Chorrahalarda harakatlanish Chorrahalarda harakatlanish bobi 13 bandni o'z ichiga oladi va tartibga solingan chorrahalar va tartibga solinmagan chorrahalarda harakatlanish tartiblarini belgilab beradi: 1- band. Chapga yoki o'ngga burilayotgan transport vositasining haydovchisi piyodalarga yo'l berish kerakligini; 2- band. Tirbandlik tufayli to'xtashga majbur bo'lgan haydovchining vazifalarini belgilaydi; 3- band. Haydovchilarning imtiyoz belgilariga amal qilish shartlarini izohlaydi; 4-band. Svetoforning yashil ishorasida haydovchining amal qilish kerak bo'lgan shartlarni; 5-band. Svetoforning qizil ishorasida haydovchining amal qilishi kerak bo'lgan shartlarni; 6-band. Relssiz transport vositalariga nisbatan tramvayning oldin o'tish huquqini belgilaydi; 7- band. Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi undan chiqishda belgilangan yo'nalishda harakatni davom ettirish kerakligini; 8- band. Svetoforning ruxsat beruvchi ishorasida haydovchi chorraha orqali harakatlanishni tugallayotgan transport vositalari va qatnov qismidan tegishli yo'nalishda o'tishni tugallayotgan piyodalarga yo'l berish shartligini; 9- band. Asosiy yo'ldan kelayotgan transport vositasining haydovchisiga ikkinchi darajali yo'ldan kelayotgan transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerakligini izohlaydi; 10- band. Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o'tish huquqiga ega ekanligini belgilaydi; 11- band. Asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerakligini izohlaydi; 12- band. Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisiga teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yoki o'ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerakligini; 13- band. Agar haydovchi o'zi harakatlanayotgan yo'lning qoplamasi bor-yo'qligini aniqlay olmasa va imtiyoz belgilari bo'lmasa, unda u o'zini ikkinchi darajali yo'lda deb hisoblash kerakligini belgilaydi. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
203.29 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
203.29 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:56 ]
Arxiv ichida: doc