Buyuk allomalar Buyuk allomalar O'zbekiston -buyuk allomalar yurti Hadis ilmining sultoni-Imom al-Buxoriy Tabobat olamining asoschisi-Abu ali ibn Sino Buyuk mutafakkir-al-Beruniy O'zbekiston buyuk allomalar yurti O'zbekiston -Markaziy Osiyoning yuragi va u jahon ilm-fan rivojiga benazir hissa qo'shgan buyuk allomalar vatani. O'tgan davr mobaynida jahon hamjamiyatidan munosib o'rin egalladi. Ushbu muqaddas zaminda ilm-fan taraqqiyotiga benazir hissa qo'shgan Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Abu ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug'bek va yana bir qator shu kabi buyuk allomalar yetishib chiqqan. O'zbekiston rahbariyatining ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy me'roslarini ko'z qorachig'idek asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga yetkazish borasida amalga oshirayotgan xayrli ishlari O'zbekistonning izchil rivojlanib borayotganida muhim omillardan bo'lmoqda. Imom al-Buxoriy Imom Ismoil al-Buxoriy - taniqli muxaddis olim, hadis ilmining sultoni. Hadis ilmiga o'zining aql-zakovatini bahshida etishi, islom dunyosining eng buyuk allomalaridan biri sifatida tanilishida katta hissa qo'shdi. Yosh avlodni diniy qadriyatlarimizga, an'analarimizga, sadoqat ruhida tarbiyalashda Buxoriyning boy ma'naviy merosi tarbiyaviy ahamiyatga molik. Imom al-Buxoriy Imom Ismoil al-Buxoriy - taniqli muxaddis olim, hadis ilmining sultoni. Hadis ilmiga o'zining aql-zakovatini bahshida etishi, islom dunyosining eng buyuk allomalaridan biri sifatida tanilishida katta hissa qo'shdi. Yosh avlodni diniy qadriyatlarimizga, an'analarimizga, sadoqat ruhida tarbiyalashda Buxoriyning boy ma'naviy merosi tarbiyaviy ahamiyatga molik. Buxoriyning to'liq ismi Abu Abdilloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al - Mag'iyra ibn Bardazbeh al - juafiy al - Buxoriy bo'lib, u hijriy hisobda 194 yil shavvol oyining 13-kuni (810 yil 20 iyul)da Buxoro shahrida tavallud topgan. Boshqa ko'pgina olimlardan farqli o'laroq al-Buxoriy tug'ilgan sana aniq ko'rsatilishiga sabab shuki, uning otasi Ismoil o'z davrining ilmli odamlaridan bo'lib, o'g'lining tug'ilgan kunini o'z qo'li bilan yozib ketgan qog'oz zamondosh olimlar ixtiyoriga Yetgan va shu xususda ham uning aniqligiga hech shubha yo'q. Al-buxoriy yoshligidanoq otasi vafot etib, onasi tarbiyasida o'sgan. U yoshligidan aql -idrokli, o'tkir zehnli va ma'rifatga havasi kuchli bo'lib, turli ilm-fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini zo'r qiziqish bilan egallaydi. 825 yili o'n olti yashar al-Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Hijozga qarab yo'l tutadi, muqaddas shaharlar Makka va Madinani ziyorat qilib, olti yil Hijozda yashab, hadis ilmidan o'z bilimini yanada oshirish maqsadida o'sha paytda ilm-fanning yirik markazlaridan hisoblangan Damashq, Qohira, Basra, Kufa, Bag'dod kabi shaharlarda yashab, u joylardagi mashhur olimlardan hadis bilan bir qatorda fikh ilmidan ta'lim oladi, yirik olimlar davrasida ilmiy bahslaru munozaralarda qatnashadi va ilm toliblariga dars ham beradi. Buxoriy hayotining ko'p qismi xorijiy ellarda, musofirchilikda o'tdi. U safar chog'ida ham, bir shaharda muqim turganda ham ilmini oshirish borasida tinimsiz ishlar, to'plagan hadislarini oqqa ko'chirar edi. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.71 MB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:55
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.71 MB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:55 ]
Arxiv ichida: pptx