Dars - maktabda o'quv ishini tashkil etishning asosiy shakli. Darsga qo'yiladigan talablar

Dars - maktabda o'quv ishini tashkil etishning asosiy shakli. Darsga qo'yiladigan talablar

O'quvchilarga / Pedagogika
Dars - maktabda o'quv ishini tashkil etishning asosiy shakli. Darsga qo'yiladigan talablar - rasmi

Material tavsifi

Dars - maktabda o'quv ishini tashkil etishning asosiy shakli. Darsga qo'yiladigan talablar Reja: 1. Dars maktabdagi ishlarning asosiy shakli sifatida. 2. Darslarning turlari va tuzilishi. 3. Darsni tayyorlash va o'tkazish. 1. Dars maktabdagi ishlarning asosiy shakli sifatida. Dars o'quvchilarning doimiy tarkibi, mashg'ulotlarning aniq belgilangan ramkaga egaligi (har bir dars 45 minut davom etadi); jadval oldindan tuziladigan va o'quv ishlari biror aniq mavzuda tashkil etilishi kabi o'ziga xosliklarga ega bo'lgan ta'limning jamoa shakli hisoblanadi. Darsda o'qituvchi bilan o'quvchining o'zaro munosabat jarayoni shaxsiy aloqaga asoslangan. Qituvchi darsda istisnosiz barcha o'quvchilarning faoliyatlarini yo'llaydi va nazorat qiladi, shuningdek, o'quvchilarning o'zlari orasidagi o'zaro aloqa va o'zaro kontrolni qo'llab quvvatlaydi. O'qituvchining darsdagi ishi barcha o'quchilarning darsning o'zidayoq o'rganilayotgan bilim asoslarini egallashlari, zarur ko'nikma va malakalarni hosil qilishlari uchun zamin yaratadi. 2. . Darslarning turlari va tuzilishi. Dars - darslarning butun tizimidagi zveno bo'lib, ulardan har biri o'zining malum vazifasini hal qiladi. Bu vazifa o'qitish zvenolaridan kelib chiqadi. Bunday ayrim darslar barcha zvenolarni, boshqalari faqat ayrimlarini, uchinchilari faqat bittasini qamrab olishi mumkin. Darslar qancha zvenoni qamrab olishi va qanday vazifalarni hal etishiga ko'ra turlicha strukturaga ega bo'lgan tiplarga bo'linadi. Struktura - bu dars qismlarining nisbati va o'zaro bog'lanishi bo'lib, ular o'z vazifasi va o'qituvchi bilan o'quvchilar faoliyati xarakteri bilan farq qiladi. Demak, yetakchi didaktik vazifa va strukturaga ko'ra darslar quyidagi tiplarga bo'linadi: 1) kombinatsion darslar (o'qituvchi yangi materialni tushuntiradi, mustahkamlaydi, takrorlaydi, kontrol qiladi); 2) yangi materialni o'rganish darslari; 3) bilim, ko'nikma va malakalarni mustahkamlash darslari 4) mashqlar va amaliy ishlar darslari; 5) umumlashtiruvchi takrorlash darslari; 6) laboratoriya darslari; 7) o'quvchilar bilimini nazorat qilish, tekshirish va baholash darslari, bundan tashqari standart bo'lmagan, innovatsion dars shakllari ham keng qo'llaniladi: seminar-darslar, konferensiya-darslar, rolli o'yinlar, integrallashgan darslar. Aralash yoki kombinatsion dars o'zida o'quv ishlarining turli maqsad va turlarini aks ettiradi - o'tilgan material ustida ishlash - yangi mavzularni anglash va o'zlashtirish - amaliy ko'nikma va malakalarni hosil qilish Shu bilan bog'liqlikda aralash darsda odatda quyidagi strukturaviy komponentlar ajraladi. - o'quvchilarni darsga tayyorlash - takrorlash-umumlashtirish ishlari - yangi materialni anglash va o'zlashtirish ishlari - bilimlarni amaliyotda qo'llash ko'nikma va malakalarini shakllantirish ishlari bo'yicha ishlar - uyga vazifa Yangi materialni bayon qilish darslari. O'qituvchi tomonidan o'quvchilarni yangi material ustida ishlashdan xabardor qiladi va o'rta va yuqori sinflarda katta hajmli va murakkab materiallarni o'rganishda muvaffaqiyatli qo'llaniladi. Bunday dars strukturasi: o'quvchilarni darslarga jalb etish, dars maqsadlarini qo'yish; qisqa tekshrish, uyga vazifa. O'rganilgan materialni mustahkamlash va amaliy ko'nikma va malakalarni hosil qilish darslari uning yanada chuqurroq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.63 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.63 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga