Chet til o'qitish metodlari

Chet til o'qitish metodlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Chet til o'qitish metodlari - rasmi

Material tavsifi

Metod tushunchasiga doir ta'limshunoslik o'qitishni umumiy naza­riyasi sifatida ushbu atama keng qo'llaniladigan fandir. Didakt­lar Metod atamasini bilish, malaka, ko'nikmani egallash, o'qituvchilar dunyoqarashini shakllantirish va bilish imkoniyatlarini yaratish yo'lidagi muallim va o'qituvchining ish usuli manosida izoxlaydilar. Fan asoslarini o'rgatadigan, o'quv predmetlari uchun mo'ljallangan ta'limning umumiy metodlari ishlab chiqilgan. O'quv predmetining xususiyatlari hisobga olinib, metodikada xorij tili o'qitish metodlari yaratilgan. Xorij tili o'qitishda metodlarni tadbiq etish uzoq davrlardan boshlangan. Xorij tili o'qitish metodi­kasida Metod atamasi asosan 3 manoni bildiradi. Birinchidan, metodika tarixidagi butun bir yo'nalish (tarji­ma metodi, to'g'ri metod, qiyosiy metod, aralash metod); Ikkinchidan, yuqoridagi yo'nalish tarkibiga kiruvchi o'qitish sistemasi; Uchinchidan, muallim va o'quvchilarning o'zaro bog'langan fao­liyati usuli (tanishish, mashq qilish va qo'llash metodlari). Xorijiy o'qitish tarixida birinchi va ikkinchi metodlar tarixiy metodlar nomi bilan, uchinchisi jarayonni ifodalash metodlari atamasi bilan yuritiladi. Tarixan metodlar to'rt guruhga birlashtirilib, ularning nomlariga tarjima, to'g'ri (yoki tarjimasiz), qiyosiy (yoki ongli-qiyosiy), aralash so'zlarini aniqlovchi sifatida kushib aytiladi. Shunday qilib, xorijiy o'qitishning bir necha asr­lik tarixidagi barcha metodlar to'rt toifaga to'plangan. Ularning har birini qisqacha tahlil qilish talab etiladi, chunki birinchi metodikada ularning ayrim xususiyatlari muayyan shaklda qo'llanil­mokda. Ushbu metodning nomi odatda tarjima metodlari atamasi bilan ko'plikda ishlatiladi. Shunga ko'ra manoni bilib olish qiyin emas; xorijiy til materiali ona tiliga tarjima qilinadi. Ovropada, avval yunon tili, keyinchalik lotin tili o'rgatilganda tarjima tushunish usuli qilib olingan. XVII asrning ikkinchi yarmida va XIX asr davomida fransuz tili, XX asrda esa ingliz tili va nixoyat nemis tili tarjima orqali o'rganib olindi. Musulmon dunyosida esa asosan arab tili, qisman fors tili xorij tillar sifatida o'rganib kelindi. O'lik va jonli tillarni tarjima metodi bilan o'rgatilib, bu jarayon maniqiy tafakkurni rivojlantirish omili hisoblab kelindi. Arab tili esa islom dini asarlarini o'rgatish vositasi bo'lib, uni ko'pchilik o'qituvchilar quruq yodlash orqali o'rganishar edi. Oliy, diniy o'quv yurtlarida arab, fors, turkiy tillar atroflicha o'rganilgan. Tarjima metodlari orasida eng ko'p tarqalganlari gramma­tika - tarjima metodi va matn - tarjima metodi nomlari bi­lan mashxur bo'lgan. Birinchisining namoyondalari so'z va gap tar­jimasini grammatika qoidalarini o'rgatish uchun tadbiq etganlar, ikkinchisining tarafdorlari esa matnni o'qish va uning mazmunini tushunishda tarjimadan foydalanishni maqsad qilib qo'ygan. Har ik­kala tarjima metodini qo'llashdan faqat ta'limiy maqsad ko'zlan­gan. Xorijiy retseptiv tarzda o'rganilgan. O'z davrining tilshu­noslik va ruxshunoslik ma'lumotlariga asoslanib, xorijiy o'qitish metodlari ishlab chiqilgan. Ayrim muallimlar hozirgacha tarjima metodlari usullaridan noo'rin foydalanilmoqda. Masalan: matnni og'zaki tarjima qilish g'ayri metodik usuldir. Matnning ayrim jumlalari yoki bir-ikki bo'lagini muayyan maqsadda tarjima qilish man etilmaydi. Lug'atdan foydalanib, yangi so'zlarning manolarini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.98 MB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:55 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.98 MB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga