini yetakchi rolni uynab ekiladigan maydoni va donining yalpi hosili bo'yicha birinchi urinni egallaydi va 216,220 mln gektar yerga ekiladi. U asosan non, konditer yoki makaron mahsulotlari tayyorlash uchun, un ishlab chiqarish maqsadida ekiladi. Bundan tashqari bug'doy donidan turli yormalar tayyorlanadi. Maxsus yaratilgan navlari yemish tayyorlashga xizmat qiladi. Bug'doyning kepagi, somoni, tufoni yuqori oziqaviy ahamiyatga ega. Uning kepagi hamma qishloq xo'jalik hayvonlari uchun yuqori konsentratlangan yem. Kepagidan omixta yem tayyorlashda xam foydalaniladi. Undagi hazm bo'ladigan oqsil miqdori arpa doniga nisbatan 1,5 barobar ko'p. Oziq - ovqat mahsuloti sifatida bug'doy unidan turli navdagi nonlar shirinkulchalar, pechenye, biskvitlar, kekslar, piroglar, vaflilar, muzqaymoqlar uchun stakanchalar, makaronlar, bolalar uchun parhez taom tayyorlashda ishlatiladigan yormalar, yarim fabrikatlar va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi. O'zbekison mustaqilligini mustakamlash, aholini kuchli tubdan oshirish masalasi qo'yilgan. Ushbu vazifalarni amalga oshirish borasida qishloq xo'jaligida muayyan yutuqlarga, jumladan don mustaqiligiga erishdik. O'zbekistonning tabiiy-iqlim sharoiti lalimikor mintaqalarda bug'doy o'stirishga juda qulaydir, biroq o'stirish sharoitlariga yuqoriroq talablar qo'yilishi sababli hozirda u cheklangan miqdorda ekilmoqda. Yana bir muhim ahamiyati shundaki uning asosan bahorgi navlari ekilmoqda. Ular esa hosildorligiga ko'ra kuzgi bug'doydan ancha orqada qoladi. O'zida kuzgi va bahorgi bug'doyning eng yaxshi xususiyatlarini uyg'unlashtirigan, bug'doyning tumanlashtirilgan navlari darajasida hosildorlikka ega bo'lgan kuzgi bug'doy navlarini yaratishga keskin zarurat tug'ildi.Mahalliy navlar seleksiya uchun qimmatli boshlang'ich ashyo bo'lishga qaramay ular yagona manba bo'la olmaydi. Mazkur mahalliy navlar yuqori ekologik moslashuvchanlik xususiyatiga ega bo'lsalarda har doim ham yangi seleksion navlar yaratish uchun talab qilinadigan sifatga ega emaslar. Qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi talablariga tula javob beradigan navlar yaratish uchun seleksiya ishida xorijiy mamlakatlar navlaridan xam foydalanish zarur. Boshlang'ich matrial sifatida keltirilgan xorijiy navlar Respublikamiz iqlim sharoitida urganilib, ularning kimmatbaho belgi va xususiyatlari asosida mahalliy sharoitda yaratilgan navlar kamchiliklarini tuldirish yoki ularning imkoniyatlarini oshirish mumkin. Shu maqsadda bu navlarning genetik belgi va xususiyatlarini to'liq o'rganish dolzarb masala hisoblanadi. II.ASOSIY QISM. 2.1. Bug'doyning xalq xo'jalik ahamiyati Jahon dehqonchiligida bug'doy ekini yetakchi rolni o'ynab, ekiladigan maydoni va donining yalpi hosili bo'yicha birinchi o'rinni egallaydi va 225,00 mln gektar yerga ekiladi. U asosan non, konditer yoki makaron mahsulotlari tayyorlash uchun, un ishlab chiqarish maqsadida ekiladi. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.26 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.26 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:55 ]
Arxiv ichida: doc