Dars tiplari va turlari

Dars tiplari va turlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Dars tiplari va turlari - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Ta'limni tashkil etish turlari va shakllari Reja: Ta'limni tashkil etish shakllari. Ta'lim shakllarining yutuq va kamchiliklari. Ta'lim turlari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Ta'lim ijtimoiy hodisa bo'lib, uning tarixi juda uzoqdir. Ta'lim insoniyat jamiyati rivojlanishining dastlabki paytlaridayoq katta rol o'ynagan. U to'plangan tajribalarni, dunyo haqidagi axborotlarni berish jarayonini ta'minlagan, insoniyatning faqat ijtimoiy rivojlanishiga emas, balki qiyin sharoitlarda yashay olishiga ham yordam bergan. Uzluksiz rivojlangan jamiyatda ta'lim mukammal holatda bo'lmagan, balki dars ming ming yillar mobaynida vujudga kelgan. Ta'limni tashkil etish shakllari O'quv yurtning tarixan taraqqiy etish davrida ta'limni tashkil qilish shakllari turlicha bo'lgan. Ta'limni tashkil etish shakllari ma'lum ijtimoiy tuzum va shu tuzumning manfaatlariga mos holda shakllangan. XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida buyuk chеx pеdagogi Ya. A. Komеnskiy (1592 - 1670) tarixda birinchi bo'lib maktab ta'limida sinf - dars tizimini yaratdi. Ya. A. Komеnskiyning ta'limni tashkil qilish haqidagi qarashlari bir qator jiddiy qarshiliklarga uchragan bo'lsa ham g'arb mamlakatlariga juda tеz tarqaldi va ta'limni tashkil qilishning birdan-bir shakli dеb e'tirof etildi. Ya.A.Komenskiy Buyuk didaktika asarida, o'quv mashg'ulotlarini guruh shaklida tashkil qilish, o'quv yili va o'quv kunini bir vaqtda boshlash, mashg'ulotlar orasida tanaffuslar berilishini, guruhlardagi bolalarning yoshi va soni bir xil bo'lishiga alohida e'tibor berdi. Dars davomida o'quvchilar diqqatini to'plash, materialni batafsil tushuntirish, o'quvchiga savollar berish, o'zlashtirish jarayonini nazorat qilish zarurligini ta'kidlaydi. Ta'lim shakllarining yutuqlari va kamchiliklari. Individual ta'lim shakli bir qancha yutuqlarga ega. Ushbu ta'lim shaklida o'quvchining bilim darajasi, salohiyati, o'zlashtirish ko'rsatkichidan kelib chiqqan holda dars jarayoni tashkillashtiriladi. Dars jarayoni uchun ajratilgan unumli foydalaniladi. Yakkama - yakka dars o'tish jarayonida, o'quvchining qaysi mavzularda oqsayotgani va qaysi sohada muvaffaqiyatga erishayotganini nazoratga erishayotganini bemalol kuzatish mumkin. Ammo ushbu ta'lim shaklining ham o'ziga yarasha kamchiliklari mavjud. Masalan, o'quvchi individual ta'lim shaklida tez zerikib yoki charchab qolishi , omma oldida o'z nutqini erkin ifoda etolmaydigan, raqobat va musobaqa ruhida tarbiyalanmagan bo'lib qolishi mumkin. Barchaga ma'lumki, har bir o'quvchi o'zidan yaxshi o'zlashtiruvchi o'quvchi bor bo'lsagina o'sha o'quvchiga havas qilib yoki undan o'zib ketish maqsadida ham jon-jahdi bilan o'qiydi. Sinf-dars ta'lim shakli ham bir qancha ijobiy tomonlarni o'zida qamrab oladi. Birinchidan, ushbu ta'lim shakli guruh bo'lib dars o'tishga mo'ljallangan. Shunga ko'ra dars jarayoni musobaqa tarzida amalga oshiriladi. Yuqorida aytib o'tganimizdek, o'quvchi o'zidan yaxshi o'zlashtirayotgan o'quvchidan o'zib ketish maqsadida ham o'qiydi. Raqobat bor yerda rivojlanish bo'ladi. Bundan tashqari, dars jarayoni ham qiziqarli bo'ladi. O'quvchilar jamoa oldida fikrini ifodalashga harakat qiloladi. Ammo, bu ta'lim shaklining ham kamchiliklari mavjud. Sinf ko'p miqdordagi o'quvchilardan tashkil topganligi sababli ajratilgan vaqt barcha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.22 MB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:56 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.22 MB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga