Dars kuzatish va tahlil qilish usullari

Dars kuzatish va tahlil qilish usullari

O'quvchilarga / Pedagogika
Dars kuzatish va tahlil qilish usullari - rasmi

Material tavsifi

Reja: Kirish: Dars kuzatishga bo'lgan talablar Dars kuzatishga tayyorgarlik ko'rish Darsga bo'lgan didaktik talablar Dars kuzatishning mazmuni Xulosa Dars kuzatishga bo'lgan talablar Yoshlarga ta'lim-tarbiya berish, ularning ongiga dunyoqarash tuyg'ularini singdirish va rivojlantira borishning asosiy andozasi- darsdir. Dars kuzatish va uning tahlil qilishdan asosiy maqsad. O'qituvchining o'quv-tarbiyaviy ishlari sifatini ko'tarish, o'quvchilarni ko'nikma malakalarini yaxshilashdir. O'qituvchining dars davomidagi erishgan yutuqlari hamda yo'l qo'ygan kamchiliklarini aniqlash, bu kamchiliklarni qanday bartaraf etish usullarini ko'rsatib, uslubiy yordam berishdir. Buning uchun eng asosiy vazifalardan biri o'quvchilarning bilim va ko'nikma egallashlarida ijobiy va salbiy ta'sir etayotgan holatlarni, darsning tarbiyaviy tomonlari davlat talblarining bajarilishiga qaratish lozim. Shularni hisobga olib, dars kuzatish va uni tahlil qilishga kirishishdan oldin har bir fanning dasturidagi o'qtirish xatini, va kuzatiladigan mavzuga nisbatan dastur talabini, mavzuning o'zini har bir kuzatuvchi yaxshi bilishi kerak. Bulardan tashqari sinf jurnalidan o'tgan darsda o'tilgan mavzuni, berilgan vazifa mavzuini, o'quvchilar baholdarini, bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilarning baholarini aniqlashi lozim. Kuzatuvchi kuzatiladigan fanning metodik jurnali bilan, xalq ta'limi vazirligi, xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan yuborilgan xatlar,direktor, direktorning ilmiy ishlar bo'yicha o'rinbosari, metodik birlashma boshlig'ining shu o'qituvchining darsi haqidagi tahlililari bilan tanishishi lozim. Hozirgi zamon darsiga bo'lgan didaktik talablar, shu fanga taalluqli qo'shimcha adabiyotlar, fanning yutuqlari, pedagogika va psixologiya fanining erishgan yutuqlari bilan tanishmasdan turib o'qituvchiga ilmiy asoslangan, darsni ttashkil etish va uyushtirish usullarini takomillashtirish borasmida yordam berish mumkin emas. O'qituvchining dars tizimini o'rganish rejasi va usullari Dars kuzatuvchi o'qituvchi yoki uslubchi dars tahlili uchun maxsus daftar yuritishi tavsiya qilinadi u quyidagi jadvalga to'ldirilsa maqsadga muvofiq bo'lishi mumkin. Darsni mavzusini kuzatish uchun alohida savollar tuziladi. Tajribasi o'rganiladigan o'qituvchilarga savollar berib, shu savollar asosida darsni kuzatish mumkin. Masalan: Muammoli holatni vujudga keltirish, o'quvchilarga muammolar masalasini tushuntirish, o'quvchilarga yo'lanmalar berish va uni bajartirish. Muammoli savollarni oson yoki qiyinligi masalani xal qilinishidan aniqlash, masalaning mazmunini o'quvchilarga tushuntirish, masalani xal qilish uchun reja tuzish Muammoli masalani xal qilish uchun ijobiy yondashish: yechimni mumkin bo'lgan variantini tushuntirish, yechimning oson eng ung'ay variantini tanlash. Ishning yakuniga bosqichlab borish muammoli masalani yechish rejasini tahlil qilish, yechimgni tahlil qilish. Darsda o'quvchilarning muammoli masalani hal qilib borish borasida ishlash usullari, ya'ni yakkama-yaka guruh. Ishning davomini bajarish uchun uyga vazifa berish. O'quvchilarning rahbatlantirish usullari. Darsning yakuni, xulosalash. O'quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini baholash. Ushbu mavzu bo'yicha tavsiya qilingan sinfdan tashqari o'qish uchun adabiyotlar. O'qituvchiga yuqoridagi reja berilsa, o'qituvchi puxta tayyorgarlik kuradi, o'quvchilar cho'qur va puxta bilim olgan bo'ladilar. O'qituvchi bu yutuqlarni yanada mustahkamlashga harakat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: Bugayev A.I. «O'rta maktabda fizika o'qitish» Glazunov A.T. «O'rta ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.88 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.88 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga