Buyuk fransuz inqilobi jurnalistikasi Reja: 1. General shtatlar majlisining chaqirilishi. 2. Gazetalarda siyosiy xabarlarning berilishi. 3. Inqilob davri jurnalistika klassifikatsiyasi. 1788 yil Fransiya aholisi juda tang ahvolda qoldi. Ishlab chiqarish munosabatlari va feodal tuzum bag'ridan unib chiqqan yangi kapitalistik ishlab chiqarish usuli o'rtasidagidavomli ziddiyatlar va ruhoniylar bilan fransuz mehnatkashlari va burjuaziyasi o'rtasidagi tengsizliklar, 1787 yilgi savdo sanoat krizisi, 1788 yilgi ocharchilik tufayli ko'tarilgan dehqonlar g'alayoni mamlakatda revolyutsion vaziyatni vujudga keltirdi. Qirol Lyudovik 16 aholidan yangi soliqlar to'plash maqsadida 1789 yil 5-mayda General shtatlari parlamenti majlisini chaqirdi. Aholining noroziligi kun sayin ko'chayib bordi va nihoyat 1789 yil 14 iyulga kelib revolyutsiyaning birinchi bosqichi boshlandi, hamda bu 1792 yil 10 -avgustgacha davom etdi va Bastiliyaning shturm bilan qo'lga olinishi fransuz burjua revolyutsiyasining boshlanishi bo'ldi. Shuningdek, revolyutsiyaning davomi 1793- 94 yillarda bo'lib o'tdi. fransuz burjua revolyutsiyasining maqsadi o'z xarakteriga ko'ra xalq revolyutsiyasi, burjua demokratik revolyutsiyasi bo'lib, ilgarigi burjua revolyutsiyasidan, nisbatan qatiy tarzda feodal mustabid tuzumga barham berish bilan belgilanadi. Buyuk fransuz revolyutsiyasi 1789-1795 yillarga to'g'ri keladi. Revolyutsiya davrida juda ko'plab risolalar, afisha va chaqiriqlar bosib chiqarilgan. Xalq nomidan yozilgan qo'lyozma va bosma murojaatnomalar omma o'rtasida keng tarqaldi. Din peshvosi Abbat Siesning Uchinchi qatlam nima o'zi? nomli risolasi katta muvaffaqiyat qozondi. 1789 yil 14 iyulda xalq Bastiliya qamoqxonasini bosib oldi. Qirol Lyudovik 16 ning Axir bu isyonku? degan savoliga Yo'q, olampanoh, bu revolyutsiya! degan javobi keyinchalik qanotli iboraga aylanib ketdi. Gazeta va varaqalar axborot tarqatishning muhim vositasi bo'lib qoldi. 1614 yildan beri yig'ilmagan shtatlar xalq yig'inini chaqirish arafasida General shtatlar degan gazeta chiqarila boshlandi. Gazeta muharriri Miraboni «revolyutsiya arsloni deb atashardi. Gazeta juda katta adadda 1200 nusxada chop etilgan. 1789 yil 26 dekabr kuni asosiy qismi so'z erkinligi bo'lgan Inson va fuqarolar huquqlari Deklaratsiyasi qabul qilindi. Ushbu deklaratsiyaning birinchi moddasi «Insonlar dunyoga teng bo'lib keladilar va ular huquqda ham tengdirlar deb belgilab qo'yildi. Jan Pol Marat tomonidan nashr qilingan Xalq do'stigazetasi inqilobning mashhur gazetalaridan biriga aylangan. Gazeta 1779 yilning sentyabr oyidan chiqarila boshlangan. Noshirning o'zi gazetaga maqolalar yozar, o'zi terar, o'zi bosmadan chiqarar va o'zi tarqatar edi.1790 yil 26 iyun kuni Biz engildikdegan pamfletni ham Parij ko'chalariga Maratning o'zi yopishtirib chiqqan. Ko'pgina gazetalar, varaqalar, bir qator jurnallar bu davrda o'z tarafdorlari uchun ham kurash olib borganlar. fransuz revolyutsiyasining « Xalq do'sti(J.Marat), Konstitutsiya himoyachisi (M. Robesper), Per Dyushen (Eber), Fransiya vatanparvarlari (I.Brisso) kabi gazetalari kattagina shuhrat qozondi. 1789 yili 5 oktyabrda Maratning gazetasi Versalga yurish boshlashga chaqirdi. O'sha davrda Fransiyaning qudratli ta'sir kuchiga ega ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.01 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.01 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:55 ]
Arxiv ichida: doc