Case- study (Keys- stadi) mohiyati Ta'limning buyuk maqsadi bilim berish emas, balki xatti-arakatlarga o'rgatishdir» G.Spenser Bu metodning nomi inglizcha case-study so'zlaridan olingan. Bunda case - yashik, quti, gilof, jild, study - o'rganish, tadqiq qilish, ilm bilan shug'ullanish, o'quv fani, saboq olish, o'qish ma'nolarini bildiradi. Bu metod haqida inglizcha aytiladigan case - true life, ya'ni keys - haqiqiy hayot iborasiga ko'ra keys - real hayotning «bir parchasidir». Shunga ko'ra bu metodni amaliy holatlarni o'qitish metodi deb ham ataladi. Keys-stadi metodi bo'yicha o'rganilayotgan har bir muammo yoki mavzu yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar rejasi, ularni bajarish tafsiloti, natijalar va xulosalar yig'indisi alohida keysni tashkil qiladi. Shu sababli G'arb mamlakatlaridagi ta'lim muassasalarida keys-stadi metodidan, ya'ni keyslardan foydalanish o'quv rejasining 25 % ini tashkil qiladi. Shu munosabat bilan ta'lim muassasalarida hayotiy vaziyatdan foydalanishning ahamiyati haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz. Ta'lim jarayonida hayotiy vaziyatdan foydalanishning dolzarbligi: Keys-stadi ta'lim metodini turli holatlarni o'rganishda qo'llash - hayotdan olingan odatdagi vaziyatlarni o'rganishni tashkil etish yoki sun'iy yaratilgan vaziyatlarga asoslangan holda ta'lim oluvchilardan tegishli muammolarning maqsadga muvofiq yechimlarini izlashni talab qilishga qaratilgan ta'lim jarayonidan iborat. Keys-stadi ta'lim metodiga doir ayrim asosiy tushunchalar ta'rifi: 1) ta'lim oluvchilarning ma'lum maqsadlardagi hayotiy vazifalarni bajarishlari bo'yicha vaziyatning bayoni, uni tushunish va baholashga imkon beradigan hamda muammoni ifodalash uchun, uning maqsadga muvofiq yechimini izlashlari uchun kerak materiallar to'plami; 2) belgilangan mavzu yoki muammo va uning yechimiga doir qo'shimcha axborotlar, audio, video, elektron tashuvchilar, o'quv-uslubiy materiallar yig'indisi; Keys-stadi - 1) ta'lim oluvchilarni o'rganilayotgan muammoni ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq yechimi variantlarini izlashga yo'naltiradigan aniq real yoki sun'iy ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli-vaziyatli tahlil etilishiga asoslanadigan ta'lim metodidir. 2) ta'lim, axborot-kommunikatsiya, boshqaruv na boshqa sohalarni o'rgatishda qo'yilgan ta'lim maqsadini amalga oshirish va keysda bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal qilish jarayonida oldindan belgilangan (bashorat qilinadigan) o'quv natijalariga kafolatli erishishni vositali tarzda ta'minlaydigan, bir tartibga keltirilgan optimal usullar va vositalar majmuidan iborat bo'lgan ta'lim texnologiyasidir. Vaziyat (lotincha situation - ahvol) - muayyan vaziyat, ahvolni hosil qiladigan shart-sharoitlar va holatlar yig'indisi. Keysda bayon qilingan vaziyat institusional tizimda (shu o'rinda va keyinchalik - korxonada) diskret (ayni shu) vaqtda tashkiliy hayotdagi tipik muammolarni qayta yaratadigan real yoki sun'iy qurilgan hodisalarning ideal tarzdagi in'ikosidan iboratdir. Muammoli vaziyat - mazkur holda vaziyat subyektining hozirgi vaqtda yoki kelgusidagi maqsadlarga erishishiga xavf soladigan vaziyat tushuniladi. Keys-stadi metodi tarixi. Keys-stadi amaliy vaziyatlarni tahlil etish va hal qilish asosida o'qitish metodi sifatida xorijiy ta'limda dastlab huquq sohasida qo'llanila boshladi: u ilk marta Garvard universitetining huquq maktabida 1870 yilda qo'llanilgan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.91 MB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:55
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.91 MB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:55 ]
Arxiv ichida: pptx