D.Tollingerovaning ta'lim masalalari taksionomiyasi Reja: ta'lim tarbiya jarayonida muallifni qo'llangan usullari uslublari, tahlili amaliyotida qo'llashda vujudga keladigan muammoli vaziyatlarni bartaraf etish. Psixologiya o'qitish kursini asosiy vazifalari ta'lim jarayonini boshqarishda ilgarilama talabni o'qish taksonomiyasini maqsad vazifalari. Auditoriya bilan ishlashning ijtimoiy psixologik shartlari. Malumki, har qanday pedagogik jarayonning asosiy maqsadi - ta'lim oluvchida bilim, malaka va ko'nikmalar hosil qilishdir. Bu narsa ma'lumotlar almashinuvi orqali ro'y beradi. Pedagogik muloqot jarayonidagi ma'lumotlar almashinuvi asosan uch shaklda amalga oshiriladi: monolog; dialog; polilog. Monolog - ma'ruzachi yoki o'qituvchining tinglovchilar yoki o'quvchi talabalar qarshisiga chiqib nutq so'zlashi, darsni bayon etishidir. Ayni shu usul ta'lim-tarbiya jarayonidagi asosiy vosita ekanligi to'g'risida ongimizga o'rnashib qolgan tasavvur mavjud. Bu holatda gapiruvchi ma'lumotlarning asosiy tayanch manbai hisoblanadi va faqat undangina faollik talab qilinadi. Monolog egasi o'zi mustaqil tarzda ma'lumot mazmunini tinglovchilarga yetkazish va o'z mavqeini takidlash imkoniga ega bo'ladi. Lekin auditoriya, yani tinglovchilar unga nisbatan ancha passiv mavqeda bo'ladilar va bu narsa ma'lumotning faqat kichik bir qisminigina idrok qilish va eslab qolishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun ham o'qituvchi bu kamchilikning oldini olish uchun auditoriyani faollashtirishning boshqa yo'llarini qidirishga majbur bo'ladi. Dialog - o'quv mavzusi yoki muammoni guruh sharoitida o'qituvchi bilan birgalikda va hamkorlikda muhokama qilish yo'lidir. Shuning uchun bu usul tinglovchilarni nafaqat faollashtiradi, balki auditoriyada ijodiy muhitning bo'lishi va fikrlar almashinuvidan har bir ishtirokchining manfaatdorligini ta'minlaydi. Yani, tinglovchilar o'quv jarayonining obyektidan uning subyektiga aylanadilar. Dialog jarayonida o'qituvchi bilan o'quvchilar o'rtasida fikrlar almashinuvi, bilimlarni o'zaro muhokama qila olish uchun real sharoit yaratiladi. Lekin dialogni tashkil etishdan avval o'qituvchi auditoriyaning u yoki bu xususda bilimlar va tasavvurlarga ega bo'lishini inobatda olishi zarur, aks holda o'zaro muloqot samarasiz va mazmunsiz tortishuvga aylanib ketishi mumkin. Dialog jarayonida uni tashkil etgan shaxs auditoriyaning u yoki bu muammo yuzasidan bilimlarini diagnostika qilish va shunga mos tarzda o'z ishini tashkil etish imkoniyatiga ega bo'ladi. Aynan shu holat dialogning eng muhim psixologik ahamiyatidir. Polilog - guruh ichidagi munozaradir. U tinglovchilar yoki o'quvchilarning faolligini yanada oshirish, ulardagi ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish maqsadida ishlatiladi. Polilog jarayonida guruh a'zolarining har biri muhokama qilinayotgan masala yuzasidan o'z fikrini bildirish imkoniyatiga ega bo'ladi, o'qituvchi esa ushbu jarayonning tashkilotchi sifatida o'quvchilar yoki talabalar faoliyatiga bevosita aralashmaydi. Bu usul dars mavzusi ko'proq nazariy xarakterli bo'lib, yangi g'oyalardan ularning amaliy jihatlari keltirib chiqarilishi zarurarti bo'lganda qo'l keladi. Lekin bu usul mashg'ulotlar yoki muloqot darslari endi boshlangan paytda o'tkazilishi maqsadga muvofiq emas, chunki polilog uchun o'qituvchi bilan hamkorlikda ishlash tajribasidan tashqari yoshlarga o'sha soha yuzasidan malum bilimlar majmui hamda hamkorlikda ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.95 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.95 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:56 ]
Arxiv ichida: doc