Chet tili darslarida grammatikani o'rganish va o'rgatish

Chet tili darslarida grammatikani o'rganish va o'rgatish

O'quvchilarga / Pedagogika
Chet tili darslarida grammatikani o'rganish va o'rgatish - rasmi

Material tavsifi

Chet tili darslarida grammatikani o'rganish va o'rgatish Reja: Grammatika va chet tili darsi Grammatikani vizuallashtirish Grammatika va chet tili darsi mavzusi chet tili didaktikasida Evergreen bo'lib, zamonaviy mavzu bo'lmasa-da, lekin chet tili o'qituvchilarining kundalik hayotida doimo dolzarb bo'lib qolaveradi. Har bir chet tili o'qituvchisi o'z hayotida hech bo'lmasa biror marta quyidagi savollarni o'ziga berib ko'radi: Mening hozir tushuntirganlarim to'g'rimi? Boshqacha yo'l yo'qmi? O'quvchilar shu qoidani haqiqatan ham bilishlari zarurmi? Ular buni shundoq ham yana xato qiladilar. Nima uchun o'quvchilar buni tushunmadilar? Bu qoidani tushuntirishning oddiyroq yo'li yo'qmi? Bunga ko'proq mashqlarni qaerdan topaman? Umuman olganda, shu kabi savollarga javob berishga harakat qilib ko'ramiz. Grammatika darslarini anchayin formal va qiziqarsiz, deb aytish mumkin. Chunki qoidalar o'rganiladi va testdan o'tkaziladi. Grammatik bilimlarni tekshirish gapirish va o'qish ko'nikmalarini tekshirishga qaraganda osonroqdir va o'z navbatida sinf ishlari mavzusi sifatida juda mashhurdir. Chet tili darslarida grammatik qoidalarni berish to'g'risida chet tili didaktikasi tadqiqotlarida turli xil qarashlar mavjud. Bir til darsini til sistemasini tushuntirishsiz tacavvur qilish, albatta, samarasizdir. Lekin bir paytning o'zida til darsini faqatgina grammatika darsi sifatida o'tkazishning o'zi ham etarli bo'lmaydi. Deyarli barcha o'quv majmualarida grammatik qoidalarni bayon qilish shakli va ko'lami turli xildir. Bazi darslik mualliflari grammatik qoidani bayon qilishga ko'p joy ajratsa, bazi darslik mualliflari esa faqatgina misollarni jadvallar orqali berish bilan kifoyalanadilar. Birgina darslik-lar mundarijasining o'zidanoq grammatikaning o'rni qay tarzda berilganligini ko'rish mumkin. Grammatik tarjima metodi asosida yaratilgan darsliklarda grammatik materialga keng va atroflicha to'xtalib o'tilgan. Grammatik qoida alohida berilgan va matnga qaratilmagan. Barcha berilgan mashqlar faqat grammatik qoidani mustahkamlash uchun bo'lgan. komunikativ metod asosida yaratilgan o'quv majmualarida esa grammatik qoida tayyor holda berilmasdan, balki nazarda tutilgan qoidalar, misollar va jadvallar asosida o'quvchi talabalarning o'zlari o'ylab topishlariga qaratilgan. Grammatik mavzuni o'qitishda nima oldin keladi va nima keyin? Ushbu savolga javob berish uchun bazi bir darsliklarga murojaat qilmoqchimiz. Masalan, quyidagi darslikda Perfekt ni (suhbatlarda qo'llaniladigan o'tgan zamon 2feli) avval rasm orqali tushuntirishga harakat qilingan. Perfekt b) Dieter Dieter Keyingi mashqda Perfekt birinchi va uchinchi shaxs birlik va uchinchi shaxs ko'plikda tuslangan va yordamchi fel bilan asosiy fel oval shakli ichiga olinib, qo'ng'ir tus berilgan. Ich Wir sind Wir haben sein + Partizip haben Partizip Navbatdagi mashqda esa sein va haben yordamchi fellari bilan ishlatiladigan fellarga misollar keltirilib, yordamchi fellar qoraytirilgan shriftlar bilan beriladi. Perfekt mit sein Perfekt mit haben Manfred ist nach Italien Dieter hat gearbeitet. geraist. yer hat Hausaufgaben yer ist zu Lorenzo gemacht. gefahren. Tino hat Kisten Die beiden sind durch ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 249.51 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 249.51 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga