Bugungi kunda pedagog-olimlar

Bugungi kunda pedagog-olimlar

O'quvchilarga / Pedagogika
Bugungi kunda pedagog-olimlar - rasmi

Material tavsifi

Bugungi kunda pedagog-olimlar Bugungi kunda pedagog-olimlar (L.I.Novikova va boshqalar) bolalar jamoasi rivojlanishi jarayoni tahlil qilar ekanlar, uni quyidagi uch bosqichga bo'ladilar: a) jamoani dastlabki jipslashtirish; b) jamoani shakllantirish uning har bir azosini individual rivojlantirishning qurolidir. Jamoa hayotidagi har bir bosqichlarni ajratib ko'rsatish yuqorida bayon etilgan fikrlarga zid emas, balki shaxsning rivojlanishida jamoaning yetakchi ahamiyatini takidlaydi. Rus pedagogi A.S.Makarenko jamoa munosabatlarining ichki jihatlariga katta ahamiyat bergan edi. U jamoada shakllangan eng muhim quyidagi belgilarni ajratib ko'rsatgan edi: 1) major - doimiy tetiklik, tarbiyalanuvchilarning faoliyat (harakatga tayyorligi); 2) o'z jamoasi qadriyatlarining mohiyatini tushunish, uning uchun g'ururlanish asosida o'z qadr-qimmatini anglash; 3) uning a'zolari o'rtasidagi do'stona birlik; 4) jamoaning har bir azosidagi do'stona birlik; 5) tarbiyali, ishchan harakatga yo'llovchi faollik; 6) o'z hissiyot va so'zlarini boshqara olish ko'nikmasi. 3. Jamoani shakllantirishda jamoa a'zolari va ularning faoliyatlariga qo'yiladigan yagona talablar muhim ahamiyat kasb etadi. Yagona talab o'quvchilarning dars jarayonidagi, tanaffus. Sinfdan tashqari ishlar vaqtidagi jamoat joylari hamda uydagi xulq-atvor qoidalarni o'z ichiga oladi. Puxta o'ylab qo'yilgan talablar tizimining muntazam amalga oshirilishi maktabda muayyan tartibning o'rnatilishini ta'minlaydi. Pedagoglar tomonidan qo'yilgan talablar quyidagi sharoitlarda ijobiy natija beradi. 1. Qo'yilayotgan talablar o'quvchi shaxsini hurmat qilish bilan qo'shilishi kerak. 2. Qo'yilayotgan talablar muayyan maktab yoki sinfdagi mavjud sharoitni hisobga olgan holda qo'yilishi lozim. 3. Qo'yilayotgan talablar aniq bo'lishi kerak. 4. O'quvchilarning tashqi qiyofasi, qiyinishi, yurish-turishi hamda muomalasiga nisbatan qo'yilayotgan talablar, ularda ma'naviy madaniyatni shakllantirishga xizmat qilishi shart. O'qituvchi qo'yilayotgan talablar hajmi, tizimini bilibgina qolmasdan, talab qo'yish metodikasini ham o'zlashtira olgan bo'lishi kerak. O'quvchilarga talablar qo'yish metodikasi bolalarni talablar mazmuni bilan tanishtirib, ularning ahamiyatini tushuntirish, tajriba orttirish hamda ularning muntazam suratda nazorat qilib borishdan iborat. O'quvchilarni talablar bilan tanishtirish ko'pincha umumiy majlislarda amalga oshiriladi, bunda ta'lim muassasasi direktori yoki o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari istiqbolli rejalari va ularni amalga oshirish jarayonidagi talablar mazmuni bilan o'quvchilarni tanishtiradi. Batafsil tanishtirish ayrim hollarda amalda ko'rsatish, keyinroq sinflar bo'yicha, sinf majlislarida, maxsus suhbatlar uyushtirish gohida amalga oshiriladi. Xulq-atvor tarkib toptirishga yo'naltirilgan talablar bilan tanishtirish mazkur talablar ustida mashq qildirish bilan qo'shib olib borilishi kerak. Xulq atvorni tarbiyalash ongni tarbiyalashga qaraganda murakkab ish. O'quvchilar talablar mohiyatini yaxshi anglashlari mumkin, biroq aksariyat hollarda ularga rioya qilmaydilar. Shu bois muntazam ravishda mashq qildirish madaniy xulq-atvorni odatga aylantiradi. Talablarning qo'yilishi jarayonida ularga o'quvchilarning amal qilishi ustidan nazorat o'rnatish lozim. Nazorat qilib borish turli shakllar yordamida amalga oshiriladi, chunonchi, xulq-atvor jurnalini yuritish, sinfdagi navbatchilik uchun stendda baholarni qayd etib borish va boshqalar. Nazorat haqqoniy va muntazam bo'lish kerak. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.73 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.73 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga