Chet tili darslarida bekatlarda chet tilini o'rganish usulidan foydalanish

Chet tili darslarida bekatlarda chet tilini o'rganish usulidan foydalanish

O'quvchilarga / Pedagogika
Chet tili darslarida bekatlarda chet tilini o'rganish usulidan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Chet tili darslarida bekatlarda chet tilini o'rganish usulidan foydalanish Reja: O'qituvchi bekatlarda o'rganish metodi Bekatlarni raqamlash yoki malum bir ramz qo'yish O'tgan asrning 50-yillaridan boshlab Yevropamamlakatlari maktablarining jismoniy tarbiya darslarida To'garaklarda shug'ullanish nomi ostida malum bir belgilangan vaqt ichida bekatlarda turli xil sport turlari bo'yicha ko'nikma va malakalarini rivojlantiruvchi mashg'ulotlar o'tkazila boshlandi. Bunday mashg'ulotlarda o'qituvchi maslahatchi va yordamchi vazifasini o'tadi. O'rganishning o'yinli, muzoqarali va yaratuvchanlik xarakteriga ega bo'lgan bu metodni boshqa fanlarda qo'llash fikri chet tili darslariga ham kirib keldi va o'tgan asrning 80yillaridan boshlab bekatlarda o'rganish metodi muvaffaqiyatli qo'llanila boshlandi. Bizning mamlakatimizga esa bu metod 200 - yillardan keyin kirib keldi. Bu metodda ham proyekt metodi singari darsni o'quvchitalabalarning o'zlari rejalashtiradilar, bajaradilar va natijalarini xulosalaydilar. O'qituvchi bekatlarda o'rganish metodida avvalo malum bir mavzu asosida turli topshiriqlar bo'yicha ko'rsatmalar tayyorlaydi. Har bir topshiriq ham bir necha bosqichdan iborat bo'lishi mumkin. Dars boshlanishidan oldin o'qituvchi o'quv xonasini guruhlarda ishlashga mos holda shunday joylashtirishi lozimki, o'qituvchi guruhlar atrofida bemalol nazorat qilish imkoniyatiga ega bo'lsin. O'qituvchi o'quvchilarni malum bir metod asosida guruhlarga bo'lib, bekatlarda ishlash qoidasini tushuntiradi. Masalan, har bir bekatda ishlash soat strelkasi bo'ylab harakatlanishini, har bir bekatda ishlash malum bir daqiqa davom etishini, bekatlardagi topshiriqlarni tartib asosida bajarishlari lozimligini, faqat yozma topshiriqlarni bajarib xona devorlariga, maxsus doskaga yoki deraza tokchalariga osib qo'yishlarini, keyingi bekatga o'tishlaridan oldin topshiriqlarni yana tartibli joylab qo'yishlarini va bekatlarda ishlash nihoyasiga etganida boshqa guruhlarning yozma natijalarini o'qishlari lozimligini uqtirib o'tadi. Guruhlarda o'quvchitalabalar ijtimoiy shakllarni o'zlari belgilashlari mumkin. Masalan, yakka holda, juftlikda yoki guruhda (Lekin aksariyat hollarda o'quvchitalabalar bekatlarda faqat guruhlarda ishlashlari kuzatilmoqda). Bekatlarda o'rganishda o'qituvchi o'quvchitalabalarning bilim darajalarini, ularning shu fan bo'yicha tajribalarini, qiziqishlarini yoki yoshlarini etiborga olishi lozim. Bekatlarda o'rganish mashqlarini o'qituvchi darsliklarda berilgan adabiy yoki oddiy matn mashqlariga muqobil ravishda o'zi ijodiy yondoshgan holda tayyorlaydi. Bekatlarni raqamlash yoki malum bir ramz qo'yish belgilangan vaqtdan so'ng bekatlarni soat strelkasi bo'ylab almashtirish imkoniyatini engillashtiradi. Bekatlarda o'rganish metodi bir mashg'ulot doirasida davom etmasdan balki, bir necha o'quv mashg'ulotlari doirasida davom etishi mumkin. O'qituvchi malum bir bekatni dam olish bekati deb nomlab, unda o'quvchitalabalar uchun qiziqarli bo'lgan mavzuga mos o'yinlarni ham rejalashtirishi mumkin. Bu dam olish bekati da o'quvchitalabalar topshiriqlarni boshqa bekatlarga qaraganda nisbatan tezroq va osonroq bajaradilar. Bekatlardagi topshiriqlarni bajarishdan oldin o'qituvchi o'quvchitalabalarga har bir bekatdagi topshiriqlarni batafsil tushuntirib beradi. an'anaviy chet tili darslarida o'qituvchi dars mazmunini tarqatuvchi, nazoratchi va xatolarni tuzatuvchi sifatida markaziy o'rinda tursa, bunga qarama-qarshi o'laroq bekatlarda o'rganish metodida o'qituvchi tashkiliy va vazifasi jihatidan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.5 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.5 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga