Buzg'unchi g'oyalarga qarshi kurash pedagogik muammo sifatida

Buzg'unchi g'oyalarga qarshi kurash pedagogik muammo sifatida

O'quvchilarga / Pedagogika
Buzg'unchi g'oyalarga qarshi kurash pedagogik muammo sifatida - rasmi

Material tavsifi

Buzg'unchi g'oyalarga qarshi kurash pedagogik muammo sifatida Oilada farzandni istiqlol g'oyalari, milliy mafkura asosida tarbiyalash, uning bo'sh vaqtini pedagogik nuqtai nazardan maqsadli tashkil qilish, mavjud istedod kurtaklari rivojlanishi uchun zarur sharoit yaratish, ularning mahalla, jamoatchilik oldidagi vazifalarini to'la ado etishga qonuniy javobgar ekanligini his qilish; ota-onalar o'zlarining pedagogik va psixologik bilimlarini muntazam oshirib borishga masuldirlar. Insonning oilada shakllangan ilk mafkurasi, iymon-e'tiqodi, odobi, milliy oriyati va vijdoni, g'urur-iftixori, aql-zakovati, tafakkuri mahalla muhitida yanada yuksalib, xalq irodasi, o'zaro totuvlik va hamkorlik rishtalari bilan uyg'unlashib, jamiyatda sog'lom munosabatlarning shakllanishi, milliy istiqlol g'oyalarining mustahkamlanishiga olib keladi. Afsuski, ayrim oilalarda huquqni muhofaza qiluvchi idoralardan qochib yurgan shaxslarga uylarini berish hollari uchraydi. Bunday xonadonlarda turli diniy ekstremistik, terroristik tashkilot a'zolari o'z faoliyatlarini yurgizadilar. Mahalla fuqarolari yig'ini, keng jamoatchilik o'z hududlarida istiqomat qilayotgan yoshlarning turli buzg'unchi oqimlar ta'siriga tushib qolishdan saqlashi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan o'zaro hamkor va hamjihatlikda faoliyat ko'rsatib, jinoyatning oldini olishga harakat qilishi lozim. Qayd etish kerakki, har bir ota-ona o'z farzandining barkamol, halol va pok inson bo'lib tarbiya topishiga har tomonlama masuldir. Shunga qaramay, bazi bir ota-onalar turli buzg'unchi oqimlarga berilib, ularning yolg'on g'oyalariga aldanib, diniy ekstremistik, xalqaro terroristik guruhlarni tayyorlash lagerlariga borayotgan, jangarilik ruhida tarbiya topayotgan farzandlari bilan bir qatorda jinoyatga sherik ekanliklarini anglab etmaydilar. Insoniyat o'z tarixida qancha urush ko'rgan, qancha qurbon bergan bo'lsa, bular-yovuz g'oyalarning paydo bo'lishi, targ'ib qilinishi, natijasida boshlangan. Buzg'unchi g'oyalar targ'iboti odamlar, millatlarning tinchligini buzgan. O'tmishdan Islom dini niqobi ostida o'z manfaatlari sari kurash olib borgan, turli xunrezliklar va buzg'unchiliklarga sabab bo'lgan voqealar ko'plab uchraydi. Bu haqida Nizomulmulk o'zining «Siyosatnoma» («Siyar ul-mulk») asarida: «Qadim zamonlarda xorijiylar (dindan qaytganlar) bo'lgan va ular davlatga yashirincha yomonlik qilib, har bir ovozaga quloq solib, mayda ishlarga ham aralashib yurardilar. Xudo o'zi saqlasinu, mobodo davlatga biror zarar tegib qolsa, bu itlar yashiringan joylaridan chiqib, davlatga qarshi yurish qilib, qo'llaridan kelgan yomonlik va bo'xton ishlarni qilardilar. Ular garchi so'zlarida musulmonlikka da'vogar bo'lib, haqiqatda esa kofirlar feli va ishlarini qilardilar. Ularning botinlari zohirlariga qarshi, so'zlari amallariga ziddir. Muhammad alayhissalom dinida bulardan yomonroq dushman yo'q»,- deb yozadi. Demak, bundan deyarli 10 asr ilgari, ham manfaatlaridan «haqiqiy musulmon» niqobi orqasida yashiringan bunday kishilar xalq o'z shaxsiy manfaatlarini ustuvor qo'yardilar. Ular payt poylab turib hujumga o'tardilar. Buzg'unchi g'oyalardan yana biri-fashizm edi. Bu g'oyaning manbai-gitlerning «Mening kurashim» deb nomlangan kitobi hisoblanadi. Ushbu g'oya asosida natsizmning «ommaviy psixologik qirg'in quroli» yaratildi. Uning amaliyoti nazariyasidan oldin vujudga keldi. Yani, «Xalq ta'limi vazirligi», Xalq ta'limi va targ'iboti vazirligi» tarkib topdi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.97 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.97 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga