Chet tili o'rganishda loyiha usullarini qo'llash

Chet tili o'rganishda loyiha usullarini qo'llash

O'quvchilarga / Pedagogika
Chet tili o'rganishda loyiha usullarini qo'llash - rasmi

Material tavsifi

Chet tili o'rganishda loyiha usullarini qo'llash Reja: Chet tili o'rganishda loyiha usullarini qo'llash Xorijiy til darslarida qo'shiqlardan foydalanish Rejalashtirish va tashkillash fazasida Xorijiy til darslarida qo'shiqlarni qo'llash til o'rgatuvchilar uchun ham til o'rganuvchilar uchun ham qulay va maroqli usul hisoblanadi. Lekin til o'rganish jarayonida qo'shiqlardan qay yo'sinda foydalanish mumkin? Bu savolga javob berish uchun biz bazi didaktik usullarni tavsiya etamiz. Malumki, qo'shiq ustida ishlashning o'ziga xos usullari mavjud bo'lib, ularni qo'shiqni tinglashdan oldin, qo'shiq tinglanayotgan paytda va qo'shiqni tinglab bo'lgandan keyin o'tkazish mumkin. Qo'shiqni tinglashdan oldin quyidagi mashqlarni o'tkazish mumkin: assotsiogramm; mavzu muhokamasi. Qo'shiq tinglash davrida quyidagi mashqlarni o'tkazish mumkin: matnni to'ldirish; misra va qatorni tartibga keltirish;  tinish belgilarini to'ldirish. Qo'shiqni tinglab bo'lgandan so'ng juda ko'plab mashqlarni qo'llash mumkin. Masalan: qo'shiqqa boshqa sarlavha qo'yish; qo'shiq matni ustida mini dialog tuzish; qo'shiqning mavzusi, shaxslari va harakati xususida munozara qilish; tanqid yoki izoh yozish; qo'shiqchiga maktub yozish; qo'shiqni davom ettirib yozish; parallel qo'shiq yozish; qo'shiqqa doir savollar berish; sifatlarni o'zgartirish; ayrim so'zlar o'rniga shu so'zni ifodalay oladigan surat chizish. Chet tilini o'rganishda qo'shiqlardan unumli foydalana bilish, albatta o'qituvchining pedagogik mahoratiga ham bog'liqdir. Qo'shiqlar bilan til o'rganish til o'rganuvchilar uchun erkinlik, quvnoqlik va huzur bahsh etadi. Bundan tashqari ularning histuyg'ularini, taassavurlarini, tajriba va bilimlarini ifodalay olishlariga imkon beradi. Chet tili o'rganishda loyiha usullarini qo'llash proyekt so'zi lotinchadan olingan bo'lib proicere loyihalash, rejalash tadbir manolarini anglatadi. Shimoliy Amerika reformpedagogi Villiam Xerd Kilpatrik (1871-1895) va Jon Devilar (1859-1952) loyiha asosida ishlashni pedagogik asoslarini ishlab chiqqanlar. Loyiha darslarning eng asosiy xususiyati shundan iboratki, kutubxona yoki internetdan malum bir reja asosida foydalanishdir. Zamonaviy chet tilini loyiha usuli asosida o'rganish yuqori baholanadi. Bundan tashqari «loyiha» so'zini munozara, kelishuvlarga yo'naltirilgan va o'rgatish va o'rganishda dars markazida o'quvchi turgan shakli sifatida qabul qilinadi. Shu manoda ushbu tushuncha Yevropadavlatlarida o'tgan asrning oxirgi o'n yilliklaridan boshlab qo'llanila boshlagan bo'lsa, bizning mamlakatimizda esa ushbu manodagi loyiha so'zi butunlay yangi manoda qo'llangan desak yanglishmaymiz. Loyiha usuli darsning alohida shakli sifatida, o'qituvchi va o'quvchilar tomonidan birgalikda rejalashtirilib, malum bir maqsadga yo'naltiriladi. Faqatgina nazariy emas, balki amaliy jihatdan ham noan'anaviy darslardan farqlanadi. Loyiha darsi bu faol o'rganish demakdir va o'quvchilarning o'zlari bu jarayonda shaxsiy tajriba orttiradilar. O'qituvchi esa bunda yordamchi, qo'shimcha materiallar taklif qiluvchi va guruh ishlari jarayonining moderatori vazifasini o'taydi. Loyiha darsning mazmuni guruhlar tomonidan erkin tanlanadi, tizimlashtiriladi, uslubiy jihatdan amalga oshirilishi va materiallar tayyorlash bir-biriga muvofiqlashtiriladi va vaqtni belgilash erkin amalga oshiriladi. Loyiha darsni erkin o'rganishning oliy shakli deb ham tushunish mumkin. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.48 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.48 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga