Darsdan tashqari ishlar (biologiya o'qitish metodikasi)

Darsdan tashqari ishlar (biologiya o'qitish metodikasi)

O'quvchilarga / Pedagogika
Darsdan tashqari ishlar (biologiya o'qitish metodikasi) - rasmi

Material tavsifi

Darsdan tashqari ishlar Reja: Darsdan tashqari ishlarning xususiyatlari. Biologiya xonasi va tirik tabiat burchagidagi darsdan tashqari ishlar. Tabiatdagi darsdan tashqari ishlar. Darsdan tashqari ishlarning xususiyatlari. Darsdan tashqari ishlar o'qituvchining individual yoki gruppali topshiriqlari asosida darsdan keyin kursni o'rganish bilan bog'liq bo'lgan majburiy tarzda amaliy ishlarni bajarishni tashkil etish shakli. Darsdan tashqari ishlar: biologiya xonasida, tirik tabiat burchagida, o'quv tajriba uchastkasida bajariladi. O'quvchilarning darsdan tashqari ishlarining zururligi shundan iboratki, o'simliklar va hayvonlar ustida olib boriladigan ko'pgina uzoq muddatli kuzatishlar o'quv jadvaliga sig'maydi. Ayrim xollarda turli asboblar va mikroskop yetishmasligi, sinfda turli topshiriqlarni bajarilishiga to'sqinlik qiladi. Biologiya kursini o'rganish davomida har bir o'quvchi mikroskop bilan ishlash ko'nikma malakasiga ega bo'lishi kerak. Shuning uchun o'qituvchi navbat bilan 3-5 o'quvchini dars oldidan yoki darsdan so'ng mikroskop bilan ishlashini tashkil etish kerak. O'quvchilar 3-5 tadan guruhlarga bo'linib mayda hayvonlar ustida o'qituvchi topshirig'i bo'yicha keyinchalik darslarda foydalaniladigan uzoq muddatlibiologik kuzatish va tajribalar olib boradilar. Har bir o'quvchi yil davomida bir yoki ikkita darsdan tashqari ish bajaradi, ularning bajarilishiga o'qituvchi baho qo'yadi. Darsdan tashqari ishlar mazmuniga ko'ra uyga beriladigan tajribalarga yaqin hisoblanadi. Lekin farqi shundaki uy ishlar ancha oddiyroq bo'lib, sinf o'quvchilari uchun bir vaqtda beriladi. Darsdan tashqari ishlarning uy ishlaridan, farqi bazan dastlabki xarakterda bo'ladi, yani sinfda o'rganishdan bir necha kun, hafta va xatto bir necha oy ilgari beriladi. Masalan botanikadan suv o'simliklari bilan tajribalar -2oy bargda kraxmal izlari hosil bo'lishi -2 oy poya bo'ylab suvning ko'tarilishi -2-3 kun hayvonlar ustida olib boriladigan tajribalar uzoq muddatli bo'ladi. Odam va uning salomatligi kursidan morfologik, gistologik va meditsina xarakteridagi ishlar malum mavzular o'rganilgandan so'ng bilimni mustahkamlash uchun o'tkaziladi. Ko'pgina fiziologik tajribalar, shartli refleks hosil qilish, avitaminoz va boshqalar oldindan bajariladi. Ularning natijalarini darsda ko'rsatish imkoni bo'ladi. Darsdan tashqari vaqtda o'quvchilar o'tkazayotgan barcha tajribalarning borishi haqida xabardor bo'lgan o'qituvchi darsda tajribaning borishi, turli bosqichlardagi o'zgarishlarni namoyish qilishi, o'tkazilayotgan tajribalar haqida o'quvchilar axborotini yangi mavzular bayoniga kiritish imkoniga ega bo'ladi. Kabinetdagi va tirik tabiat burchagidagi darsdan tashqari ishlar. Ishlar ko'pincha kech kuzda, qishda va erta bahorda bajariladi. Asosan ular botanikani o'qitishda qo'llaniladi. Botanikadan darsdan tashqari ishlarni dasturning barcha mavzusi bo'yicha berish mumkin. Masalan Urug' mavzusi bo'yicha darsdan tashqari o'quvchilar urug'ning bo'rtishini kuzatadilar, uning unuvchanlik foizini aniqlaydilar. Gulli o'simliklar biologik xususiyatlarini kuzatadilar. Zoologiyadan darsdan tashqari ishlarda o'quvchilar tirik tabiat burchagida sodda hayvonlarni ko'paytirib, ularni mikroskopda o'rganadilar. Halqali chuvalchanglarni o'rganishda ularning tuproq hosil qilishdagi harakatini, ta'sirlanishini kuzatadilar. Ayrim hasharotlar g'umbagining metamorfozini o'rganishlari mumkin. Odam va uning salomatligi bo'yicha tirik tabiat burchagida o'tkazilayotgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.62 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:56 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.62 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga