Bumerang texnologiyasi

Bumerang texnologiyasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Bumerang texnologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Bumerang texnologiyasi Mazkur texnologiya bir mashg'ulot davomida o'quv materialini chuqur va yaxlit holatda o'rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo'naltirilgan. U turli mazmunan va xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo'lgan mavzularni o'rganishga yaroqli bo'lib, o'z ichiga og'zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg'ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan o'quvchi yoki o'qituvchi rolida bo'lishi, kerakli ballni to'plashga imkoniyat beradi. Bumerang texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi; xotirani, go'yalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og'zaki shakllarda bayon qilish ko'nikmalarini rivojlantiradi. Ta'lim bilan bir qtorda mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi: jamoa bilan ishlash mahorati; muomalalik; xushfe'llik; ko'nikuvchanlik; o'zgalar fikriga xurmat; faollik; rahbarlik sifatlarini shakllantirish; ishga ijodiy yondashish; o'z faoliyatining samarali bo'lishiga qiziqiah; o'zini xolis baholash. Asosiy tushunchalar quyidagilar: Ochiq savollar - bu savollar muomala, so'zlashuvni davom ettirishga imkon beradi. Ularga qisqa, bir xil javob berish ko'zda tutadi. Yopiq savollar - bu savollar oldindan ha yoki yo'q tipidagi to'g'ri, ochiq, javoblarni berishni ko'zda tutadi. Ko'ndalang so'roq - bir-biriga guruhlab beriluvchi qisqa savollar qatori bo'lib, bu o'ziga xos axborotlar izlash hamda dalillarni, opponentlar pozitsiyasini aniqlash va muayyan qarorlar qabul qilish uchun ajoyib imkoniyatdir. Ko'ndalang so'roq paytida munozaraga kirishish mumkin emas. Bu vaqtda faqat savollar beriladi, munozaraga kirishilmaydi. Bumerang texnologiyasi. Trening haqida tushuncha. Ushbu texnologiya o'quvchi-talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o'rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so'zlab bera olish, fikrini erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o'quvchi-talabalarni baholay olishga qaratilgan. Maqsad. Trening davomida tinglovchilarga tarqatilgan materiallarni ular tomonidan yakka va guruh holatida o'zlashtirib olishlari hamda o'zaro suhbat-munozara orqali, turli savollar orqali tarqatma materiallar, undagi matnlar qay darajada o'zlashtirilganini nazorat qilish. Trening davomida o'quvchi-talabalar tomonidan baho ballarini egallashga imkoniyat yaratish. O'tkazish texnologiyasi. Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o'tkaziladi: 1 bosqich. Trening to'gridan-to'g'ri tinglovchilarni 4-5 kishidan iborat kichik guruhlarga bo'lishdan boshlanadi. Trener har bir guruh va uning har bir a'zosiga mustaqil o'rganish, fikrlash va yodda saqlab qolish uchun alohida-alohida aniq yozma tarqatma material beradi (tarqatma materialda) trener tomonidan tanlangan umumiy mavzu bo'yicha biron bir hajmdagi matn berilgan, ularning soni guruhlar va tinglovchilar soniga bog'liq. Agar 4 ta kichik guruh bo'lsa, u holda umumiy mavzu 4 ta kichik matnlarga bo'linib har bir guruhga beriladi; Faoliyat samarali bo'lishi uchun har bir gruhga berilgan tekstadan har bir tinglovchiga beriladi. Shunday qilib, 4 ta guruh umumiy mavzu asosida 4 xil matnga ega, har bir tinglovchiga esa o'z guruhiga tushgan matnga ega ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.38 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.38 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga