Dars - muqaddas tadbirlarini amalga oshirish bo'yicha tavsiyalar Mamlakatimizda mustaqillik yillarida ta'lim-tarbiya sifati va samaradorligini zamon talablari darajasiga ko'tarish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi. Davlat umummilliy dasturi doirasida barcha sharoitlar yaratildi. Jumladan, 2004-2009 yillarda 8501 ta maktablar yangidan qurildi, rekonstruksiya qilindi, mukammal tamirlandi. Ular zamonaviy o'quv mebellari, kompyuter sinflari va laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlandi. Joriy yilda ham 45 ta maktab yangi qurildi, 121 ta maktab rekonstruksiya qilindi va 151 ta maktab kapital tamirlandi. Pedagoglarning oylik maoshlari ham yildan yilga oshib bormoqda. Fidoiy o'qituvchilar mehnatini rag'batlantirish maqsadida Direktor jamg'armalari faoliyat yuritmoqda. ta'lim-tarbiya tizimining bugungi kundagi asosiy vazifasi O'quvchilarni Vatanimizni sevadigan, o'z bilimi va istedodiga suyanadigan hamda mustaqil ravishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda bilim oladigan qilib tarbiyalashdan iboratdir. Mazkur vazifalar samarali darslar orqali amalga oshiriladi. Dars - muqaddas tadbirini amalga oshirish 1. O'qituvchining darsga puxta tayyorgarligi ta'limning muvaffaqiyatli va samarali bo'lishining garovidir. 2. Dars ishlanmasi (konspekti)ning tarkibiy qismlari. 3. O'qituvchilar darsini tahlil qilish. Dars bu sinfda aniq maqsadlarni ko'zlab, belgilangan vaqt oralig'ida o'qituvchi rahbarligida o'quvchilar uchun o'quv-tarbiya jarayonining tashkil etilishidir. Shunday ekan, har bir o'qituvchi darsga tayyorlanmasdan turib kirishga vijdoni yo'l qo'ymasligi, tayyorlanmasdan (dars ishlanmasisiz) kirgan darsiga esa ish haqi olmasligini bilishi lozim. O'qituvchining darsga tayyorgarligi shartli ravishda 2 ga bo'linadi: O'qituvchining o'z fani yuzasidan umumiy tayyorgarligi. O'qituvchining har bir darsga kundalik tayyorgarligi. O'qituvchining umumiy tayyorgarligi muntazam amalga oshadigan jarayon bo'lib,o'quv yili boshlanishi oldidan quyidagilarni qamrab oladi: Davlat ta'lim standarti; O'quv dasturi; O'quv rejasi hamda ularga berilgan tushuntirish xatlarini o'rganib chiqish; Faniga oid yangi ilmiy va metodik adabiyotlarning mazmuni bilan tanishish; Tegishli ko'rgazma materiallarni, o'quv jihozlarni o'rganish, ularni qo'llay bilish; Ilg'or o'qituvchilarning ish tajribalarini o'rganish, tahlil qilish orqali bilimini kengaytirish kabilardir. Darsga tayyorgarlikning eng asosiysi bu o'qituvchilarning har bir darsga kundalik tayyorgarligidir. Darsga tayyorgarlik ko'rish quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi lozim: 1-bosqich: Taqvim-mavzu rejadagi yangi mavzu va unga ajratilgan vaqt (soat) aniqlashtirib olinadi. 2-bosqich: DTS va o'quv dasturidan o'tilayotgan mavzuda qanday tushunchalar (bilim, ko'nikma va malakalar) shakllantirilishi lozimligi aniqlashtirib, shu asosida dars maqsadlari belgilab olinadi. 3-bosqich: Mavzu asosida darsda foydalaniladigan texnik vositalar, ko'rgazmali va didaktik materiallar, adabiyotlar o'rganib chiqiladi hamda dars ishlanmasi (konspekti) yoziladi. O'qituvchining taqvim-mavzu rejasining namunaviy shakli Dars ishlanmasi (konspektning) tarkibiy qismlari: Sana, sinf (parallel sinflar uchun bitta mavzu bo'yicha alohida- alohida dars ishlanmasi (konspekt)ni yozish shart emas, bitta mavzuga bitta dars ishlanmasi yozilsa kifoya. Fan nomi yoziladi. Darsning mavzusi: (taqvim-mavzu reja asosida) Dars maqsadi: (darsga qo'yilgan maqsad 45 daqiqa davomida bajariladigan (erishiladigan), aniq hayotiy (real) va dars yakunida ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
551.46 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:56
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
551.46 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:56 ]
Arxiv ichida: ppt