Darsga tayyorgarlik ko'rish dars ishlanmasini yozish va darsni tahlil etish

Darsga tayyorgarlik ko'rish dars ishlanmasini yozish va darsni tahlil etish

O'quvchilarga / Pedagogika
Darsga tayyorgarlik ko'rish dars ishlanmasini yozish va darsni tahlil etish - rasmi

Material tavsifi

Darsga tayyorgarlik ko'rish dars ishlanmasini yozish va darsni tahlil etish Reja: Dars ishlanmasini yozish Darsni tahlil etish Xorijiy tillarni o'rganishdagi barcha metodlarda darsga tayyorgarlik ko'rish muhim ahamiyat kasb etadi. Uslubshunoslarning takidlashlaricha, barcha qo'llanilgan metodlarda, jumladan, kommunikativ metodda ham darsga tayyorgarlik jarayoni bir xil bo'lib, faqatgina ana shu jarayondagi savollar ketma-ketligi yoki ahamiyati har xil bo'lgan. Bu savollar esa quyidagilardan iborat. Darsda o'qituvchi sifatida nima qilaman? O'quvchilar darsda nimani o'rganishlari lozim? O'quvchilar o'quv maqsadiga erishishlari uchun nimalarni o'rganishlari lozim? Men darsda qanday o'quv vositalaridan foydalanaman? Darsning qanday ijtimoiy shakllaridan foydalanaman? Yuqorida aytib o'tilgan savollar ketma-ketligi kommunikativ metod asosida darsga tayyorgarlik ko'rishda quyidagicha qo'yiladi. O'quvchilar darsda nimani o'rganishlari lozim? O'qituvchi darsga tayyorgarlik ko'rishda avvalambor darsning maqsadini aniqlab olishi, yani o'quvchilar shu darsga qadar nimani bilardilar-u, dars so'nggida nimani bilishlari lozim. Misol: Darsning mavzusi Mening shahrim bo'lsa, o'quvchilar dars so'nggida berilgan matndan foydalangan holda o'zlarining shahar yoki qishloqlari haqida gapira olishlari lozim. Shu sababli darsning maqsadi aniq qo'yiladi. O'quvchilar shahar yoki qishloqlari haqida hikoya qilishlari lozim. (Pupils should retell about their town or village, I1 faut que les élèves parlent de leurs villes ou de leurs villages) (Die Schüler sollen über ihre Stadt oder ihr Dorf erzählen). (Shuni takidlab o'tish joizki, biron-bir mavzuning maqsadi bir necha soatga qadar qo'yilishi mumkin). Bu albatta ana shu mavzuga ajratilgan soat hajmiga bog'liq. O'quvchilar o'quv maqsadiga erishishlari uchun nimalarni o'rganishlari lozim? O'qituvchi belgilangan maqsadga erishish uchun matn, dialog, sher yoki qanday mashqlar bajarilishi lozimligini aniqlab oladi. Darsning qanday ijtimoiy shakllaridan foydalanaman? Maqsadga erishish uchun matn (dialog, sher) va mashqlarni aniqlab olgan o'qituvchi, mazkur matn yoki mashqlarni guruhlarda, juftliklarda, yakka holda yoki plenumda bajarishni belgilab oladi. Men darsda qanday o'quv vositalaridan foydalanaman? O'qituvchi ijtimoiy shakllarda qanday o'quv vositalari lozim bo'lishi haqida o'ylab ko'radi. Misol: kartochkalar, plakatlar, markerlar, rasmlar, magnitofon, DVD, televizor, multimedia va h.k. Darsda o'qituvchi sifatida nima qilaman? Kommunikativ metodda o'qituvchining asosiy roli darsga tayyorgarlik ko'rish jarayonida kechadi. Dars paytida esa o'qituvchi asosan rejissyorlik rolini o'taydi, yani o'quvchilarni motivatsiya (yo'naltirib, etaklab) qilib turadi. Bu savol grammatik tarjima metodida birinchi o'rinda turgan bo'lib, o'qituvchi darsda o'quvchilarga nimalarni tushuntirishi haqida ko'proq o'ylar edi. U dars davomida uch-to'rttagina faol bo'lgan o'quvchilar bilan birga ishlar edi, xolos. Dars tahliliga kirgan o'qituvchilar ham o'qituvchining pedagogik mahoratiga, darsda o'zini tutishiga va bilim saviyasiga ko'proq ahamiyat berar edilar. Kommunikativ metodda esa, yuqorida aytib o'tganimizdek, dars markazida o'qituvchi emas, balki o'quvchilar turadi, o'qituvchi esa o'quvchilar bilim olish jarayonini faollashtirib, yo'naltirib turadi. Grammatik tarjima metodida esa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 541.43 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 541.43 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga