Reja: 1. Darsning psixologik jihatlari 2. O'qituvchining talabalarga qo'yadigan talablarining xarakteri 3. Darsning maromi. Ma'ruza bo'yicha aniqlashtirilgan o'quv maqsadlari. Talaba bu ma'ruzani puxta o'zlashtirganidan so'ng: -Mohir pedagoglarni tajribasini o'rganadi; -Mustaqil ishni tashkil etish mahoratini egallaydi; -Darsda qaytuvchan aloqani o'rganishga ahamiyat beradi; -Pedagog faoliyatida madaniyatga e'tibor berishi; -Darsda psixologik tartibga amal qilish; -Pedagogni talabalarga qo'yadigan talablarini mohiyatini va tavsilotni o'rganish; -Darsda hissiy-intelektual oxangni yaratish; -Darsda xazil mutoyiba sezgisini yaratish; -Darsning maromi pedagog tomonidan ish jarayonini tanlash; -Darsda o'z-o'zini nazorat qilish. Mohir o'qituvchi tajribasiz o'qituvchiga nisbatan oz mehnat va vaqt sarf qilib ko'zlangan maqsadga erishadi, chunki talabalarni doimo mustaqil bilim olishga o'rgatib boradilar. Ular agar mavzuni o'zlashtirishga talabalarning kuchi yetmasa mustaqil o'zlashtira olmasa, aks holda materialni o'qituvchining o'zi tushuntirib berish kerak, degan qoidaga amal qiladilar. O'qituvchilar darsda talabalarning mustaqil bilim olishlarini ta'minlovchi juda ko'p usullardan foydalanadilar. Ulardan dastlabkisi takrorlash xarakteriga ega bo'lgan ishlardir. Bunga oldin o'zlashtirilgan bilimlarni amalda qo'llashga oid mashq va masalalar o'qituvchi topshirig'iga binoan darslikdan o'qish, oldin o'zlashtirilgan ma'lumot va dalillarni o'rgatuvchi grafik ishlar (sxema va jadvallar)ni bajarish va boshqalarni misol qilib ko'rsatish mumkin. Amaliy mashg'ulotlarda ham mustaqil ishdan talabalarni yangi bilimlar bilan qurollantirish maqsadida samarali foydalanish mumkin. Nazariy yoki amaliy dars bo'lishidan qat'iy nazar talabalarning mustaqil ishlari o'qituvchi tomonidan boshqarilishi lozim. Tajribali o'qituvchilar talabalarni kitob bilan ishlashga, konspekt tuzishga, ijodiy ishlarni tashkil etishga va bajarishga o'rgatishga alohida e'tibor beradilar. Masalan, V. F. Shatalov talabalarni bevosita yaratuvchi fikrlashlarini rivojlantirishga oid usullar sistemasini qo'llaydi, keng ko'lamdagi topshiriqlarni, turli xil o'ziga xos mustaqil ishlarni bajartiradi. Topshiriqlarni aksariyat qismini talabalarning o'zlari mustaqil bajaradilar. Bunga erishish uchun u darsda etalon masala yechimini talabalarga ko'rsatadi va qaysi masalalar shu turdagi masalalar ekanligini talabalardan so'raydi. Bu masalalarni (ularni yechish va murakkabligi cheklanmagan holda) talabalar o'zlari mustaqil ishlaydilar. Masalalarni to'g'ri yechilganligini talabalar o'zaro yoki o'qituvchi tomonidan tekshiriladi. Har bir talaba o'z kuchiga mos masalani tanlab yechadi, bilimi kuchli talabalarga esa murakkabrok masalalar tavsiya qilinadi. Ayniqsa, dalillarni mustaqil tahlil qilib, umumlashtirib va xulosa yasab, yangi bilimlarni o'zlashtirishda talabalar mustaqil ishi nihoyatda foydali bo'ladi. Darsda talabalarni kitob bilan mustaqil ishlarini tashkil qilishda o'qituvchi tezkor talabani to'xtatmaydi, asta-syokin o'zlashtirayotgan talabani shoshiltirmaydi savolga to'g'ri javob bergan talabaga darhol navbatdagi savolni beradi, xatolikka yo'l qo'ygan talabaga esa qo'shimcha topshiriq beradi. Yosh o'qituvchilar talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishga yetarli darajada mas'uliyat bilan e'tibor bermaydilar. Talabalar ham ularga moslashib, o'qituvchi hammasini tushuntirib qo'yishini, o'quv materialidagi muhim joylarni nimaga ko'proq e'tibor berish kerakligini ham o'qituvchi aytib berishini ko'tadilar. Natijada talabalar aksariyat hollarda mustaqil ishlashga o'rganmay ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.82 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.82 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:56 ]
Arxiv ichida: doc