Dars va uning turlari Dars deganda o'qituvchning o'quv guruhiga uyushgan tayyorgarlik darajasi bir xil, tarkibi o'zgarmas o'quvchilar bilan mashg'ulot o'tkazishi tushuniladi. Dars hunar bilim yurtida ham ta'limning tashkil etishning asosiy shakli hisoblanadi. Xar bir dars o'quv jaryonining bir qismi hamda bilim, ko'nikma va malakalarni egallashning bir butun mantiqiy yakunlangan bosqichidir. Xar bir dars quyidagi talablarga javob berishi kerak: Maqsad va mazmunning aniqligi; bu talab darsning butun o'quv materialini va uning xar qaysi qismini to'g'ri tanlash bilan amalga oshadi. ta'limiy va tarbiyaviy vazifalarning birligi; ta'limning tarbiyaviy xarakteri uning obyektiv qonuniyati hisoblanadi. Shu bilan birga o'qituvchi o'quvchilarning kasbiy bilimlarini shakllantirishda xamma imkoniyatlaridan foydalanishi kerak. Darsning xar qanday bosqichida ta'limning eng kerakli metodlarini tanlash; o'qitish metodini to'g'ri tanlash o'qituvchi mehnatining samaradorligini va o'quvchilarning eng yuqori faolligini ta'minlaydi, o'quvchilarga chuqur va puxta bilimlar berishni, ularda bilimlarni amalga tadbiq etish malakalarini shakllantiradi. Darsda o'quvchilarning jamoa va yakka tartibdagi ishini to'g'ri qo'shib olib borish; o'qituvchi dars davomida butun guruh bilan ishlashdan tashqari o'quvchilarning yakka tartibdagi topshiriqlar bo'yicha mustaqil ishlashini ham keng joriy qilishi lozim. Darsni samarali tashkil etish; bu talab darsga ajratilgan vaqtdan unumli foydalanishni, o'qituvchi va o'quvchilarning darsga yaxshi tayyorlanishini, mashg'ulotning yangi texnik jiHozlar bilan ta'minlanishini, uning barcha elementlari, strukturasi puxta tuzilishini taqozo etadi. Didaktik maqsadlar bo'yicha darsning quyidagi turlari mavjud: Yangi bilimlarni o'rganish darsi. Umumiy yoki aralash dars. Bilimlarni mustahkamlash darsi. Sinash - tekshirish darsi. Muammoli dars. Darsning ana shu asosiy turlari strukturasi quyida keltiriladi: Yangi bilimlarni o'rganish darsi: 1. tashkiliy qism. 2 Yangi o'quv materialini bayon qilish va mustahkamlash. 3. Uyga topshiriq berish. 4. Darsni yakunlash. Umumiy yoki aralash dars: 1. tashkiliy qism. 2. Uyga topshiriqni tekshirish. 3. O'quvchilar bilimini og'zaki tekshirish. 4. Yangi o'quv materialini bayon qilish. 5. Yangi o'quv materialini mustahkamlash. 6. Uyga topshiriq berish. 7. Darsni yakunlash. Bilimlarni mustahkamlash darsi: 1. tashkiliy qism. 2. Uy topshirig'ini tekshirish. 3. O'quvchilardan o'tilgan mavzularni so'rash, o'quv materialini mustahkamlash. 4. Uyga topshiriq berish. 5. Darsni yakunlash. Bilimlarni mustahkamlash darsi: 1. tashkiliy qism. 2. O'qituvchining topshiriqni tushuntirishi. 3. O'quvchilarning savollariga javob berish. 4. O'quvchilarning topshiriqlarni bajarishi. 5. Bajarilgan ishlarni o'qituvchiga topshirish. 6. Uyga topshiriq berish. 7. Darsni yakunlash. Muammoli dars: 1. tashkiliy qism. 2. Muammoni bayon qilish. 3. Muammoni hal qilish yo'llarini ko'rsatish va hal etish. 4. Natijalarni muhokama qilish. 5. O'qituvchining izohlashi va umumlashtirishi. 6. Uyga topshiriq berish. 7. Darsni yakunlash. Adabiyotlar I. A. Karimov. «Barkamol avlod orzusi». T. 199 y. I. A. Karimov. «Barkamol avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevori». T. 1997 y. V. A. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.98 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.98 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:56 ]
Arxiv ichida: doc